3. Korporativ moliyaning moliyalashtirish manbalari.
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi.
Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi.
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin.
Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
5Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi olinishi;
- mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab qolinishi;
- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi.
Oʻz navbatida, mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning murakkabligini, shuningdek, korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (bozor kon’yukturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx oʻzgarishi va boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi kabilarni keltirish mumkin.
Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda oʻz-oʻzini moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi.
Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks ettirib korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz ixtiyorida qoladi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori koʻp jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuningdek, tanlangan hisoblash usuliga bogʻliq.
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi.
Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy vositalardan foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda hisoblash va bu oʻz navbatida, qoʻshimcha aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida qoldirish imkonini beradi.
Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz moliyaviy resurslarini shakllantirish mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.
Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (self financing – SF) qobiliyatini baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini prognozlash quyidagi formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin:
SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda: EBIT – foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda;
I – qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari);
T – foyda soligʻi stavkasi;
DA – amortizatsiya;
DIV – mulkdorlarga dividend toʻlovlari.
Yuqoridagi formuladan koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida amalga oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi.
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion67 loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi.
Korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz mablagʻlarini shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq.
MChJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav kapitaliga oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak. Agarda MChJ faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.
Naqd pul yoki naqd pulda ma’lum bir bahosiga ega boʻlgan boshqa molmulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qoʻshiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgandan soʻng ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- jamiyatning mol-mulki hisobiga;
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan holda korxona ixtiyorida qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.
Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak.Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator tarmoq korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy kapital miqdoridan sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini jalb qilish va undan samarali foydalanishni boshqarish korporativ moliyani boshqarishning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga erishishni ta’minlashga yoʻnaltiriladi. Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy majburiyatlar miqdori bilan tavsiflanadi.
Bunday majburiyatlarni quyidagicha tabaqalashtirish mumkin:
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz kapitalining barcha shakllarini kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank kreditlari va boshqa uzoq muddatli qarz mablagʻlari (moliyaviy lizing, soliq krediti boʻyicha qarzdorlik, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam boʻyicha qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi.
2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda foydalanish uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday majburiyatlarning asosiy shakllari sifatida qisqa muddatli bank kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari (muomalaga chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha taqdim etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni keltirish mumkin. Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha korxonani rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb qilishga talab yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi manbalardan yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, jismoniy shaxslardan. - jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq).
- jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit), asosiy vosita (uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida (tijorat krediti) va boshqa moddiy va nomoddiy shakllarda.
Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-shubhasiz majburiyat va olingan qarz mablagʻini belgilangan muddatda qaytarish, shuningdek,
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari yetarli darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada qoʻllaniladigan keng tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib oʻtamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |