yozishni mаqsаd qilаdi. Ko‘rinаdiki, ikki hukmdоrning hаm ijоdiy niyati vа
mаqsаdi mushtаrаk.‖18
―BOBURNOMA‖ ―SHAJARAI TURK‖
Tarixiy memuar a sar
Tarixiy memuar asar
Asar muallifi shoh va
shoir bo‗lgan
Tarixiy ma’lumotlar beruvchi manba
Asar muallifi shoh va shoir
bo‗lgan
Tarixiy ma’lumotlar beruvchi manba
18
Abdullayeva -Tarixiy-nasriy avarlarning qiyosiy-tipologik tahlili -Boburnoma va - shajarayi turk‖
misolida‖ f.f..n disst.-T. :2008 15-bet
50
Ajdodlar shajarasi
keltirilgan
Ajdodlar shajarasi keltirilgan
Tugallanmay qolgan
Tugallanmay qolgan
Bu ikki asarning mualliflari ham adabiyotga oshno qalbning egalari edi. Balki, shuning uchun ham bu asarlar yaratilish maqsadi, janr xususiyatlari bilan bir biriga yaqin turar.
“Qiyosiy tahlil” metodi orqali asarlarni o‗rganishning muhim tomoni
shumdaki, qiyoslab o‗rganilgan asarlarning biri masalan,‖ Boburnoma‖ esga olinsa bevosita bu asarga qiyosan o‗rganilgan ―Shajarai turk‖ asariga oid ma‘lumotlar ham yodimizga keladi. Asarlarni tahlil qilish uchun aynan shu metodni amaliyotga tatbiq etamiz. Guruh o‗quvchilari 2-guruhga bo‗linadi va quyidagi savollar beriladi.
1-guruhga. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining o‗xshash tomonlarini toping.
2-guruhga. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining farqli tomonlarini toping.
1-o‗quvchi. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarlarining o‗xshash tomonlari bor:
bu ikki asar ham tugallanmay qolgan;
bu ikki asarning mualliflari ham shoh va shoir bo‗lgan;
bu asarlar memuar xarakterga ega;
bu asarlardan tarixiy ma‘lumotlar olish mumkin;
bu ikki asarda ham mualliflar o‗z ajdodlari haqida ma‘lumot beradi;
har ikki asarda ham tabiat tasviri, tarixiy shaxslar tasviri, shaharlar tasviri
keltirilgan;
51
bu ikki asar ham nasrda ham nazmda yozilgan o‗rinlari bor;
asarlarda rivoyatlar berilgan;
har ikkala asarda ham badiiy to‗qimalar kam uchraydi real-hayotiy voqealar
tasvirlanadi.
2-o‗quvchi. ―Boburnoma‖ va ―Shajarayi turk‖ asarining farqli tomonlarini deb quyidagilarni ko‗rsatish mumkin.
Bobur o‗z asarini taxtga chiqish kunidagi voqealar bilan boshlaydi,
Abulg‗ozi Bahodirxon esa an‘anaviy Odam Atoning yaratilishi voqealari bilan boshlaydi;
―Boburnoma‖ asarini Boburning qizi Gulbadanbegim yakunlaydi, ―Shajarai
turk‖ asarini esa Abulg‗ozi Bahodirxonning jiyani yakunlaydi;
―Boburnoma‖da har bir tarixiy voqea hayotiy-real tarzda tasvirlansa,
―Shajarayi turk‖ asarida esa badiiy bo‗yoqdorlik bo‗rttirib ko‗rsatiladi. O‗qituvchi: Yuqorida aytib o‗tgan ma‘lumotlaringizdan ham bilish mumkinki, bu ikki asar bizga tarixni ko‗rsatib turuvchi ko‗zgudir. Ijodkorlarning mahorati shundaki, bu ikki asarda ham o‗sha davr ruhiyati singdirilgan. Oradan qancha vaqtlar o‗tmasin bu asarlar o‗qimmatini yo‗qotmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Bobur o‗z asarida tarixiy voqealar haqida ma‘lumot
berish bilan birga, shu voqealarning ishtirokchisi sifatida o‗quvchi ko‗z oldida gavdalanadi. U shoh sifatida o‗lkalarda qattiqqo‗llik siyosatini olib boradi, jangdan bosh tortgan bir necha yigitning burnini teshadi, asir tushganlardan bir qismini o‗ldiradi. Shu bilan birga, u kishilarga marhamat va shafqat ham ko‗rsatdi. Bobur beva-bechoralarni talagan Xisravshohni qoralaydi; birovning bir ko‗za yog‗ini o‗g‗irlagan bir yigitni tayoq bilan urdiradi; ayrim vaqtlarda yigitlari bilan goh yayov, goh otliq yurib, mashaqqat chekadi. ―Boburnoma‖ni o‗rganish mobaynida o‗quvchilar murabbiy ko‗magiga muhtoj bo‗ladilar. Zero, buyuk donishmand Abu Nasr Forobiy ta‘kidlaganidek, ―Insoniy vujuddan maqsad – eng oliy baxt-saodatga
52
erishuvdir. Baxt-saodatlarga erishuv va tug‗ma qolbiliyatlarning rivojlanishi o‗z- o‗zicha bo‗lavermaydi, balki bu masalada qandaydir muallim yoki rahbarga mutojlik tug‗iladi‖19 . O‗qituvchi turli xil innavatsion texnologiyalardan foydalanib, yangi ma‘lumotlar asosida dars o‗tsa, ta‘limda ko‗zlangan maqsadga erishgan bo‗ladi. Asarni o‗qishda miniaturalardan foydalanib, audio orqali ―Boburnoma‖dan parcha havola etilsa yoki bunday imkoniyatga ega bo‗lmasa, asarning o‗zidan ba‘zi joylarni o‗qib bersa, o‗quvchilarda qiziqish ortadi. ―Boburnoma‖ haqida ma‘lumot berganda o‗qituvchi shunga erishishi kerakki, o‗quvchi Boburni ham olim, ham donishmand shoir, ham xo‗jalik ishlariga va obodonchilikka katta ahamiiyat bergan, ham ilm-fan, san‘at va adabiyot ahllariga muruvvatli kishi sifatida tasavvur etsin. Bu maqsadga erishishning samarali usullaridan biri ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlardan foydalanishdir. Biz aynan mana shu bobda ―Boburnoma‖ asarini o‗qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar masalasiga alohida e‘tiborimizni qaratdik va bir nechta jumladan, ―Zinama zina‖, ―Ikki tomonlama kundalik‖,
―Jumlalarni davom ettiring‖, ―Tanlab topaman‖ metodlarini keltirib o‗tdik. Ta‘lim
jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish natijasida o‗quvchilar mavzu
yuzasidan yetarlicha bilim, ko‗nikma va malakaga ega bo‗ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |