7. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish: korrespondentlar tarmoqlarini rivojlantirish va kredit liniyalarini (OTB, ITB, XSRIK) jalb qilish va o’zlashtirish, savdoni moliyalash sohasidagi operatsiya hajmini oshirish. Banklarning xalqaro reytingi va nufuzini yaxshilash sohasidagi ishlarni amalga oshirish, bankning investitsion jozibadorligini oshirish va strategik investorni jalb qilish.
8. Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish: Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini tatbiq qilish, bank timsolini eng ishonchli, keng imkoniyatli va texnologik moliya muassasasi sifatida shakllantirish va mustahkamlash orqali bank nufuzi va shaffofligi oshirilishini nazarda tutadigan yanada samarali axborot siyosatini olib borish.
9. Biznesga zamonaviy integrallashgan tavakkalchilik-menejment jarayonlari asosida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |