xom ashyolar deyiladi. Ular ucli turga bo‘linadi: a) rudali; b)
rudasiz:, v) yonuvchi mineral xom ashyolar. Bu minerallarning
k o ‘pi qattiq holda bo ‘ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft
hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi.
Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo ‘lib, metallar
olish uchun asosiy manbadir.
Rudasiz mineral xom ashyolar ham tog‘ jinslaridir. Ular
metall olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar
kimyoviy qayta ishlanmasdan to ‘g'ridan-to‘g ‘ri xalq x o ‘jaligida
yoki metalsiz ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:
-qurilish
materiallari
- to‘g ‘ridan-to‘g bri
yoki
fizik-
kimyoviy qayta ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatila-
digan mineral xom ashyo;
-industriya xom ashyolari - kimyoviy qayta ishlanmasdan
sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xom ashyo;
194
-kimyoviy mineral xom ashyolar - kimyoviy qayta ishlash
uchun ishlatiladigan minerallar;
-qimmatbaho va rudasiz minerallar - tabiiy holda yoki
mexanik qayta ishlangandan so ‘ng bezak uchun ishlatiladigan
minerallar.
Yonuvchi mineral xom ashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatila
digan foydali qazilma boyliklardir. Bularga toshko‘m ir va
qo‘ng ‘ir ko ‘mir, torf, yonuvchi slanetlar, neft hamda tabiiy
yonuvchi gazlar kiradi. Yonuvchi gazlar, neft va ko ‘mir eng
arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo ‘lmay,
balki kimyo sanoatida qimmatbaho xom ashyo hamdir.
0 ‘simlik va hayvonot xom ashyolariga yog‘och, zig'ir,
kanop, vog‘lar, o ‘simlik moylari, hayvonot terilari va shunga
o ‘xshashlar kiradi. Bular xalq xo ‘jagigida ishlatilishiga ko ‘ra,
ozuqabop va texnik xom ashyolarga b o ‘linadi. Ozuqabop xom
ashyolarga
ozuqa
sifatida
ishlatiladigan
birikmalar
-
o ‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq x o ‘jaligi mahsulotlari
kiradi.
O'sim lik va hayvonlardan olinadigan texnik xom ashyolarga
yuqorida k o ‘rsatilgan xalq x o ‘jaligi tarmoqlarining oziq uchun
yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Ulami mexanik va kimyoviy
qayta ishlab, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida
ishlatiladigan xom ashyolar olinadi.
Bunday xom ashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab, turli
mahsulotlar olish mumkin. Manbalari k o ‘pligi, amaliy jihatdan
bitmas-tuganmas zaxiraga egaligi ular asosida k o ‘pgina yangi
kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi.
Umuman, ilm-fan. texnika va texnologiyaning nihoyatda
tezlik
bilan
rivojlanishi
yangidan-yangi
materiallami,
shuningdek, yangi xom ashyo materiallarini qidirib topish
masalasini dolzarblashtirmoqda. Bu masala asosan olti yo‘l
bilan amalga oshiriladi:
-iloji boricha arzon xom ashvolami qidirib topish va
ishlatish;
195
-xom ashyodan kompleks foydalanish;
-konsentrlangan xom ashyo va mahsulotlar ishlatish;
-juda toza mahsulotlar ishlatish;
-texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xom
ashyolami noozuqabop xom ashyo bilan almashtirish;
-iloji boricha mahalliy xom ashyolardan foydalanish.
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari
muhim texnika-xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xom ashyo
lardan olishga imkon beradi. Bunday xom ashyolar sifatida tosh-
k o ‘mir. torf. slanet, neft, tabiiy gaz, yog'och, o'sim lik va qishloq
x o ‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan,
sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar ishlab chiqarishda,
to ‘qimachilik sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda,
charm sanoatida, koiTOziyaga qarshi kurashishda, betonlami suv
o ‘tkazmaydigan qilishda. metallarni silliqlashda, qirqishda
sovutgLchlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab
qimmatbaho ozuqabop moylar ishlatiladi.
Sanoatning ko ‘pgina tarmoqlarida keng miqyosda ishlati
ladigan etil spirti ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p
miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Un, krax-
mal,
sut kabi
mahsulotlardan
texnik
maqsadlar uchun
foydalaniladi. Masalan, kazein-oqsil rnodda sutda boTadi,
kazein elim ishlab chiqarishda, qog‘oz va charm sanoatida
b o ‘yoqchilikda hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot
sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun
har yili bir necha yuz ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi.
Kraxmal to'qim achilik sanoatida, rezina va kimyo sanoa
tida, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qo'llaniladi.
Hozir sanoatda kraxmal poliakrilamid hamda sellyulozaning
suvda eruvchan efirlari - karboksilmetil sellyuloza (KMK) bilan
muvafaqqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga KMK k o ‘p
miqdorda kraxmal o ‘rnida to'qitnachilik, qog‘oz va gugurt
sanoatlarida esa ozuqabop un o ‘mida ishlatilmoqda.
196
Hozir etilendan va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt
tarkibi va sifati jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan
etil spirtdan farq qilmaydi va ancha arzon hisoblanadi. Shuning
uchun xalq x o ‘jaligining ko‘p tarmoqlarida bunday etil spirt
k o ‘p ishlatilmoqda. Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash
mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va y o g ia r ishlab chiqaril-
moqda. Mahsulotlarni bu yo'l bilan ishlab chiqarishda ko'p
miqdorda ozuqabop xom ashyolar tejab qolinadi va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi birmuncha arzon-
lashadi.
Sanoatni
yanada
rivojlantirish,
texnika
taraqqiyoti
sur’atlarini jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini
ko ‘paytirish vazifalari sun’iy materiallar ishlab chiqarishni
intensiv rivojlantirishni taqozo etadi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va ulam i sanoatda
qobllash quyidagi hollarda iqtisodiy samarali hisoblanadi:
a)
sun’iy material yagona xom ashyo bo‘lgan tarmoqda
ishlab chiqarishning jadal sur’atlari bilan va keng k o ‘lamda
rivojlantirishga;
b)
qayta
ishlovchi
tarmoqlar
texnika
bazasining
mukammallash u v iga;
v) iste’molchi tannoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga
va assortimentm kengaytirishga;
g) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlami
jadallashtirishga va uskunalami mukammallashtirishga;
d) tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarfla-
nadigan xarajatlarni kamaytirishga sabab bo‘lsa;
s) sun’iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot
tannerxini kamaytirsa.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy
samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, y a’ni qisqa vaqt ichida
kcrakli miqdorda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga erishish
mumkmligini e'tiborga olm oqlozim .
197
Bu o ‘rinda ta’kidlash kerakki, sun’iy materiallar behad
afzalliklarga ega, chunki tabiiy xom ashyo bo ‘lgan paxta, jun,
teri va boshqalami ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun’iy
materiailarni ishlab chiqarishga atiga bir necha kun va soat
kifoya qiladi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga
nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarflanadi. Masalan, 1
tonna yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 kishi/soat sarflansa,
sintetik tolaga 225-1400 kishi/soat sarf etiladi.
Sun’iy materiallar sanoatning qo‘shimcha xom ashyo
b a’zasi b o ‘lib xizmat qiladi. Ular ishlab chiqarishda jarayonlam i
kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirish katta rol
o ‘ynaydi. Turli tarmoqlarda kimyoviy usullami qoMlash tabiatda
k o ‘p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallamikidan
ancha ustun b o ‘lgan juda ko‘p yangi tur sun’iy materiallar ishlab
chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar
q o ‘yadi. Ular o ‘ziga xos qator afzalliklarga ega: uzoq vaqt o ‘ta
yuqori va o ‘ta past haroratga, yuqori bosim va juda katta elektr
kuchlanishlariga chidamli. Sun’iy materiallar ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar, shu jum ladan sanoatni rivojlantirish va sanoat xom
ashyo bazasini kengaytirishning asosiy vositalaridan biridir.
Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk,
sun’iy va sintetik tolalar, sun’iy charmlar va charm o'm ini
bosuvchi materiallar, sintetik yuvish vositalari va ozuqa xom
ashyosi o ‘mini bosuvchi
sun’iy materiallar muhim ro l’
o ‘ynamoqda.
Plastmassalar - keng nomenklaturaga ega boTgan sun’iy
polimer mahsulotlardir. Ular sifat jihatidan tabiiy materiallar
bilan tenglashibgina qolmay, balki ko ‘p hollarda ulardan
ustunlik ham qiladi: o ‘ta mustahkamlik:, elektr o ‘tkazmaslik,
engillik, qattiqlik, egiluvchanlik, tiniqlik, korroziyaga, kislotaga,
issiqlikka chidamlilik, kam yediruvchanlik kabi sifatlarga ega va
mcxaniq ishlashning turli usullariga yengi! moslashadi.
198
Mamlakatimiz plastmassalar ishlab chiqarish uchun keng
xom ashyo resurslariga ega, chunki plastmassalar uchun tabiiy
va neft gazi, neftni qayta ishlash va koksokimyo sanoati
chiqindilari, yog‘ochni kimyoviy ishlash mahsulotlari, yengil va
oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining turli xil chiqindilari
xom ashyo b o ‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy va sintetik tolalar sanoatning xom ashyo bazasini
kengaytirish bilan birga,
turli
texnik
va
kiyim-kechak
gazlamalari, elektr izolyatsiya materiallari, kabellar va kanatlar,
baliq tutish to‘rlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda keng
qo‘llaniladi.
Iqtisodiyotda charm o ‘m ini bosuvchi sun’iy materiallar
katta ahamiyatga ega. Poyabzal sanoatining o ‘sish sur’atlarini
amalga oshirish uchun tabiiy charm resurslari yetarli bo‘lmagan
sharoitda bu juda ham muhim. Sun’iy charm va charm o‘rnini
bosuvchi materiallardan poyabzalning ayrim bo'laklarini ishlab
chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |