Himoyaga tavsiya etildi


Qimmatli qog’ozlar hisobi.Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar harakati his



Download 71,16 Kb.
bet7/16
Sana27.06.2022
Hajmi71,16 Kb.
#711216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Donayev A.M (7) tayyor

Qimmatli qog’ozlar hisobi.Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar harakati hisobga olinadi.


0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo’shma, uyushgan va qaram korxonalarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar hamda ularning harakati hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo’yilgan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va qimmatli qog’ozlar sotib olish, boshqa korxonalarga qo’yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag’lar hisobidan amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. Yuqorida keltirilgan schyotlar bo’yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo’yilmalar, qimmatli qog’ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo’yicha yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy xarajatlar summasida qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi.
Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, debet qoldig’i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog’ozlar yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan summani ko’rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko’rsatib o’tilgan qo’yilmalar hisobi qo’yilmalar turlari bo’yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo’yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga o’xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va yuritilishi ham shunday.
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo’yish yo’li bilan uzoq va qisqa muddatli qo’yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, agar nomoddiy va boshqa aktivlar qo’yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga moliyaviy qo’yilmalar o’tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va o’tkazib berilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Depozit qo’yilmalar va berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 – schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo’yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va obligatsiyalari turli sabablarga ko’ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun emas, balki ularni keyinchalik sotish yo’li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi.
Qimmatli qog’ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo’jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o’xshagan.
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 -schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz olish, shuningdek qaytarilgandan so’ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir. Shu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy qiymati obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo’lsin. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyalar bo’yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo’li bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini ko’paytirish yo’li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farqi, ularning muomalada bo’lish muddati ichida bir tekisda - xo’jalik faoliyatining natijasiga o’tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini zararga o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab, firmaning foydasiga o’tkazish yo’li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo’yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o’tkazsa bo’ladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar bo’yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki moddiylashtirilmagan foyda hosil bo’ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan moliyaviy natijalarni aks ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo’yicha sodir bo’lgan zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o’tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi bo’yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib ko’rsatishdir.
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal qiymatidan ortiq bo’lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo’yicha zararlar obligatsiyalarni muomalada bo’lish muddati ichida har oyda teng qismda korxonaning zarariga o’tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi yo’q, shuning uchun ham ularga yo’l qo’ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko’pincha qirqib olinadigan talonlari bilan chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo’lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular bo’yicha foizlar to’lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidaga farqi har gal korxonaga daromad hisoblaganda hisobdan chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati ularning nominal qiymatidan ortiq bo’lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning nominal qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib boriladi. Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
Dt 4830-«Olinadigan foizlar» – obligatsiyalar bo’yicha olishga tegishli bo’lgan foizlar summasiga, Kt 0610 «Qimmatli qog’ozlar» – obligatsiyalarning nominal qiymatidan olingan haqiqiy qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti – olishga tegishli foizning qolgan qismiga, ya’ni 4830 va 0610 – schyotlarga o’tkazilgan summalar orasidagi farqiga.
Хalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar kabi, investitsiyalar ham faqat o’zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda olishga yetarli darajada ishonchi bo’lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar tarkibida hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan xarajatlar yetarli emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to’g’risidagi ishonchni tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo’lmasa, qilingan sarflar aktivlar emas xarajatlar deb hisoblanadi.



Qimmatli qog’ozlar hisobi 0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida yuritiladi. Bu schyotda quyidagilar hisobga olinadi: korxonalar aksiyalari; foizli obligatsiyalar; diskontli obligatsiyalar; hisoblangan foizlar; aksiyalar va obligatsiyalarni baholaridagi farqlarni hisobga olish. Analitik hisob bir tip, elementlar va bir chiqarilgan qimmatli qog’ozlar jami bo’yicha yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlarning hisob bahosi ularning turlari bo’yicha o’rtacha tortilgan bahoda baholanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosida hisobga olinadi.
Maxsus davlat kreditidan foydalanib xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari sotib olinsa, quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 0610-«Qimmatli qog’ozlar», Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» - bitim summasining 1/6 qismiga, Kt 7830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - bitim summasining 5/6 qismiga.
Basharti xususiylashtirilgan korxonaning aksiyalari faqat o’z mablag’lari hisobidan sotib olinsa, bitimning to’liq summasiga 5110-«Hisob - kitob schyoti» kreditlanadi.
Agar sotib olingan qimmatli qog’ozlarni kirimga olish sanasi bilan ularning qiymatini to’lash sanasi orasida vaqt oraliYoi vujudga kelsa, 5110 - schyotining o’rniga 6830-«Тo’lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan daromad ularni sotib olish narxi bilan sotish narxi orasidagi farqdan iborat. Bu farqi kapital bo’yicha amalga oshirilgan foyda 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Ҳisoblangan foizlar esa daromad sifatida bu daromadni vujudga kelish paytida, ya’ni foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida aks ettiriladi. 9220- schyotining kreditidagi summa 9320- schyoti orqali 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining kreditiga o’tkaziladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida bank faoliyatining turlari
Qimmatli qog‘ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari Rossiya Federatsiyasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida aks ettirilgan. Rossiya banklarining bank operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi litsenziyasi banklarga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni quyidagi turlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi:
  • to‘lov hujjati (veksel, chek) funksiyasini bajarish;


  • pul mablag‘larini jamg‘arma va bank schyotlariga jalb qilish (depozit va jamg‘arma sertifikatlari)ni muljallamoq.


O‘zbekiston banklari Markaziy bankdan olingan bosh litsenziyaga muvofiq, fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.


Bank maxsus litsenziya asosida federal qonunlarga muvofiq ravishda qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish huquqiga ega. Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini tashkil qilishi uchun litsenziyani qo‘lga kiritish uchun o‘z shtatida har bir operatsiya turi bo‘yicha (kamida) bitta FKSB tomonidan berilgan kvalifikatsiya attestatiga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir.


Download 71,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish