“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogeka fakulteti dekani “Musiqa ta’limi” kafedra mudiri



Download 254 Kb.
bet6/14
Sana12.05.2023
Hajmi254 Kb.
#937503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogeka fakulteti dekani “Musiqa t

Tarje» cholg‘u kuylari. Mushkilotning «Tasnif»lardan so‘ng keladigan o‘rta-yakuniy bo‘g‘inlari boshlang‘ichlar bilan tarkibiy bog‘liq bo‘ladi. Xususan, «Tasnif»larning kuy-mavzuyi turkum miqyosida yangi «sinov» mushkilotlaridan o‘tadi, taraqqiyot ifo- dasi bo‘lgan ohang va o‘lchov-ritm o‘zgarishlariga uchraydi. Bu o‘zgarishlar dastlab «Mushkilot» bo‘limidagi ikkinchi qism – «Tarje» nomli kuylarda o‘z aksini topadi. «Tarje» arabcha so‘z bo‘lib, «qay- tarish», «takrorlash» ma’nolarini anglatadi. Buning ma’n os i shuki, «Tarje» qismlarida ushbu bo‘limning 1-qismi, ya’ni «Tasnif» usuli (biroz tezroq sur’atda) va asosiy kuy ohangi ma’lum o‘zgar ishlar bilan takrorlanadi. «Tarje»lar ham «Tasnif»lar singari maqomlar- ning nomlariga qo‘shib («Tarjeyi Buzruk», «Tarjeyi Navo», «Tar- jeyi Dugoh», «Tarjeyi Segoh», «Tarjeyi Iroq» kabi) o‘qilad i. Ammo «Rost» maqomida «Tarje» nomli kuy qismi uchramaydi. «Tarje» kuylarining shakl asosida ham bizlarga «Tasnif»lardan ma’lum xona-bozgo‘y kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi, zero «Tarje»lar ham odatda «Tasnif»lar singari xona-bozgo‘y vosita- sida rivoj topadi. Biroq, «Tarje»lar, vazmin «Tasnif»lardan farqli o‘laroq, ko‘tarinki kayfiyat va shodlik tuyg‘ularini tarannum etadi. «Tarjeyi Navo» kuyi fikrimizga misol bo‘la oladi.

Maqomlarning aytim (ashula) bo‘limi umumiy nom bilan «Nasr» deb ataladi.


«Nasr» – arabcha «ko‘mak», «zafar», «g‘alaba» demakdir. Maqom ashulalari aytim san’atining murakkab va mukammal namunalrini namoyon etadi.
Shu bois ham, ularni kuylash uchun maxsus amaliy malaka va ijroviy mahorat talab etiladi. Bunga erishish uchun esa, musiqiy tahsilning «ustoz-shogird» an’anasi qo‘llanib kelingan.
Ushbu an’anaga binoan, maqomchi ustoz o‘z san’atini o‘rgatish va shu tariqa meros qoldirish yo‘lida o‘ziga qobiliyatli shogird tanlagan. Shogird ustozning maqom ashulachiligi bobidagi mahoratini ko‘p yillar (7–10, hatto 10–15 yil) davomida bosqichma bosqich egallab borgan.
Bu jarayonda nota yozuvlari kam ahamiyatli bo‘lib, shogirdlar ustozlarining namunaviy ijrolarini, asosan «tinglash, idrok etish» bilan xotiralariga muhrlaganlar va maxsus mashqlar orqali ularni amaliy o‘zlashtirib borganlar. Shuningdek, maqom ashulalarida qo‘llangan aruz vaz nidagi ko‘plab she’riyat (Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab va boshqalar ijodi) namunalari-
ni yod olishlari lozim edi. Bundan tashqari, jo‘rnavoz cholg‘ular qatorida doira usullarini hamda tanbur ijrochiligini zaruriy darajada o‘zlashtirganlar.
Demak, maqomlarni o‘rganish va so‘ngra ularni ijro etishda musiqiy iste’dod bilan bir qatorda, xotira kuchi ham nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
2.Maqomlarning aytim (ashula) yo‘llari ijrochilarini «hofiz» deb ham atashadi. Bu atama esa, arab tilida «saqlovchi», ya’ni «xotirasida saqlovchi», «yod biluvchi» ma’nolarini anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, maqom hofizlari kuchli, yuqori pardalarni zabt eta oladigan va, ayni vaqtda, xushovoz sohiblari bo‘lmoqlari lozim.
Maqom hofizlari o‘z san’atlarini xalqqa namoyish etishda (to‘y-hasham va boshqa tadbirlarda) mas’uliyat bilan ish tutganlar, ya’ni har bir maqomning aytim yo‘li puxta ishlanib, qiyomiga yetgach, u xalq orasida ijro etilgan.
Shogirdlar esa, ustozlaridan beijozat omma oldida kuylamaganlar. Ijrochiligi yetuk darajaga erishgan shogirdlargina ustozlar duosini olib, xalq xizmatiga bel bog‘laganlar.
Maqomot tizimining aytim yo‘llarida ifoda etilgan ma’nolar tizimi cholg‘u kuylarida ilgari surilgan ma’naviy kamolot g‘oyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, aytim yo‘llari mazmunida g‘oyani yanada teran idrok etishga asos bo‘lgan yangi ma’nolar ko‘lami kashf etilib, bu holat dastlab mavzu timsolida o‘zining mujassam ifodasini topadi. Zotan, kuy mavzuyi aytim yo‘llarida kelishi asnosida bir qator muhim sifatlarga ham ega bo‘ladi: endilikda mavzu bayonida, cholg‘u yo‘llaridan farqli o‘laroq, mashq etish holatlariga deyarli o‘rin qolmaydi va, ayni chog‘da, mavzu hofizning dardchil ovoz tarovati ila yangi ranglar bilan boyib, mazmuniy teranlik kasb eta boshlaydi. Shuningdek, mavzuga tabiiy ulanib, uning mantiqiy davomidek yangraydigan «ohang» (hang)lar vositasida dardli holatlar yanada ulug‘vor tus oladi.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish