«Himoyaga ruxsat etilsin» Pedagogika fakulteti dekani J. E. Usarov


ІІ – Bob. Xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar



Download 98,71 Kb.
bet6/9
Sana19.04.2022
Hajmi98,71 Kb.
#564376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzibekova Xusnoraning

ІІ – Bob. Xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar
II.1. O’quvchilarni tarbiyalashda rivoyat va hadislardan foydalanish
Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manbabo‘lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiyko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan, biror ishqilib ko‘rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ko‘rib turib, uni man etmaganbo‘lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yokiko‘rsatmalar hadis deb yuritiladi.
Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilanbirgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat,halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo‘lish targ‘ib qilingan. Razolat, kibr-u havo,adovat, hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrattuyg‘ulari ifodalangan.Vaqt o‘tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g‘oyaviy kurashlarnatijasida soxta hadislar ham paydo bo‘la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilanshug‘ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qaytako‘rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar.
Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ‘ibotchilari vamualliflari paydo bo‘la boshladi.Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqanmuhaddislar ulkan hissa qo‘shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibnAbd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o‘z umrlarini hadis to‘plash va ularnio‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlaganlar.Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o‘rinda turadi. Uningyozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Al-jome’ assahih» nomi bilan ham mashhur)asaridir. Imom Buxoriygacha o‘tgan muhaddislarhadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlaribilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g‘ayrisahih (ishonarsiz) qismlargaajratmas edilar.
Birinchi bo‘lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan.Hadislar tuzilishiga ko‘ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan - hadisningmazmuni (matni) va uning sanadidan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyatqilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati hadisning musnadi deyiladi.Muhammad payg‘ambardan so‘ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o‘tgan vaqtichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilishbo‘lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqorimalakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat,bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faхrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashikerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardanbiridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir.
Agar o‘qituvchi ijodkorva izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchining bilim darajasi ham baland bo‘ladi.O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’limmazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Pedagog xodimlar o‘zlarini kasb ko‘nikmalarimuallimlik va tarbiyachilik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, debta’kidlanadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda. O‘qituvchi kasbining nozikligi,mas‘uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to‘g‘risida mulohazalar,muallimning mahorati, ularga qo‘yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomala madaniyati Sharq mutafakkirlariningasarlarida o‘z ifodasini topgan. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati mingyillik tarixga ega.
Sharq ma’naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsaUyg‘onish davrida juda rivojlangan bo‘lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu NasrFarobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab mutafakkirlarning ijodlaripedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy-axloqiykamolotida muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi.Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (873-950)muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlarito‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, «o‘qituvchi - aql-farosatga,chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la vaaniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi,adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga egabo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi.
Farobiy o‘qituvchi shaxsigaxos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishganbuyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratlimulohazalar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn Sino(980-1037) ning fikricha, «...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo‘y va bolatarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim.O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aqlqatlamlariga kira olmog‘i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko‘ra tarbiyachidastlab bolalarni yaxshi ko‘rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo‘lishishart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o‘z vaqtida rag‘batlantirish, gohida maqtabqo‘yish, aksincha bo‘lganda esa, unga tanbeh berishi kerak. Lekin, deydi Ibn Sino,tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo‘lmasligi lozim, o‘quvchiga murosasozlikqilish esa bolaning o‘zboshimcha bo‘lib qolishiga olib boradi, - deydi
Ibn Sino.Nasriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» degan asaridashunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigandarajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esamutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi dozim... O‘qituvchi nutqihech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol va qattiq bo‘lishi mumkin emas.Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».O‘qituvchi va uning mahorati to‘g‘risida nazm mulkining sultoni A.Navoiy,A.Jomiy va boshqalarning asarlarida o‘qituvchi qobiliyati, shaxsiy fazilatlari, uningnutqi, notiqlik san‘ati, madaniyati haqida qimmatli, durdona fikrlari mavjud.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida bola dunyoqarashining - kamoltopishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o‘zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishikerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi,degan fikrni bildiradi.Ustoz, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon, - debhitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida. O‘zbek adabiyotining dahosi AlisherNavoiy o‘z asarlari va ilmiy qarashlarida o‘qituvchilik qobiliyati va uning obro‘si,odobi yuzasidan ibratomuz mulohazalar yuritadi. Alloma fikricha o‘qituvchifaoliyatini ijodiy yondashuvsiz tasavvur qila olmaydi. U doimo o‘z ustida mukammalishlashi, tajriba oshirib borishi zarur deydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob,axloq, ziyraklak, irodaviy kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o‘rinni egallaydi.O‘qituvchining har jihatdan ibrat va namuna bo‘lishlari ta’lim va tarbiya garoviekanligiga ishora qilgan. O‘qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyatito‘g‘risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg‘u Bilig» kabibuyuk asarlarda ham bayon etib berilgan.
Chunki bu asarlarning barchasiodobnomaning xuddi o‘zginasi bo‘lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o‘zigaxos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.XVIII-XIX asrda Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyukma’rifatparvar o‘qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta’lim tizimi, o‘qitishnitakomillashtirib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, bo‘lg‘usi o‘qituvchini tayyorlashmuammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish,o‘qish va o‘qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o‘qituvchiningeng muhim sifatlaridan biridir,-deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, O‘rta Osiyomutafakkirlari va o‘zbek ma’rifatparvarlari o‘qituvchi kuchli xotiraga, iroda vatafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadni amalgaoshirish yo‘lida jonbozlik, qatiyatlilik ko‘rsatishi, o‘quvchilarning ruhiy dunyosigato‘g‘ri yo‘l topa olishi, ularga ta’sir o‘tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli,ishchan, mas‘ul shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarur ekanligini o‘z asarlaridata’kidlab o‘tadilar.
Hozirgi davrda mamlakatimizda pedagogik faoliyatning rivojlanishida jahonmutafakkir-olimlarining pedagogik qarashlari va ta’limotlari ijobiy ahamiyatga egadir.Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortibbormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi-sinfdagi o‘quvjarayoni tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablariquyidagilardir:- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onishmafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi;- bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatanitabiatiga va oilasiga bo‘lgan muhabbati; - keng bilimga ega bo‘lish, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;- yosh pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidanchuqur bilimlarga ega bo‘lishi;- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi sohasibo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;-ta’lim-tarbiya metodikasini egallashi;- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;- pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari va pedagogiktaktga ega bo‘lishi;- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabitalablarga to‘la javob bera olishga intilishi lozim va shart.
Ushbu vazifa va maqsadlarni ijobiy hal etishi natijasida o‘qituvchi faoliyatiningmuvaffaqiyati avvalo u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridaumumiy didaktik printsiplarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq.Ma’ulumki, o‘qituvchi faoliyati ta’lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi,chunki u o‘qitadi, ta’lim beradi Shunga asosan o‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘riyondoshishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularningo‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim.

Download 98,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish