Hisob-kitob qilish, ulardan foydalanishning samaradorligini


XI bob SANOATNING  XOM  ASHYO  MANBAI VA



Download 24,52 Kb.
bet5/6
Sana01.07.2021
Hajmi24,52 Kb.
#106394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
asosiy fondlar

XI bob
SANOATNING  XOM  ASHYO  MANBAI VA 
TEJAM KORLIK STRATEGIYASI
11.1.  Sanoatda  xom  ashyo,  uning xususiyatlari va 
turkumlanishi
Qayta  ishlovchi  barcha  sanoat  tarmoqlarining  ishlab 
chiqarish  jarayonida  qatnashuvchi  elementlardan  bin  xom 
ashyodir,  chunki  xom  ashyosiz  hech  qanday  mahsulot  ishlab 
chiqarish mumkin emas.
Xom  ashyo  deb,  qazib  olish  yoki  ishlab  chiqarish  uchun 
m a’lum darajada mehnat  sarflangan  va  shu  mehnat natijasida bir 
qadar  o ‘zgargan  mehnat  buyumiga  aytiladi.  Ishlab  chiqarish 
jarayonida xom ashyo  tayyor mahsulot  yoki  yarim  fabrikat hosil 
qiladi.  Natijada  xom  ashyoning  to ‘la  qiymati  tovar  shaklini 
olgan  yalpi  mahsulotga o ‘tadi.
Xom ashyo asosiy va  yordamchi materiallarga bodinadi.
Asosiy  xom  ashyo  -   tayyor  mahsulotning  moddiy  asosini 
tashkil  qiluvchi  mehnat  buyumidir.  Tayyor  mahsulot  tarkibiga 
kiruvchi  yoki  asosiy  xom  ashyoni  qayta  ishlashga  zarur  sharoit 
yaratib  beruvchi  qolgan  barcha  mehnat  buyumlari  yordamchi 
materiallar deb  ataladi.
Mehnat  buyumlarining  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qay 
tarzda  qatnashishiga  qarab  ular  ham  xom  ashyo  (asosiy  xom 
ashyo),  ham  yordamchi  material  b o ‘lishi  mumkin.  Masalan,  neft 
voqilg‘i  sifatida  yordamchi  material  bo4sa,  benzin  yoki  kerosin 
ishlab  chiqarishda  esa xom  ashyodir.
Xom  ashyo  keng  miqyosda  iste’mol  buyumlari  hamda 
ishlab  chiqarish  mabsulotlari  olish  uchun  ishlatiladigan  tabiiy 
materiallardan iborat.  U  quyidagi  talablarga javob  berishi  kerak:
- miqdori jihatidan  yetarli  bodishi;
-  qazib  olish arzon  va  oson bo ' lishi:
-  texnologik jarayonlar oson borishi  kerak.
192

Har  bir  xom  ashyo  mehnat  buyumidir,  lekin  har  bir  mehnat 


buyumi  xom  ashyo  emas.  Mehnat buyumi  mehnat  vositasi  bilan 
m a’lum  darajada  o ‘zgargandan  keyingina  xom  ashyoga 
aylanadi.  Yer  ostidagi  foydali  qazilmalar,  yovvoyi  hayvonlar. 
daraxtlar  va  hokazolar  xom  ashyo  bo ‘lmay,  balki  potensial 
tabiiy boyliklardir.
Mehnat  vositasi  yordamida  ovlangan  hayvonlar,  qazib 
olingan  m a’danlar,  kesilgan  daraxtlar  va  boshqalar  xom  ashyo 
hisoblanadi.
Ishlab  chiqarish  jarayonida  bir  yoki  bir  necha  bosqichda 
qayta  ishlangan  b o ‘lsa-yu,  lekin  tayyor  mahsulot  sifatida  is­
te’mol  qilina  olmasa,  u  chala  mahsulot,  ya'ni  yarimfabrikat  deb 
ataladi.
Xom  ashyo  resurslarini  xom  asbyodan  farq  qilmoq  kerak. 
Xom  ashyo  resurslariga  mamlakatdagi  foydali  qazilmalar  kon- 
lari,  o ‘rmon  maydonlari,  uy  hayvonlari  va  shu  kabi  tabiiy  boy- 
liklar  kirsa,  ular  qazib  chiqarilgan  yoki  ishlab  chiqarish  uchun 
mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi  mumkin.
Xom  ashyo  ishlab  chiqarish  jarayonining  asosiy  elementi 
sifatida sanoat  ishlab  chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta ’sir 
ko'rsatadi.  Sanoatning  qayta  ishlovchi  tarmoqlarida  xom  ashyo 
va  yoqilg‘i  xarajatlari  ishlab  chiqarishga  sarflangan  xarajatlar 
hajmida  eng  katta  salmoqqa  egadir.  Shuning  uchun  sanoat 
korxonalari  faoliyatining  iqtisodiy  ko'rsatkichlari  ko ‘p jihatdan 
tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  xom  ashyo  va 
yoqilg‘i  xarajatlari  darajasiga  bog‘liq  bo ‘ladi.  Sanoat  mahsuloti 
tannarxida  xom  ashyo,  yordamchi  materiallar  va  yoqilg‘i 
xarajatlari butun  sanoat bo ‘yicha o ‘rtacha  70  foizni tashkil etadi. 
Shuning  uchun  xom   ashyoni  tejab  ishlatish  sanoat  mahsuloti 
tannarxini  pasaytirishda,  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  yaxshi 
foydalanishda 
va 
ishchilar 
mehnatining 
unumdorligini 
oshirishda katta ro l’  o‘ynaydi.
Material  k o ‘p  sarflanadigan  tarmoqlarda  xom  ashyo  va 
materiallardan 
oqilona 
foydalanish 
mahsulot 
tannarxini
193

pasaytirishning  asosiy  manbaidir.  Mashina  va  uskunalaming 


unumli  ishlashi  va  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun 
vaqtning  sarflanish  darajasi  xom  ashyo  sifati  va  uning  turiga 
bog'liq.
Xom  ashyolar  xilma-xil  boTib,  ular  quyidagi  turlarga 
bolinadilar:
-sanoat xom  ashyosi;
-qishloq x o ‘jaligi  xom ashyosi.
Sanoat  xom  ashyosi  turli  belgilariga  ko‘ra  quyidagicha 
turkumlanadi:
- kelib  chiqishiga ko‘ra -  tabiiy va sun’iy;
- agregat  holatiga ko ‘ra  -  qattiq,  suyuq  hamda gazsimon;
- kimyoviy tarkibiga ko ‘ra — organik va  anorganik;
-  ishlatilishiga ko ‘ra -  ozuqabop va texnik.
Qishloq  x o ‘jaligi  xom  ashyosi  ikki  turga  --  o ‘simliklardan 
olinadigan  xom  ashyolar  va  hayvonlardan  olinadigan  xom 
ashyolarga bo'linadi.
Yer  ostidan  qazib  olinadigan  mineral  birikmalar  mineral 

Download 24,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish