Hisob va audit


Auditorlik kasbiga malakaviy talablarni belgilash va uni litsenziyalashning maqsadi, ahamiyati va mavjud muammolar



Download 0,82 Mb.
bet7/18
Sana24.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#871704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

1.2. Auditorlik kasbiga malakaviy talablarni belgilash va uni litsenziyalashning maqsadi, ahamiyati va mavjud muammolar


O‘zbekiston mustaqilligi yillarida yuz bergan jiddiy o‘zgartirishlar jumlasiga, shubhasiz, mamlakatda audit institutining barpo etilishi va rivojlantirilishi kiradi. Buni ko‘p jihatdan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi oldindan belgilab qo‘ygan edi. Audit sohasidagi davlat siyosati ushbu faoliyatni mustahkamlash va kengaytirishga, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Audit sohasini isloh qilishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy ahvoli va faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risida ishonchli axborot bilan ta’minlash bo‘lib, bunday axborotsiz chet ellik hamkorlarning ishonchiga erishib bo‘lmaydi.


Bugungi kunda audit tizimi milliy iqtisodiyot moliyaviy sohasining ajralmas qismiga aylandi. Moliya tizimini izchil isloh qilish va bozor infratuzilmasini takomillashtirish natijasida respublikada auditorlik faoliyatining qonunchilik- huquqiy asosi yaratildi, uni rivojlantirishni jadallashtirish uchun ta’sirchan iqtisodiy omillar hamda soliq imtiyozlari va preferentsiyalari qo‘llanmoqda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berish tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi va erkinlashtirildi. Xususan, ular endi amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar uchun ularning amal qilish muddatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar faqat sud tomonidan qabul qilinadi. Auditorlik tashkilotlari 2017 yilning 1 yanvarigacha foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod qilinganlar.
Auditorlik tashkilotlarining mas’uliyatini kuchaytirish, faoliyatini rag‘batlantirish va xizmat sifatini oshirish, tartibga solishning samarali usullarini joriy etish, auditorlik xizmatlari bozorida nohalol raqobatni bartaraf etish uchun:

  • 2008-yilning 1-yanvaridan auditorlik tekshiruvlarining turiga bog‘liq

holda auditorlik faoliyatiga litsenziyalarni tabaqalashtirish tizimi joriy etildi;

  • auditorlik tashkilotlarining birgina xo‘jalik yurituvchi sub’ektda 3 yildan ko‘p vaqt ketma-ket auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi taqiqlandi;

  • auditorlik tashkilotlari va auditorlarning javobgarligini, ular taqdim etadigan xizmatlarning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari belgilandi;

  • auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish va faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi bo‘lishga haqli;

  • auditorlik tashkilotlari auditorlar ish sifatining ichki standartlariga ega bo‘lishlari shart;

  • auditorlik tashkilotining litsenziyasi va auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asoslar qaytadan ko‘rib chiqildi;

  • auditorlik tashkilotining rahbari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi shart;

  • auditorlik tashkilotlari Moliya vazirligiga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili taqdim etishlari shart;

  • professional jamoat birlashmalari tomonidan auditorlik tashkilotlarining majburiy reyting baholanishi tizimi joriy etildi;

  • Moliya vazirligi 3 yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishi shart;

  • 2008-yilning 1-avgustidan belgilangan tartibga ko‘ra auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 50 foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan, qolgan qismi auditorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi;

  • shuningdek boshqa talablar joriy etildi.

2014-yilning 1-mayi holatiga ko‘ra respublikada yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan 104 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko‘rsatyapti, ularning soni 2014-yil 1-yanvar holatida 101 tani tashkil etgan (2-jadval, 3- chizma):

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish