Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Veterinariya farmatsevtikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qarzdor talabaning GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumot
- 1 kredit uchun bazaviy stipendiyadan kelib chiqqan to‘lov summasi 96 189 so‘m.
- Talaba 5 kredit qarzdor, to‘lov summasi 480 945 so‘m.
(2-jadval)
Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qarzdor talabaning GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumot
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati (kurs ishi)
Malakaviy amaliyot
K1
U1
K2
U2
K3
U3
K4
U4
K5
U5
K6
U6
K7
U7
K8
U8
1.
Ashirov Dayanch Charigeldi o‘g‘li
105
6
0
5
4
3
3
2
5
5
3
4
3
1
3
4
3
2,7
K – har bir fan krediti
U – fandan olgan bahosi
- 1 kredit uchun bazaviy stipendiyadan kelib chiqqan to‘lov summasi 96 189 so‘m.
- Talaba 6 kredit qarzdor, to‘lov summasi 577 134 so‘m.
(3-jadval)
Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qarzdor talabaning GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumot
T/r
F.I.Sh.
Guruh
Fanlar nomi
GPA hisoblash
GPA
Analitik, fizkolloid va hayvonlar biokimyosi
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati
Hayvonlar anatomiyasi
Xorijiy til
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi
O‘zbek (rus) tili
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati (kurs ishi)
Malakaviy amaliyot
K1
U1
K2
U2
K3
U3
K4
U4
K5
U5
K6
U6
K7
U7
K8
U8
1.
Rustamov Baxtiyor Suvonqul o‘g‘li
105
6
0
5
3
3
3
2
4
5
0
4
3
1
4
4
3
2,0
K – har bir fan krediti
U – fandan olgan bahosi
- 1 kredit uchun bazaviy stipendiyadan kelib chiqqan to‘lov summasi 96 189 so‘m.
- Talaba 11 kredit qarzdor, to‘lov summasi 1 058 079 so‘m.
Qarzdor fanlar bo‘yicha uchinchi semestrda qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun to‘lov mexanizmi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
2.2. Yozgi semestrni o‘tkazish muammolari va yechimlari Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida tegishli fanlardan kreditlarni to‘play olmagan talabalar akademik qarzlarini topshirish uchun ariza bilan yozgi semestr boshlanishidan kamida 10 kun oldin murojat qilishlari kerak. Uchinchi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:
Talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasasi o‘quv-metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga o‘zining yozgi semestrda o‘qishi istagini bildiradi. Bunda o‘quv-metodik bo‘lim tamonidan talabalar arizalari o‘rganib chiqilib, fanlar va talabalar ro‘yxati tuziladi. Fanlar bo‘yicha talabalar soni aniqlangandan so‘ng oliy ta’lim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga kiritiladi. Yozgi semestrni tashkil qilishda bir fan uchun tashkil qilingan guruhda talabalar soni yetarlicha bo‘lishi ya’ni 8 nafar va undan ko‘p bo‘lsa gurux tashkil qilinib, dars jarayoni tashkillashtiriladi. Agar talabalar soni bir fan uchun gurux tashkil qilish uchun yetarli bo‘lmasa, kelib tushgan arizalariga asosan kafedraga biriktirilib suxbat asosida darslar tashki qilinib qayta imtixon olish maqsadga muofiq bo‘ladi. Uchinchi semestrni tashkil qilishda kuzgi hamda bahorgi semester natijalari bo‘yicha talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatgichi GPA Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Kengashi qaroriga asosan talabaning GPA o‘tish ballari ko‘rsatkichi hisoblanadi hamda talabalar 2,6 balni yig‘a olsa kursdan kursga o‘tkaziladi. Biroq kuzgi hamda bahargi semestrda talaba fanlardan qarzdorligi 3 va undan ko‘p bo‘lib o‘zlashtirgan fanlarining baholari past (3) bo‘lib qolsa uning GPA ko‘rsatgichi 2,6 dan past bo‘lib qolib talaba kursda qolish holatlari kuzatildi. Shuni inobatga olib har bir semestr tugaganidan keyin 2 haftalik muddatda talabalarga qarzdor bo‘lgan fanlaridan tegishli kriditlarni yig‘ish uchun imkoniyat berilsa talabaning qarzdor fanlarining soni ko‘paymasdan o‘ziga taluqli kreditni yig‘adi va natijada kursda qolmasdan o‘qishini davom ettiradi.
Kredit modul tizimida uchinchi semestrni tashkil qilishda kuzgi hamda bahorgi semester natijalari bo‘yicha talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatgichiga binoan ikkita semestr yakunlari bo‘yicha akademik qarzdor talabalar soni ko‘pligi, uchinchi semestrni tashkil qilishda bir muncha muammolarni keltirib chiqarmoqda, o‘quv yili tugashi bilan fan o‘qituvchilarining mehnat ta’tiliga chiqishi uchinchi semestrga to‘g‘ri kelishi sababli professor-o‘qituvchilarning yetishmasligi holatlari kuzatilmoqda. Shu boisdan talabalardan tushgan arizalarga asosan, kuzgi semestr yakunlangandan so‘ng keyingi semestrga o‘tishdan oldin beriladigan ta’til muddatida talabalarni qayta baholash ishlari olib borilsa, talabaning fandan uzoqlashmagan holda qayta o‘zlashtirishi, vaqt jihatdan hamda moliyaviy jihatdan samaraga erishilishi mumkin.
Kredit modul tizimida fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarni GPA ko‘rsatgichini hisoblashda ba’zi talabalar yakuniy baxolashga kirib qoniqarsiz baxo oladi, ba’zi talabalar esa yakuniy baxolashga, oraliq va joriy baxolarni vaqtida olmaganligi, qoldirilgan darslarni o‘z vaqtida qayta ishlab o‘lashtirmaganligi sababli yakuniy baxolash imtixonlariga kiritilmaydi va fanni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Ikkala holatda ham talabalar qoniqarsiz baho olib shu fandan belgilangam kriditni yig‘a olmagan ya’ni qarzdor hisoblanadi. Ammo yakuniy nazoratga kirib qoniqarsiz baxo olgan talaba fanni 50% ni o‘zlashtirgan va faqat yakuniy nazoratdan yiqilgan, ikkinchi holatdagi talaba esa yakuniy baxolashga kiritilmagan va fanni o‘zlashtirmagan shunday hollarda yakuniy baxolashga kirib qoniqarsiz baxo olgan talaba fanga belgilangan kridit summasining 50% ni to‘lashini, yakuniyga kiritilmagan talaba esa belgilanga kredit summasini to‘liq 100% to‘lasa maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi. Akademik qarzdor talabalarni kreditlarni qayta o‘zlashtirish uchun tashkil qilingan yakuniy baxolash imtihonlariga fakultet doirasida tuzilgan komissiya ishtirokida nazoratga olinib yakuniy baxolashni o‘tkazish maqsadga muofiq deb hisoblayman.
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga soatbay asosida ish haqi to‘lanadi. Professor-o‘qituvchilar yuklamasida fan kreditlarini inobatga olgan holda ish xaqqi to‘lanishini taklif qilamiz.
Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.14