Hisob va audit


Tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 0,82 Mb.
bet3/18
Sana24.11.2022
Hajmi0,82 Mb.
#871704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari va ular faoliyatini litsenziyalashga oid ma’lumotlar tanlab olindi.
Tadqiqotning predmeti bo‘lib, auditorlik kasbining malakaviy talablari va auditorlik faoliyatini litsenziyalash hamda uni takomillashtirish masalalarini o‘rganish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalashning nazariy, amaliy jihatlarini hamda uni mukammallashtirish masalalarini o‘rganishdan iboratdir. Demak, bitiruv malakaviy ishi mavzusining mohiyatini ochib berish uchun malakaviy ishimizda quyidagi vazifalarni o‘rganishni maqsad qilib olganmiz:

  • O‘zbekistonda auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish xususiyatlarini o‘rganish;

  • auditorlik faoliyatini tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslarini tadqiq etish;

  • auditorlik kasbiga malakaviy talablarning mazmuni, auditorlik malaka sertifikatini olish tartibi va unga qo‘yilgan talablarni o‘rganish;

  • auditorlik tashkilotlarini litsenziyalash tartibi va unga qo‘yilgan talablarni tadqiq etish;

  • auditor va auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari hamda ularning bajarilishini tartibga solish yo‘nalishlarini batafsil o‘rganish;

  • audit ish sifatini nazorat qilish xususiyatlarining mohiyatini ochib berish va ularni tadqiq etish.

Bu vazifalardan ko‘rinib turibdiki, auditorlik faoliyatini samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun auditorlik kasbining malakaviy va axloqiy talablarni chuqur o‘rganish, amaliyotga tadqiq etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini mukammal tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha keltirilgan xulosa va takliflardan respublikamizda auditorlik faoliyatini litsenziyalashni takomillashtirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko‘pgina nazariy qoidalarni o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida «Audit» fanini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini auditorlik kasbining malakaviy talablarini belgilashda va mazkur faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo‘llash mumkinligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari auditorlik kasbining malakaviy talablarini o‘rganish va mazkur faoliyatni litsenziyalashni takomillashtirish bo‘yicha axborotlarning to‘liq, aniq va batafsil aks ettirilishini ta’minlaydi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish