“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogeka fakulteti dekani “Musiqa ta’limi” kafedra mudiri


Shashmaqom turkumi mushkilot va nasr bo‘limi



Download 254 Kb.
bet4/14
Sana12.05.2023
Hajmi254 Kb.
#937503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogeka fakulteti dekani “Musiqa t

3.Shashmaqom turkumi mushkilot va nasr bo‘limi.

1.«Tasnif» va «Tarje» kuylari. Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim – cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama «qiyinchiliklar» ma’nosida kelib, jumladan, maqomlardag i bosh kuy-mavzuyini murakkabligi turlicha bo‘lgan doira usul- lari sinovidan o‘tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. «Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomla- nadi:
1. «Tasnif» – tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar.
2. «Tarje» – qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.
3. «Gardun» – falak gardishi, qismat.
4. «Muxammas» – beshlik, beshlangan.
5. «Saqil» – vazmin, og‘ir.
Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli bar- chasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doira usullarini anglatad i.
Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, bi rinchi navbatda, ma’lum doira usullari nazarda tutiladi.
Maqomlarning «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom»ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tas- nifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi.
Maqomlarning ma’nolar tizimi har bir maqomda o‘zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning «Tasnif» qismi boshlang‘ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ushbu kuy mavzuyi kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. Zero, maqom mavzulari timsolida umuman «musiqiy mavzu» tushunchasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblarning ruhiy holatlari go‘yo nag‘malarga muhr etilgan. Voqean, bu toifa musiqa mavzulari maqomdon sozanda (ashula yo‘llari esa hofizlarning) malakali ijrolari jarayonid a o‘zi- ning ruhiy (ma’naviy) ta’sir ko‘lamini namoyon eta boshlaydi.
Chunki, bu maqsadga erishish yo‘lida mohiyatan ishq zavqidan kelib chiquvchi turli ijroviy usullar (nola, qochirim, kashish va b.)ni samarali qo‘llay bil ish talab etiladi. Ayni chog‘da, bu usullar seman- tikasi ishqiy-dardchil va turfa go‘zal tuyg‘ular ifodasi bilan bog‘liq ekanligini «jonli tinglov idroki» ila to‘la-to‘kis anglab yetish mum- kin.
Demak, maqomlarning mavzu bayoni bilan har bir maqom asarining ma’nolar silsilasi, ta’bir joiz bo‘lsa, ruhiy holati dastlabki darajada his etiladi hamda mavzuning rivoji va yakuni bilan asar- ning g‘oyaviy mazmuni ham uzil-kesil idroklanadi.


Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish