Hisob va audit


I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASh SHAROITIDA AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY TALABLAR VA AUDITORLIK



Download 0,82 Mb.
bet5/18
Sana24.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#871704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASh SHAROITIDA AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY TALABLAR VA AUDITORLIK


FAOLIYATINI LITSENZIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI

        1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari tavsifi

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish natijasida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo‘jlik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l-yo‘riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko‘rsatadigan professional xizmatning yangi shakli - auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda. Darhaqiqat, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan qayd etilganidek, «bizni audit tizimining hozirgi ahvoli qoniqtirmaydi, chunki u hali - beri biznes samaradorligini real baholashning zarur vositasiga aylangani yo‘q. Bu sektor shunchaki rasmiyatchilik uchun ishlamoqda va hozirgi kunga qadar moliya bozorida yetarli ishonch qozona olmayapti»2. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish esa ko‘p jihatdan nazariy, huquqiy-me’yoriy, amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirishga bog‘liq. Bu borada so‘ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida» 4-aprel 2007-yilda 615-sonli qarori qabul qilindi. Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish






      1. Karimov I.A. “Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish - farovon hayotimiz garovidir”. T.: "O‘zbekiston". 2010 y.

tartiblari aniqlandi.
Shuningdek, mamalakatimizda xo‘jalik sub’yektlarining o‘tgan yilgi moliyaviy faoliyati va ularning barqarorligiga aniq baho berish asosida ularning kelajakdagi istiqbollarini belgilashga sharoit yaratish lozimligi belgilandi.
Mamlakatimizda 1992-yil 9-dekabrda birinchi marta me’yoriy hujjatlarda audit so‘zi tilga olindi va auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimini rivojalantirish yo‘lida xalqaro audit tajribasi va rivojlanishiga tayanib bir necha bosqichlar bosib o‘tildi. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog‘onasida "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun(yangi tahriri) turadi. Qonun Oliy Majlisning 2000-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan va 29 moddadan iborat. Ushbu Qonunni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko‘rinishga ega (1- chizma).
Ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham kiritish mumkin. Jumladan, 2000-yil 22- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi. Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo‘jalik yurituvchi
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi



O‘zbekiston Respublikasi Konstitiutsiyasi






"Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qarorolari va boshqa hujjatlari






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari




O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tasdiqlagan auditorlik faoliyatining milliy standartlari, nizomlari, yo‘riqnomalari va qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan mustaqil bank auditi o‘tkazishga qo‘yilgan talablari bo‘yicha me’yoriy hujjatlari

1-chizma. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi3


sub’yektining moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi. Qarorning 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:



  • o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy





      1. Chizma muallif tomonidan tayyorlandi.

hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish;

  • malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog‘onasi - auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) - bu barcha auditorlik tashkilotlari o‘zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari - AXS (International Standards of Auditing - ISAS) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya- xo‘jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo‘llaniladi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo‘lishi ta’minlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam

beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..

Uchinchi pog‘ona - standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to‘plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo‘llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo‘lgan huquqiy - meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o‘tishga asos bo‘ldi.
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hamda auditorlik faoliyatini yuritishdagi tartiblarni keskin o‘zgarishi va rivojlanishiga turtki bo‘lgan me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligiga qarab tadqiqot natijasida biz auditorlik faoliyati rivojlanishining quyidagi to‘rt bosqichini belgilashga muvaffaq bo‘ldik (2- chizma):

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish