Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.Kurs ishining tarkibiy jihatdan kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ish matni 40 betdan iborat bo’lib, 3 ta jadvalni o’z ichiga olgan.
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi.
Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. 2Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablagʻlarining sub’ektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi. Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin:
- ta’sischilar oʻrtasida;
- alohida korxonalar oʻrtasida;
- korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida;
- korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida;
- korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-sanoat guruhlari tarkibidagi biznes sub’ektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes sub’ektlari oʻrtasida;
- korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida;
- korxonalar va bank tizimi oʻrtasida;
- korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida;
- korxonalar va fond birjalari oʻrtasida;
- korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi; sub’ektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisobkitoblarni amalga oshiradi.Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular quyidagilar:
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish;
- oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
- aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga ajratish;
- moliyaviy zaxiralar tashkil etish.
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish prinsipi mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishda korxonalarga toʻliq mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash boʻyicha tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda tutilgan tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi korxonani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli korxona xususiy kapitalining minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini oʻz manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar toʻlaydi. Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishni talab qiladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi.
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish imkonini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
- joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish;
- kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash;
- asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;
- tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari oʻzaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy nazoratga olinishi lozim boʻladi.
Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni shakllantirishning qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin. Mavsumiylik xususiyatiga ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport, aloqa) aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari tarkibida oʻz aylanma mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi.
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida oʻz majburiyatlarini bajarmaslik natijasida moddiy javobgarlikning oʻsib borishi, bozor konyukturasining mumkin boʻlgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy zaxiralar qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi. Boshqa xoʻjalik sub’ektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining ustavida nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav kapitalining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. MChJ zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Amaliyotda mazkur prinsiplarga rioya qilishni ta’minlash korporativ moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
- faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport yoki import);
- tarmoq xususiyatlari;
- tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.
Keltirilgan prinsiplarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi, toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.
Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab borishga ham imkon beradi.
Korporativ3 moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.
Korporativ moliya - bu moliya tizimining nisbatan mustaqil sohasi bo'lib, u kapitalni, daromadlarni, mablag'larni tashkilotlar mablag'larini muomalasi jarayonida shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog'liq va turli xil pul oqimlari shaklida ifodalangan pul munosabatlarining keng doirasini qamrab oladi. Aynan shu sohada xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy resurslarining asosiy qismi shakllanadi, ular jamiyatning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Korporativ moliyaning mazmunini, avvalambor, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida barcha daromadlar va pul mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanishni hisobga olgan holda tushunish mumkin. Qayta ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy munosabatlar sub'ektlarining barcha daromadlari birlamchi daromadlar qayta taqsimlangandan so'ng olingan birlamchi va ikkilamchi bo'linadi. Daromad hosil bo'ladi:
tashkilotlar uchun - ularning tasarrufida qolgan foyda va amortizatsiya to'lovlari shaklida (sof pul oqimi);
xodimlar - soliqlar va majburiy to'lovlardan keyin qolgan ish haqi shaklida;
davlat korxonalarning byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga qayta taqsimlangan daromadlari shaklida;
uy xo'jaliklari - sof ish haqi, aktsiyadorlar va ishtirokchilarga sof foydadan to'lovlar, "davlat xizmatchilari" ga ish haqi, byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlardan to'lovlar shaklida.
Tashkilot darajasida taqsimotning moliyaviy tomonini tahlil qilaylik. Sotilgan mahsulot tannarxiga kiritilgan o'zgaruvchan va doimiy xarajatlarni olib tashlagan holda QQS va aktsiz solig'ini olib tashlagan holda tovarlarni, xizmatlarni sotishdan tushadigan tushumlar (sotishdan tushadigan daromadlar) yalpi foydaning asosiy elementi bo'lgan mahsulotni sotishdan olinadigan foydani aks ettiradi. Undan sotish va ma'muriy xarajatlarni olib tashlasangiz, sotishdan foyda olasiz. Uni boshqa daromadlar va xarajatlar bo'yicha tuzatgandan so'ng, soliq to'lashdan oldin foyda olinadi. Undan daromad solig'ini to'lab, biz sof foyda olamiz.
Ma'muriy-ma'muriy iqtisodiyotda YaIM va milliy daromadni taqsimlash davlat tomonidan qat'iy tartibga solingan. Bu allaqachon YaIMni birinchi darajali taqsimlash bosqichida bo'lgan korxonalarning moliyaviy munosabatlarining keng doirasiga olib keldi va shu bilan ularning mablag'larini so'zsiz davlat moliyasining umumiy tizimiga kiritish imkoniyatini yaratdi (korxonalarning 90% davlatga tegishli edi). Rossiyada zamonaviy sharoitlarda tashkilotlar faoliyatini tartibga solish ancha kam. Demak, YaIM qiymatini ma'lum bir tashkilot tarkibida yaratish va taqsimlashda davlat bugungi kunda quyidagilarni tartibga soladi:
soliq solinadigan bazani kamaytiradigan ajratmalar tarkibi;
soliq solinadigan foydani (sayohat, o'yin-kulgi, reklama xarajatlari, qarz mablag'lari bo'yicha foiz xarajatlari) hisoblash uchun ma'lum soliq imtiyozlari miqdori:
ijtimoiy fondlarga ajratmalar stavkalari; soliq solinadigan foydani hisoblash uchun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya ajratmalaridan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlaridan foydalanish usullari;
soliq solish ob'ektlari va stavkalari;
tashkilotning majburiyatlarini balansdan chiqarish muddati va tartibi;
soliq solinadigan foydani hisoblashda hisobga olingan operatsion bo'lmagan xarajatlar tarkibi.
Tashkilotlarning moliyaviy munosabatlarining muhim qismi fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi: har xil tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlar uchun ustav va zaxira kapitalini shakllantirish miqdori va tartibi, aktsiyalarni joylashtirish va sotib olish tartibi, tashkilotlarni tugatish va birlashtirish tartibi, joriy hisobvarag'idan mablag'larni hisobdan chiqarish ustuvorligi tartibi, bankrotlik protseduralari. Shuni ta'kidlash kerakki, ma'lum bir pul daromadlari va mablag'lari tashkilotda YaIMni yaratish va taqsimlash bosqichida (shartli ravishda tashkilotga nisbatan) shakllanadi. Shunday qilib, mahsulot sotishdan tushadigan mablag'larning bir qismi moddiy xarajatlarni qoplash va mehnatga haq to'lashga yo'naltirilishi kerak, ammo allaqachon olingan mablag'lar hisobiga tashkilot asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya ajratmalari shaklida pul mablag'larini (mablag'larini) to'playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |