Himoyaga tavsiya etildi


Davlatning fiskal siyosati va uning barqarorlikni ta`minlashga ta’siri



Download 0,86 Mb.
bet11/28
Sana05.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#165267
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
BMI Qaxramonova G

1.3. Davlatning fiskal siyosati va uning barqarorlikni ta`minlashga ta’siri

Bozor iqtisodiyotida daromad, xarajat, narx, ishlab chiqarish darajasi kabi dastlabki Qo‘shma Shtatlar biznes sikli deb nomlanuvchi namunada pastga va yuqoriga tebranib turgan. Ba`zi vaqtlarda daromad, xarajat, ishlab chiqarish pasayganda ishsizlik o‘sgan. Boshqa bir vaqtlarda esa ishlab chiqarishning oshishi daromad va xarajatlarning ortiqcha o‘sishiga sabab bo‘lgan. Buning natijasida esa inflatsiya ya`ni narx darajasining tezlik bilan o‘sishi yuzaga kelgan.

Iqtisodiy faoliyat sharoitlarida ushbu o‘sish va kamayishlarni yuzaga kelishi xarajatlarda dastlabki o‘zgarishlarni, iqtisodiyotda esa zanjirsimon reaksiyani boshlab yuboradi. Bir iqtisodiy birlik, masalan, iste`molchi, biznes, hukumat xarajatlarining o‘sishi yoki kamayishi boshqa bir birlik daromadiga keskin ta`sir ko‘rsatadi. Bu holat yana boshqa birlikning xarajati yoki daromadidagi o‘zgarishga ya`ni bu hollarda, o‘sishi ham kamayishi ham bor bo‘lgan ehtimolga olib keladi. Bu jarayon butun iqtisodiyotda davom etadi. Natijada, yalpi o‘zgarishlar boshlang`ich o‘zgarishlardan bir necha marta kattaroq bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi nobarqaror faoliyatning o‘sishi yoki kamayishi og`ir ehtiyojiga va turmush darajasining ba`zi hollarda oshishi yoki pasayishiga olib keladi. 1936-yilda Britaniyalik iqtisodchi Djan Maynard Keyns “Umimiy nazariya”sini nashr qildi10. Bundan maqsad esa hukumatlarni xarajatlarini soliq kuchlaridan foydalangan holda boshqarishga undaydi. Urushlar oqibatida, yuqori darjadagi ishsizlik kelib chiqdi. Bu esa hukumatlarning davom etuvchi siyosati va javobgarligi bo‘lib saqlanib qoldi. Hukumatlar esa bu vaqtda, o‘zlarining amaliy tushunchalarini ilgari sura boshladilar. Masalan, ishsizlikni kamaytirish uchun hukumat ishchilar sonidan unumli foydalanishga o‘tadilar, natijada ishchilarning ish qobiliyatidan maksimal foydalanish tushunchasi kelib chiqadi. Ishsizlikning kamayishi ularning xarid qobiliyatini o‘sishini yuzaga keltiradi. Bu yangi barqarorlashtirish hukumat budjetini maqsadli nobarqarorlashtirishni o‘ziga jalb etadi. Ya`ni ishsizlikni olib keluvchi defisitning yuqori bo‘lishini, bunda xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi yoki inflatsiyani kamaytirishda ortiqchalikni yuzaga keltiradi. Shu tariqa bu harakatlarni ular “Davlat iqtisodiy barqarorligini ta`minlashdagi fiskal siyosati harakatlari”11 deb nomladilar. Fiskal siyosat o‘z navbatida, turli xil qarama-qarshiliklarga va kutilmagan keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, fiskal siyosati sarf-xarajatlarni oshirib, soliqlarni kamaytirish orqali defitsitga olib kelishi mumkin hamda xarajatlarni saqlab turish va budjet qarorini qabul qiluvchilarning siyosiy mas`uliyatini ko‘chishiga olib keladi. Shuningdek, ma`lim hollarda ushbu davlat budjetdan ortiq sarflangan xarajatlarni qoblanishi uchun qarz olishini ham anglatadi.

Har qanday iqtisodiy faoliyatdagi kategoriyalarning ma`lum bajaradigan funksiyasi bo‘ladi. Fiskal siyosatining iqtisoddagi funksiyasi esa soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarajatidir va soliqlarning mohiyatini ochiq beradi. Umumiy nazariy tushunchalar asosida, soliq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi12:

1)Fiskal funksiyasi;

2) Tartibga solish;

3)Rag`batlantirish funksiyasi;

4)Nazorat funksiyasi.

Soliqlarning asosiy funksiyalaridan biri bu fiskal siyosatidir. Bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliq tushumlari yordamida ma`lum bir davlatning moliyaviy resurslari hosil qilinadi hamda davlat va hukumatlar faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratadi. Soliq tushumlari orqali korxonalar va fuqarolar daromadlarining bir qismi davlat yoki hukumat boshqaruvini, mamlakatning mudofaasini, umuman ishlab chiqarish sohasini muntazam saqlab turish maqsad qilinib, undirib olinadi. Bu yo‘l orqali davlat budjetining daromadlar qismi shakllantirliladi. Bu esa soliqlar fiskal siyosatining eng muhim funksiyasining elementi hisoblanadi.

Mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi oshishi bilan fiskal funksiyasining ahamiyati ham oshib boraveradi. Ijtimoiy tusda bo‘lgan ishlab chiqarishning chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati asosan soliq tushumlari hisobiga shakllantiriladi. Bu esa moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati borligini keltirib chiqaradi. Mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e`tibor bergan sari moliyaviy resurslarni sarfi ko‘payadi, lekin soliq tizimida fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzulishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qoymasligi, ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg`arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.

Soliqlarning mana shu funksiyasi hisobiga paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarish, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.

Jahon amaliyotida, masalan, Yaponiyada ijtimoiy himoya ostidagi shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressive stavkalar belgilashlar ham qo‘llaniladi, ya`ni bunday hollarda, aholining kam daromadli qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi.

Soliqning ikkinchi funksiyasi bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida tartibga soluvchilik roli hisoblanadi. Ya`ni bunda davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va tashkil qilish, sotishning iqtisodiy shart-sharoitlarini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan darajada “soliq muhitini” yaratadi. Mana shu funksiya orqali hukumat yoki davlat soliq tizimigata`sir ko‘rsatadi. Bunda muayyan tarmoqda sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma`qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi,ishlab chiqarish sur`atlarini rag`batlantiradi yoki jilovlaydi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarni tartibga soluvchi funksiyasi - bu funksiyaning ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi. Bu davrda tadbirkorlarni ma`muriy jihatdan qaram qilish usullari yoq bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, katta korxonalar va kichik tadbirkorlik sub`yektlari faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan “yuqori tashkilot” tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlaniib boradi. Ammo, bu holatda, iqtisodiy faollikni saqlab turish yoki izga solish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag`batlantirish zarurati saqlanib qoladi.

Soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi- bu ham soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg`arilgan mol-mulklardan samarali foydalanishga, moddiy xom-ashyo resurslariga rag`batlantiruvchi ta`sir ko‘rsatadi. Ya`ni bunda soliq yukini kamaytirish sababli ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga, investitsiya faoliyatini jonlantirishga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga rag`batlantiradi. Davlat o‘zining iqtisodiy taraqqiyotini soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi orqali ta`minlaydi. Bu bilan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi, fiskal funksiyasini bajarish uchun bazani kengaytiradi, oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurutuvchi sub`yektlarning barqaror va erkin faoliyat ko‘rsatishini ta`minlaydi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi – soliqqa tortish ob`yekti, soliqqa tortiladigan baza, soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq idoralariga soliq hisobi belgilangan soliq hisobi shakllarini jo‘natadi. Shuningdek, bu yo‘l orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bolishi kerak13” deb ta`kidlagan edi. Haqiqatda ham, keyingi yillarda olib borilayotgan budjet-soliq siyosatida soliq yukini izchil kamaytirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda, bundan bosh maqsad esa soliq tizimining iqtisodiy o‘sish mustahkamlashdagi ijobiy ta`sirini oshirishdan iboratdir. Shuningdek, bu xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 25-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham soliq siyosatidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish masalasi lozimligi aytib o‘tilgan. Bular jumlasiga, avvalo, soliq islohotini barqaror davom ettirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institut tashkil etilishi, unda soliqchilar malakasini oshirilishi va yangi bilimlar berilishi, bo‘sh turgan yer maydonlari va binolari haqida aniq ma`lumot beruvchi onlayn platforma ishga tushirilishi hamda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog`lomlashtirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirilishi kabi bir qator tashabbuslar ko‘zda tutilgan14.

Ammo, shu bilan bir qatorda budjet-soliq tizimiga oid muammolarning mavjudligi soliqlarning yig’iluvchanlik darajasini oshirish va soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. Shu sababli ham, kelajakda budjet-soliq tizimidagi islohotlarda soliqlarning davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashdagi o‘rni, budjet-soliq siyosati tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan masalalarni hal etish ustuvorlikni kasb etmoqda. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan holatlar o‘z navbatida budjet-soliq siyosati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi va ushbu bitiruv ishi mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.

Xuddi shunday soliq tizimidagi islohatlat davlatimiz soliq siyosati tarkibida ham ko‘rilmoqda. Bu nafaqat ijtimoiy himoya ostidagi shaxslar balki, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes bilan shug`ullanuvchilar uchun qulay shart sharoitlar demakdir. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat`iy nazar, tovar aylanmasi 1mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq sub`yektlari umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tdi. Tovar aylanmasi 2019-yil 1-yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat`iy nazar tovar aylanmasi 1mlrd so‘mdan 3 mlrd so‘mgacha bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha qiymat solig`ini ixtiyoriy holda soddalashtirilgan tartibda to‘laydi15.



2019-yilda soliq siyosatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari16:

1) Tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni bekor qilish natijasida korxonalarda qo‘shimcha 5, 2 trillion so‘mlik daromad qoladi;

2) Jismoniy shaxslar uchun daromad solig`ining eng yuqori stavkasi 22%dan 12%gacha, yagona ijtimoiy to‘lov 25 %dan 15%ga tushirildi, fuqarolarning 8%lik sug`urta badali bekor qilinishi natijasida aholining daromadlari 6,5%ga oshadi.

3) Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i 5%dan 2%gacha, foyda solig`i 14%dan 12%gacha, kichik biznes sub`yektlari yagona solig`i 5%dan 4%gacha kamaytirilishi natijasida tadbirkor hisobida 2 trillion so‘m qo‘shimcha qoladi.

4) Mavjud 19 ta soliq va majburiy to‘lovlar 15tagacha kamaytirildi.

5) QQSni to‘lashning soddalashtirilgan mexanizmi ishlab chiqildi.

6) Xodimlar sonidan qat`iy nazar, tovar aylanmasi 1mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq sub`yektlari umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tdi.

Davlat bunday oqilona soliq siyosatini joriy qilishi albatta, soliq to‘lovchilarni ham o‘z navbatida yuqori darajadagi soliq madaniyatini shakllantirishni taqazo etadi. Har bir kelajak iqtisodiy rivoji uchun qo‘yilgan qadam so‘zsiz o‘zining kelajakda pozitiv natijalarini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Bu holatda, belgilangan soliq siyosatining samarasi qachonki soliq to‘lovchilar bu imtiyoz va preferensiyalardan o‘rinli foydalangandagina ko‘rinishi mumkin.bunday yengillikning afzalligi o‘sha holatdagina bilinadi, aks holda esa budjet manfaatlariga putur yetishi mumkin. Bozor iqtisodiyotida ba`zi soliq to‘lovchilarning faqatgina o‘z manfaatini o‘ylab soliq to‘lovlaridan qarzdor va qochish holatlarining saqlanib qolishi vaziyatlari uchrab turadi.Bu ham budjet manfaatlariga ziddir. Demak, soliq to‘lovchilar va budjet manfaatlarining o‘zaro mos kelishi bu qarzdorlik deyarli yo‘qotilishiga,soliq to‘lovchilarning soliq manfaatlari yuqoriligiga va mavjud subsidiya imtiyozlarining samaradorligiga olib keladi. Natijada uzoq vaqtlik barqarorlikka erishish mumkin.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish