KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotning hamma tomonlarini, ayniqsa, iqtisodiyotni isloh qilishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatda iqtisodiyotni bozor yo’nalishida o’zgartirish, qayta qurish sohasida tamomila yangi yondashuvlar ishlab chiqildi va uning eng muhim xususiyati islohotlarning har bir bosqichida asosiy maqsadlar va ustuvor yo’nalishlar puxta belgilab olindi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya tizimida korporativ moliya muhim o’rin egallaydi. Korporativ moliyaning samarali tashkil etilishi bevosita davlat moliyasi samaradorligini oshiradi. Shuningdek, mamlakat YaIMning asosiy qismini ham korporativ moliya sub’ektlari hissasiga to’g’ri keladi. Shuning uchun bugungi kunda korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, korporativ moliyaning o’ziga xos xususiyatlari, korporativ moliyaning tarkibiy tuzilishi, korporativ moliyani samarali tashkil etish yo’llari, korporativ moliyada moliyaviy resurslar shakllanishi va ularning taqsimlanishi kabi kabi masalalar dolzarb hisoblanadi.
Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi. Moliyaning aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korxonalar daromadlari oʻz -oʻzini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yoʻnalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy boʻgʻini sifatida yuzaga chiqishini koʻrishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim boʻladi. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Buning uchun esa tayyorlanayotgan iqtisodchi mutaxassislarning korporativ moliya boʻyic ha bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlishlari talab etiladi.
Ma'lum bo'lishicha, korporativ moliya - bu tashkilot mablag'lari, uning oqimlari, kapital, daromadlari va mablag'lari bilan bog'liq bo'lgan pul munosabatlari to'plamidir. Moliyaviy korporatsiyalar o'zlarining iqtisodiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari tizimi va kapital, daromad va pul mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”1 tasdiqlandi. Unga ko’ra 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limtizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish, korporativ moliyaviy munosabatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariham qo’yildi.Yuqorida keltirilgan fikrlarimiz kurs ishimizning dolzarbliligini belgilab beradi.
− korporativ moliyaning iqtisodiy mazmuni va ishlatilishini o’rganish;
− korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli bilan tanishish;
− moliyaviy bozorda korporatsiyalarni o’rganish;
− kapital bahosi va uning tarkibini ochib berish;
− xususiy kapitalni boshqarish ko’rib o’tish;
− qarz mablag’larini boshqarishni o’rganish;
− asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarni moliyalashtirish bilan
tanishish;
− korporativ boshqaruv tizimini va asosiy nazariyalarini o’rganish;
− kompaniyalarni boshqarish faoliyati tamoyillarini ko’rib o’tish;
− korporativ nizolarni echish va ularning huquqiy me’yoriy ko’nikmalarini
hosil etishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |