10.5. Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni
yaxshilash yo‘IIari
Ishlab
chiqarish
samaradorligini
oshirishning
asosiy
yo ‘llaridan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydala
nishni yaxshilashdir. Ulardan samarali foydalanish masalasi
ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida yanada dolzarb-
lashadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda ulardan har
taraflama unumli foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to ‘la va unumli
foydalanilsa, k o ‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning
tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi
oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida
belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar,
ishlab chiqarish maydonlaridan to ‘liq foydalangan holda mahsu
lot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida
oichanadi. Masalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish
quvvati tonnada, to‘qimachilikda yigirilgan ip tonnada, gazla-
malar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va trak-
torlar donalab oMchanadi.
Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unum-
dorligi,
kadrlar
malakasi,
xomashyolaming
sifati
va
mahsulotlaming assortimentiga qarab o ‘zgarib boradi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun
quyidagi m a’lumotlar b o Llishi lozim:
a)
mavjud uskunalar va agregatlarning soniga ta ’mirlash-
dagi uskunalar, rejalashtirish davrida yangi dan kiritilgan
187
uskunalar qo‘shiladi. Lekin jism oniy va tabiiy sharoit ta ’sirida
emirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;
b)
korxonalar va sexlam ing ishlab chiqarish maydonlari
haqidagi m a’lumot;
v) korxonalaming
ish
rejimi,
ya’ni
smenalar
soni
(ta’mirlashga to ‘xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi;
g) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
Ishlab
chiqarishda
turli
uskunalardan
foydalanish,
korxonaning quvvati asosiy texnologik jarayonlam i bajaradigan
yetakchi sexlar, bo ‘linmalar yoki agregatlarning quvvatlariga
binoan hisoblanadi.
Turli
korxonalar
(birlashmalar)ning
ishlab
chiqarish
quvvatini hisoblashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va
quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Q=Ds*Du*Div
Bu yerda: Q - korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
Ds - bir turdagi dastgohlar soni ;
Du - vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
Div - dastgohlaming ishiash vaqti.
Ayxim tarmoqlarning korxona va sexlarida yig‘uv, quyuv,
m ebel’, konserva ishlab chiqarish quvvati, maydon b o ‘yicha
quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Q~-(M : Mn) * ( F : Vt),
Bu erda: M - korxonaning yoki texning ishlab chiqarish
maydoni (kv.m);
Mn - norma b o ‘yicha ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish
maydoni (kv.m);
F - ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat);
VI - mahsulotning mehnat talabchanligi - texnologik vaqt
(soatda).
188
Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati, kirish
quvvati, yil oxiridagisi esa, chiqish kuvvati, deyiladi. 0 ‘rtacha
yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniq-
lanadi:
Ко V = K k + (Km * P2) / 12 - (Kch * P i) / 12,
Bu erda: Kk - kirish davridagi (rejalashtirilayotgan yil
boshidagi) quvvat;
Kt - yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
Kch - chiqish davridagi (yil oxiridagi) quvvat;
Pi
-
rejalashtirilayotgan
davrdagi
ishlab
chiqarish
quvvatidan foydalanilmagan oylar soni;
P? - rejalashtirilayotgan davrda ishga tushirilgan ishlab
chiqarish quvvatidan foydalanilgan oylar soni.
Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foyda-
lanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirishga, kapital m ablag‘ sarflamay, qo‘shimcha mahsulot
ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik
o ‘sishiga hamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon
yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada
ulardan unumli foydalanishga katta e ’tibor berilmoqda.
Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quw atlari
samaradorligini oshirishda korxonalarda texnologik uskuna-
laming ish smenasini ko‘paytirish katta ahamiyatga ega.
Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun kor-
xonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashina-
larning ish tezligini oshirish, metall quyishga, kimyoviy jarayon-
larga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, kadrlar
malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yi-
riklashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish asosida
mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |