XI bob
SANOATNING XOM ASHYO MANBAI VA
TEJAM KORLIK STRATEGIYASI
11.1. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va
turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab
chiqarish jarayonida qatnashuvchi elementlardan bin xom
ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday mahsulot ishlab
chiqarish mumkin emas.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun
m a’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir
qadar o ‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish
jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat hosil
qiladi. Natijada xom ashyoning to ‘la qiymati tovar shaklini
olgan yalpi mahsulotga o ‘tadi.
Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bodinadi.
Asosiy xom ashyo - tayyor mahsulotning moddiy asosini
tashkil qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga
kiruvchi yoki asosiy xom ashyoni qayta ishlashga zarur sharoit
yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi
materiallar deb ataladi.
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay
tarzda qatnashishiga qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom
ashyo), ham yordamchi material b o ‘lishi mumkin. Masalan, neft
voqilg‘i sifatida yordamchi material bo4sa, benzin yoki kerosin
ishlab chiqarishda esa xom ashyodir.
Xom ashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda
ishlab chiqarish mabsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy
materiallardan iborat. U quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- miqdori jihatidan yetarli bodishi;
- qazib olish arzon va oson bo ' lishi:
- texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
192
Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat
buyumi xom ashyo emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan
m a’lum darajada o ‘zgargandan keyingina xom ashyoga
aylanadi. Yer ostidagi foydali qazilmalar, yovvoyi hayvonlar.
daraxtlar va hokazolar xom ashyo bo ‘lmay, balki potensial
tabiiy boyliklardir.
Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib
olingan m a’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar xom ashyo
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda
qayta ishlangan b o ‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida is
te’mol qilina olmasa, u chala mahsulot, ya'ni yarimfabrikat deb
ataladi.
Xom ashyo resurslarini xom asbyodan farq qilmoq kerak.
Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar kon-
lari, o ‘rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boy-
liklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun
mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin.
Xom ashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi
sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta ’sir
ko'rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xom ashyo
va yoqilg‘i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar
hajmida eng katta salmoqqa egadir. Shuning uchun sanoat
korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko'rsatkichlari ko ‘p jihatdan
tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xom ashyo va
yoqilg‘i xarajatlari darajasiga bog‘liq bo ‘ladi. Sanoat mahsuloti
tannarxida xom ashyo, yordamchi materiallar va yoqilg‘i
xarajatlari butun sanoat bo ‘yicha o ‘rtacha 70 foizni tashkil etadi.
Shuning uchun xom ashyoni tejab ishlatish sanoat mahsuloti
tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi
foydalanishda
va
ishchilar
mehnatining
unumdorligini
oshirishda katta ro l’ o‘ynaydi.
Material k o ‘p sarflanadigan tarmoqlarda xom ashyo va
materiallardan
oqilona
foydalanish
mahsulot
tannarxini
193
pasaytirishning asosiy manbaidir. Mashina va uskunalaming
unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun
vaqtning sarflanish darajasi xom ashyo sifati va uning turiga
bog'liq.
Xom ashyolar xilma-xil boTib, ular quyidagi turlarga
bolinadilar:
-sanoat xom ashyosi;
-qishloq x o ‘jaligi xom ashyosi.
Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra quyidagicha
turkumlanadi:
- kelib chiqishiga ko‘ra - tabiiy va sun’iy;
- agregat holatiga ko ‘ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon;
- kimyoviy tarkibiga ko ‘ra — organik va anorganik;
- ishlatilishiga ko ‘ra - ozuqabop va texnik.
Qishloq x o ‘jaligi xom ashyosi ikki turga -- o ‘simliklardan
olinadigan xom ashyolar va hayvonlardan olinadigan xom
ashyolarga bo'linadi.
Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral
Do'stlaringiz bilan baham: |