«Himoyaga ruxsat etilsin» Pedagogika fakulteti dekani J. E. Usarov


I.2. Hadis va rivoyatlarning ta’lim bilan bog’liqligi



Download 98,71 Kb.
bet5/9
Sana19.04.2022
Hajmi98,71 Kb.
#564376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzibekova Xusnoraning

I.2. Hadis va rivoyatlarning ta’lim bilan bog’liqligi
Hadis arabcha so’z bo’lib, uning bir qator ma’nolari bor: 1) yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea;2) so’z, hikoya, naql, rivoyat;3) Muhammad payg’ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat. Shulardan kelib chiqib hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko’rsatiladi: 1. Muhammad payg’ambar aytgan gaplar. 2. Uning o’zi qilib ko’rsatgan ishlar. 3. Payg’ambarimiz tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani. Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi «yo’l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma’noda esa Muhammad payg’ambardan qolgan urf-odatlarga aytiladi.Ularni bajarish vojibdir.
Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma’no qamrovi, izohi o’z aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson manaviyati bilan bog’liq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan-Muhammad payg’ambar zamonidanoq alohida ahamiyat berishganHadis 2 qismdan iborat bo’ladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (ma’nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan bo’lgan hadislar) va hadisi nabaviyga bo’linadi. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan 3 qismga bo’linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. Qur’onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (s.a.v.) o’z hadislarini aytardi.
Bu hadislarni payg’ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Ma’lumki, tarixan g’oyatda qisqa muddatda nozil bo’lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan bo’lganligidan Payg’ambarimiz hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqinetadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni ko’pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi. Payg’ambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko’zgu vazifasini ham o’taydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo’lida ko’rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni o’z ichiga oladi.
Mana shularga binoan oldin o’tgan hech bir payg’ambarlar va ulug’larga ko’rsatilmagan alohida bir e’tibor bilan ilm ahllari hadislarni to’plashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shug’ullanish eng aziz va sevimli mashg’ulot hisoblanib, ularni to’plash uchun olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qo’ri bilan kirishganlarini alohida ta’kidlash zarur. Payg’ambar hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat bo’lmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Payg’ambarning o’zlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimkibiror narsa yozgan bo’lsa, o’chirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos.Buning hech zarari yo’q», deb uqdirganlar avvaliga Payg’ambar alayhissalomning o’zlari. So’ngra Payg’ambarning o’zlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga iznqilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Payg’ambar vafotidan so’ng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi.Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to’play boshladilar.Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi.Undan keyin birin-ketin hadis to’plamlari tasnif etila boshladi.
Lekin bu to’plamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo’lib, ularda payg’ambar hadislari bilan sahobalar va tobe’inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, umaviy xalifasi Umar ibn Abdulaziz davrida (717 — 720) muhaddis olim Muhammad ibn SHihob az-Zuqriy (670-721) tadvin, ya’ni hadislarni qayd etishni boshlab bergan. Hadislarni yozib borish, hadis to‘plamlarini tuzish rasmiy ravishda mazkur xalifa tomonidan buyruq berilganidan so‘ng keng tus olgan va an’ana tarzida odat tusiga kirgan. Payg’ambar vafot etganlaridan so’ng ma’lum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi. Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yo’l-yo’riqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan bo’lsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida o’z o’g’illariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. “Tobe’inlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qo’llab-quvvatlagan tobe’iynlar esa aksariyatni tashkil etardi.
Ushbu davrda, ya’ni sahobalar va tobe’iynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham og’zaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi”Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir to’plamga yig’ish, demakdir.Dastavval hadislarni to’plam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida bo’lgan, lekin o’z maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini o’g’li Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (to’g’ri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yo’q bo’lib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan o’tib ketishlaridan Abdullaev B. Ilk hadis to‘plamlari haqida ma'lumotlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. xavotirdaman», deb yozgan edi.
Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor ediHadislarni kitobat qilish tarixi, shartli ravshsda, to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan, deb aytish mumkin. Birinchi bosqichda, odamlar (bu erda sahobalar nazarda tutilmokda) hadislarni tartibsiz holda qo‘chirib yozganlar. Bunda hadislar boblarga yoki mavzularga ajratilmasdan, to‘g‘ri kelgan hadis yozib olinavergan.
Ikkinchi bosqichda ayrim shaxslar (bu erda ham sahobalar nazarda tutilmokda), o‘zlari yod olgan hadislarni muayyan to‘plam shakliga keltirganlar. Bu to‘plamlar "sahifa" deb atalgan.Uchinchi bosqichda hadisi shariflar katta hajmli kitoblarga jamlangan. Lekin bu bosqichda ham hali hadisi shariflar mavzularga ajratilib, bob-bob qilinmagan edi. To‘rtinchi bosqichda xadisi shariflar mavzularga ajratilib, alohida kitob holiga keltirilgan. Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalar davrida hadislarniavvalgi ikki turda to‘plash uslubi keng tarqalgan edi.
Ayrim tadqiqotchilar Payg‘ambar (s.a.v.) davridan e’tiboran Umar ibn Abdulaziz davrigacha hadislar to‘planganini inkor qiladilar. Ular quyidagi uchta omilni bunga sabab qilib ko‘rsatadilar: sahobalar va tobeinlar hamda bu davrda yashaganlarning ko‘pchiligi yozishni bilmaganlar, ularning zehnlari shu darajada kuchli bo‘lganki, hadislarni yozishga ehtiyoj tug‘ilmagan va nihoyat uchinchisi, hadislarni yozib olish ma’qullanmagan (odamlar bu ishdan qaytarilganlar). Bu fikrlardan avvalgi ikkitasiga qo‘shilish qiyin, chunki, ko‘pchilik yozishni bilmagani yoki xotiraning kuchliligi hadislarni yozishdan to‘xtata olmaydi. Zotan, yozishni biladigan mashhur sahoba va olim tobeinlar hadis majmualarini tuzishi mumkinligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Odamlarning hadislarni yozishdan qaytarilganiga muhaddislardan Muslim ibn al-Hajjoj (821 —875) rivoyat qilgan quyidagi bu hadisni dalil qilib keltiradilar: "Mendan hadis yozib olmanglar. Kimki mendan Qur’ondan boshqani yozsa, uni o‘chirib tashlasin!". Muqaddislar tomonidan keltirilgan mazkur hadis sahihdir. Umuman, hadislarni yozishni yoqtirmagan sahobalar faqat uch nafar bo‘lib, ular Abu Hurayra (602 - 679), Abu Said al-Xudriy (609 - 693) va Zayd ibn Sobit (615 — 665) bo‘lgan, xolos. Ular ham hayotlarining oxirlarida hadislarni yozib borishni ma’qullaganlar. Haqiqatan xam, islomning ilk davrlarida odamlar hadislarni yozishdan qaytarilganlar. Hadisni yozuvchilar ozchilikni tashkil qilar, ular ham har xil narsalarga hamma kerakli hadislarni bir joyga yozib qo‘yardilar.
U vaqtda xurmo barglari, sopollar, daraxt po‘stloqlari va boshqa narsalarga yozilardi. Ikkinchidan, hali u davrda Qur’oni karimning o‘ziga xos uslubini, uning matnini sahobalar ajratib ololmagan edilar. Agar hadislar ham yozib olinsa, Qur’on bilan aralashib ketish xavfi bor edi, Ushbu xatarning oldini olish maqsadida Payg‘ambar (s.a.v.) xadislarni yozib olishni man qilganlar. Keyinchalik, Qur’onning uslubi va matni aniq bo‘lganidan so‘ng hadisi shariflarni ham yozib olishga ijozat berilgan. Sahobalar orasida Abdulloh ibn Amr ibn al-Oss (616 — 684) hadislarni yozib olishi bilan shuqrat qozongan edi. Uning o‘zi bu haqda shunday rivoyat qilgan: "Men Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitgan har bir narsani, saqlab qolish maqsadida, yozib olar edim. Qurayshliklar: "Eshitgan har bir narsani yozib olaverasanmi?! Axir, inson g‘azablanishi, rozi bo‘lishi mumkin",— deb meni bundan qaytardilar. Men yozishdan to‘xtab qoldim. So‘ng bu haqda Payg‘ambarga (s.a.v.) gapirib berdim. Ul zot barmoqlari bilan og‘izlariga ishora qildilar va "YOzaver, nafsim qo‘lida bo‘lgan zot — Allohga qasamki, bu og‘izdan faqatgina haqiqat yuzaga chiqadi", dedilar. Yana Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossning (r.a.) bunday rivoyat qilgani muqaddislar tomonidan keltirilgan: Payg‘ambar (s.a.v.): "Ilmni bog‘langlar!" —dedilar. Men undan: "Uning bog‘lami nima?" — debso‘radim. Ul zot dedilar: "Uni yozib olishdir", — dedilar. Muqaddislarning aytishlaricha, boshqa sahobalar ham xuddi shunday nasihat qilganlar.Abu Iso at-Termiziy (825 — 892) ham "Ilm kitobi "da hadislarni yozib olishga ruxsat berilganiga alohida bob ajratgan. Unda Abu Hurayradan (r.a.) bir hadis rivoyat qilingan: bir ansoriy Payg‘ambar (s.a.v.)ning oldilarida o‘tirar edi. U Payg‘ambardan (s.a.v.) ajoyib hadislarni eshitib, juda taajjubga tushardi. Lekin ularni yodlab ololmasdi. SHunda u Payg‘ambarga (s.a.v.) bu borada shikoyat qiladi: "Men sizdan ajoyib hadis eshitdim.
Lekin yodlab ololmay qoldim" — deydi. SHunda Payg‘ambar (s.a.v) unga: "Ung qo‘lingni yordamga chaqir!", deb o‘ng qo‘l bilan hadisni yozib olishga ishora qilgan ekanlar. Muhaddislar Abu Hurayradan (r.a.) mavzuga doir yana bir rivoyatni yozib qoldirganlar: Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qildilar va uning orasida bir qissani gapirib o‘tdilar. Abu Shoh (r.a.): "Ey Rasululloh, buni menga yozib bering!" — dedi. Shunda, Payg‘ambar (s.a.v.) huzuridagilarga yuzlanib: Abu SHoh uchun yozib beringlar!" — dedilar. Yuqoridagi hadislardan ayon bo‘lishicha, keyinchalik hadislarni yozishga ijozat berilgan.
Demak, Payg‘ambar (a.s.) davridayoq hadislarning yozib olinishi sodir bo‘lgan. Shuning uchun ham hadisshunos olim Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (1233-1277): "Aslida, islom boshlanishida ham, keng yoyilganidan keyin ham hadislarni yozishdan qaytarilgan emas. Hadislarni yozishga mutlaq ijozat bo‘lganedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yozishdan qaytarganlari haqida keltirilgan hadisning ta’vili bor. Ayrim sahobalar Qur’onni kitobat qilar ekanlar, ba’zi oyatlar va kalimalarning tafsiri ma’nosida ularning yoniga yoki tagiga Payg‘ambarning (s.a.v.) bu borada aytgan gaplarini ham yozib qo‘yardilar.
Aynan mana shu holat o‘ta xatarli edi. Chunki, bu holatda Qur’on bilan hadisning aralashib ketishi turgan gap edi. Shuning uchun ham Payg‘ambar (s.a.v.) mana shunday holatlardan qaytargan edilar. Ta’qiq esa, Qur’on bilan hadis alohida-alohida yozilsin, degan ma’noda edi". Navaviy aytgan gapning tasdig‘i sifatida Oisha (r.a.) o‘zining quliga Qur’on ko‘chirtirganini keltirish mumkin. U mazkur Mushafning quyidagi oyati kelgan joyda unga qo‘shimcha yozdirib qo‘ygan: Oisha (p.a.) oyatdagi "al-vusto" so‘zidan so‘ng "solat al-asr"ni yozdirib qo‘ygan ekan. U "al-vusto" so‘ziga izoh berib ketish uchun shuni yozdirib qo‘ygan. Ma’lumki, "salot al-asr" so‘zi Qur’onda keltirilmagan. Payg‘ambar (s.a.v.), mana shunday narsalardan qaytargan edilar.
Islomning ilk davrlarida Qur’on bilan sharhni farqlaydigan usullarni qo‘llash xali odat tusiga kirmagan edi. Hozirgi vaqtda biz oyatlarning tagiga yoki ustiga chizish, ularni boshqa rang bilan alohida yozish, izoh yoki tafsirni qavs bilan berish kabi bir qancha kitobat usullarini bilamiz. U vaqtlarda hali bunday alomatlar iste’molda qo‘llanmagan edi. Agar oyat bilan uning tafsiri birga yozilsa, ularni ajratib olish qiyin bo‘lardi.
SHuning uchun Payg‘ambar (s.a.v.) oyatga beriladigan tafsirlarni oyatlar bilan birga yozishdan qaytargan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) hamda sahoba va tobeinlar davrida, aniqrog‘i hadislarni yozib olishga rasmiy ravishda ruxsat berilgunga qadar ham bir necha hadis to‘plamlari va majmualari tuzilgan. Payg‘ambar (s.a.v.) davrida tuzilgan hadis to‘plamlaridan biri "Kitob as-sadaxr" nomi bilan tanilgan bo‘lib, undagi hadislarni Payg‘ambarning (a.s.) o‘zlari yozdirganlar.
Unda zakot, ushr, sadaqalar kabi moliyaviy mavzularga taalluqli masalalar bayon etilib, mavzuga oid hadislar keltirilgan. Bu mavzularsiyosiy ishlarga aloqador bo‘lgani bois, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari ana shunday to‘plamni atrofdagi voliylarga, ushr va zakot yig‘uvchilarning har biriga berish maqsadida yozdirganlar. Muqaddislarning aytishlaricha, yozib qo‘yilgan mazkur maktub shaklidagi hadis to‘plamining nusxalari jo‘natilishidan biroz avval Payg‘ambar (sa.v.) vafot qiladilar. Shundan so‘ng bu to‘plam xalifa Abu Bakr Siddiq (571 —634) oldida, undan so‘ng xalifa Umar al-Foruq (585 — 644) huzurida, so‘ng uning o‘g‘li Abdulloh ibn Umar (612 — 693) qo‘lida saqlanib qolgan. Undan esa hazrati Umarning (r.a.) nevarasi Solim ibn Abdullohning (vaf. 725 y.) qo‘liga kelib tushgan. Hadis rivoyatlarida eng sahih isnodlardan biri deb zikr qilinadigan az-Zuhriy Solim Abdulloh ibn Umar — Rasululloh (s.a.v.) silsilasi shu tariqa vujudga kelgan. Mazkur hadis to‘plami hazrati Umarga (r.a.) qiz tarafdan avlod hisoblangan xalifa Umar ibn Abdulazizga avloddan-avlodga o‘tib, etib kelgan. Ilk hadis to‘plamlaridan ikkinchisi sahoba Amr ibn Hazm (vaf. 673 y.) sahifasi hisoblanadi. Payg‘ambar (s.a.v.) Amr ibn Hazmni Najron tarafga elchi qilib jo‘natganlarida, unga ushbu sahifani berganlar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytganhadislarni Ubay ibn Ka’b (vaf. 642 y.) kotib sifatida yozib - olgan. Muhaddislarning rivoyatlarida naql etilishicha, ushbu to‘plamning hajmi ancha katta bo‘lib, unda, asosan, tahorat, namoz, zakot, haj kabi ibodatlar borasidagi hadislar keltirilgan. Mashxur hadisshunos, hadislarni rasmiy ravishda yozishni boshlab bergan Ibn Shihob az-Zuhriy mazkur to‘plamni o‘qib chiqqan va undagi qasos, xunpuli haqidagi hadislarni rivoyat qilgan.
Imom Buxoriy (810 — 870)ningrivoyat qilishicha, Amr ibn Hazmning (r.a.) nevarasi Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm (vaf. 737 y.) Madinada qozilik qilgan bo‘lib, xalifa Umar ibn Abdulaziz unga hadislarni to‘plab, bir majmua tuzishni buyurgan. U otasi tuzgan hadislar to‘plami va o‘zi rivoyat qilgan hadislar asosida yangi to‘plam tuzgan bo‘lishi kerak. Ushbu kitob Zuhriyning hadislar to‘plamidan keyin tuzilgan rasmiy ravishdagi ikkinchi to‘plam hisoblanadi.Sahobalar tomonidan tuzilgan, islomdagi ilk hadis to‘plami "as-Sahifat as-sodiqa" ("Ishonchli sahifa") deb nomlangan bo‘lib, uni Abdullah ibn Amr ibn al-Oss (r.a.) tuzgan. Aqmad ibn Hanbal (780 — 855) o‘zining "Musnad" asarida uning shu nomda hadis to‘plami tuzganini rivoyat qilgan. Bu sahobalar davridagi nisbatan hajmi eng kattasi bo‘lgan xadis to‘plami edi. Hozirgi vaqtda ushbu to‘plamdagi hadislarning umumiy sonini aniqlash mushkul, biroq, "Sahihi Buxoriy"da Abu Hurayra (r.a.)dan bir rivoyat keltirilgan. Jumladan, Kitob al-ilm" bobidagi mazkur hadisda shunday deyilgan: "Payg‘ambar (s.a.v.) ashoblaridan faqat Abdulloh ibn Amrdan o‘zga hech kim mendan ko‘ra ul zotdan ko‘prok, hadis aytuvchi yo‘q edi. U-esa (hadislarni) yozib olar, men esa yozmas edim".
Abu Hurayraning (r.a.) gapidan ma’lum, bo‘lmoqdaki, Abdulloh ibn Amr (r.a.) to‘plagan hadislar uning hadislaridan ko‘proq bo‘lgan. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadislar bizga ma’lum. Ularning umumiy soni 5364 ta yoki o‘nta farqi bilan 5374 tadir Bunga qo‘shimcha qilib aytish o‘rinliki, muqaddis Abu Dovud (817 — 889) ham Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning gapini zikr qilgan: "Men Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan har bir narsani yod olishni istaganim uchun yozib olar edim". Demak, Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning hadisi shariflarni yozib olgani aniq, Abu Hurayra (r.a.) esa uning o‘zidan ko‘ra ko‘proq hadis bilishini e’tirof qilgan. Demak, aslida Abdulloh ibn Amr (r.a.) to‘plagan hadislar 5374 tadan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan. "Asad ul-g‘oba fi ma’rifati-s-sahoba" ("Sahobalarni tanishda o‘rmon sheri") asarida uning minglab hadislarni yod bilgani qayd etilgan. Lekin hozirgi vaqtda mavjud hadis kitoblarida undan rivoyat qilingan xadislarning umumiy soni Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadislarning soniga qaraganda ancha kamroqdir. U rivoyat qilgan hadislarning umumiy soni 700 atrofidadir.
Buning sababi Abu Hurayra (r.a.) Madinada istiqomat qilgan. Madina ilm markazi bo‘lib, tolibi ilmlar to‘planadigan, islom olamiga ilm tarqatiladigan poytaxt edi. Binobarin, Abu Hurayra (r.a.) o‘zi bilgan hadislarni ko‘proq rivoyat qilish va ko‘proq shogird chiqarish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Abdulloh ibn Amr (r.a.) esa, Shomda, ya’ni islom markazidan ancha uzoqda istiqomat qilgan. SHu bois, unga murojaat qiluvchi shogirdlarning soni nisbatan kamroq bo‘lgan. SHuning uchun Abdullox ibn Amr (r.a.) rivoyat qilgan hadislar adad e’tiboridan Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadislardan oz bo‘lib qolgan.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyilIar»ida milliy g'oyaning bosh g‘oyasi «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush» sanalib, yetakchi g‘oyalaridan biri diniy bag‘rikenglikdir. Diniy bag'rikenglik barkamol shaxslarga daxldor fazilatlardan biri hisoblanadi, shu bois yoshlami dinlaming tarixi, ularning g‘oyalari bilantanishtirish orqali diniy qadriyatlarga munosabati s hakl I anti ri 1 ad i. Diniy qadriyatlar esa o‘z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, xalq pedagogi- kasining shakllanishi va rivojlanishida diniy qadriyatlar muayyan o‘rin egallaydi.Jumladan, islom dini insonlarni ezgulik va bunyodkorlikka da’vat etuvchi, yosh avlodni vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalovchi, mukammal axloqiy-ma’naviy qarashlar majmui bo‘lgan bitmas-tuganmas manbadir.Islom ta’limoti o‘tmishda yaratilgan barcha ilohiy ilmlarni hamda insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy qadriyat sifatida o‘zida jamladi, shu asnoda milliy qadriyatlarimiz qadr topib, gullab - yashnadi.Yurtboshimiz ta’kidlashicha, «...Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlaming yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi».Darhaqiqat, agar dunyoni bilish vositasi ilm bo‘lsa, din - ruhiyati- miz tarbiyachisi, xalqimizning maqsadi, maslagi, turmush an’analarining mujassamlashmasidir. Islom ta’limoti va xalq pedagogikasini bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi, zero har ikkalasi ham xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda katta kuchga ega.0 ‘zbek xalqining boy pedagogik qarashlari muqaddas Qur’oni Karim, hadislar kabi diniy ta’limotlar bilan hamohang holda o‘zbek xalq pedagogikasining muhim tarbiya vositalaridan bo‘lib kelgan va hanuzgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.Hidoyat kitobi boMgan Qur’on insoniyatga ilm orqali saodatga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Qur’oni karimning ilk nozil qilingan oyati ham «o‘qi» deya boshlangan, bu esa islomda ilmning yuksak mavqega egaligidan dalolat beradi. Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariy bu oyatni tafsir qilarkan, shunday deydi: «Alloh taollo insonlargabilmaganlarinio‘rgatishuchunilkoyatda «o‘qi» kalimasiniindirdi. Buesailohiyvahiyningilmgaberganbuyukbahosidandalolat. Alloh insonlarni jaholat botqog‘idan ilm yo‘li bilan ziyoga chiqardi va ularga buyuk ne’mat sifatida bu ilm lami yozish imkoniyatini berdi. O‘qiganlar va ilm sari intilganlar haqiqatga erishadi. Shu jihatdan olim kishi juda go‘zal mavqega ega boiadi. Johil esa tubanlikka yuz tutadi».Islomiyat jaholatni rad etib, insonlarni ilm o‘rganishga da’vat qilishini quyidagi hadisu shariflarda ko‘rishimiz mumkin:- Rasulullohning(s.a.v.) «Beshikdan qabrgacha ilm izlang» degan hadisi islomiyat taqdim etgan yuksak qoidadir.- «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», - deya marhamat qilishlari ham ilmga bo‘lgan yuksak e’tibordan dalolat beradi.- «Insonlar yo o‘rgatuvchilar yo o‘rganuvchilarga bo‘linadi. Bundan boshqalari esa arzimasdur», - deya ta'kidlaydilar.-
«Faqat ilm orqaligina najot topish mumkin, undan boshqa najot y o ii yo‘qdir», - deya ilm olishga undaydilar.- «Ilm olish uchun sarflangan bir soat yuzaki ibodat bilan o‘tkazilgan bir kechadan ko‘ra xayrlidir. Ilm yo‘lida sarflangan bir kun uch oy ro‘za tutishdan afzalroqdir», - deya ilm olishga ajratilgan vaqt eng qadrli vaqt ekanligini ta’kidlaydilar.- «Ilm foydasiz ibodatdan afzaldir.Ilm dinning bir ko‘rinishidir»,- deya dinning qudratini ham ilm orqali anglab yetish mumkinligini aytadilar.- Ilm o‘rgatgan kishiga ta’zimda boiing va izzat-ikrom ko‘rsating. Ilm sohiblariga hurmat ko'rsatish Payg‘ambarga bo‘lgan sevgi tufaylidir, ularga qarshi chiqish esa Payg‘ambarga qarshi chiqish kabidir», - deya ilm sohiblarini qadrlash kerakligini uqtiradilar.- «Olimning uyqusi ham johilning ibodatidan afzaldir, zero olim ilmini davom ettirish uchun charchoqlardan holi bo‘lish maqsadida uxlaydi», - deydilar.- Rasululloh (s.a.v.) «Bilganingizni barchaga o‘rgating», - deya ilmga xizmat etishga chaqiradilar.Jism moddiy rizq bilan oziqlangani kabi ruhiyat ma’naviy rizq bilan oziqlanadi. Ilm esa aynan shu ma’naviy rizqdir.
Shu boisPayg‘ambarimiz (s.a.v.) «Ilm bilan oziqlanganlar hidoyat topadilar», - deya marhamat qiladilar. Yana bir hadisu shariflarida: «Ilm o‘rganing, ilm o‘rgangan haqni nohaqdan ajratadi. Ilm jannat yo‘lini yoritadi. Ilm insonga cho‘lda yo‘ldosh, yolg‘izlikda hamroh, kimsasizlikda jondan do‘st bo‘ladi», - deydi. Va yana: «Ilm insonlarni saodatga eltadi,falokatdan qutqaradi, do‘stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi qalqon bo‘ladi», - deya ummatlarini ilmga chorlaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana bir hadislarida: «Dindoshiga ilm o‘rgatish yil bo‘yi o‘qilgan nafl namozidan ko‘ra afzalroqdir», - deya marhamat qiladilar. Ya’ni, ilm mo‘min uchun bir hazina ekanligini, inson ilmga erishgach, ana shu ilm hazinasini qo‘lga kiritib, asl boylik sohibi boMishini, qalbida ilmni saqlagan kishi esa xazinadan barchani bahramand etib, hidoyatga boshlashini uqtiradilar.
Rasululloh (s.a.v.) bir kun hazrat Anasga: « Yo Anas! Ilm istagankishi kunduzlari ro‘za tutgan va kechalari ibodat bilan o'tkazganlarning savobichalik savobga noil bo‘ladi. Kishining biror mavzuda ilm olishi Qubays tog‘idek keladigan oltinni Alloh yo‘lida tarqatishdan afzalroqdir», - deganlar.Dunyoda ilm orqali kelgan foyda eng qimmatli, eng ulug‘ sanalishi, kishi ilm yo‘li bilan buyuk ne’matlarga erishib, yo‘li yorug1 bo‘lishi, turli xurofotlar va nohaqliklardan ilm vositasida o‘zini himoya qila olishi mumkinligi haqida, dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilm bo‘lib, shu jihatdan ilm amallarning eng afzali ekanligi xususida islom ta’limotida keng va atroflicha m a’lumotlar berilgan.Shuningdek, diniy ta’Iimotlarda ilmni haqiqiy olimdan o‘rganish kerakligini, faqat shu yo‘l orqaligina haqiqiy ilm hazinasiga erishish mumkinligini aytadilar.
Shu o‘rinda ilm bergan ustozlami ulug‘lash va hurmatiga e’tibor berish zarurligini ham ta’kidlaydilar. Shayxul islom«Hidoya» kitobining sohiblari, ustoz Burxoniddin Marg‘inoniy hazratlari hikoya qiladilar: «Buxoroi sharifning katta allomai kiromlaridan biri dars o‘tayotgan edilar. Dars davomida goho o‘rinlaridan turib qo'yardilar. Ziyrak toliblari buning sababini so‘radilar.
U zot kamoli ehtirom bilan:- Mehribon ustozimning farzandlari ko‘chada bolalar bilan o‘ynabyuribdilar. Goh o‘ynab eshik oldiga kelsalar, darhol ustozimning hurmatlari uchun o‘mimdan turyapman», - deb javob berdilar.Yana hikoya qiladilarki, Imom Buxoriy hazratlari bir muddat Makkai Mukarramada dars o‘tganlar. Bir ziyoratchi Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Shunda ustozlariningyurtidan kelganlarini bilib, quchoq ochib ko‘rishib, hurmat izhor qilganlar. So‘ng salom xabarini eshitganlarida, Buxoroi sharif tomoniga yuzlanib, salomga alik olib, hurmat bajo keltirganlar. Keyin maktubniikki qo‘llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o‘qiganlari aytiladi.Imom Buxoriy hazratlari ustozlari uzoqda boMsalarda, xuddi huzurlarida turgandek hurmat bajo keltirishi bizga ibratdir. Balki ulug‘allomalaming o‘z davrida yetishgan baland ilmiy darajalarining omillaridan biri shu boigan bo‘lsa, ajab emas.Darhaqiqat, islom dini insonni hamma vaqt ilm egallashga, to‘g‘- rilikka, halollikka, oliyhimmatlilikka, insonparvarlikka, barcha insoniy fazilatlar egasi boMishlikka chaqiradi. Hadisu shariflarda yomon xulq, hasad, adovat, hiyonat, kibr-havo, yolg‘onchilik, poraxo‘rlik, buzuqlik, munofiqlik kabi illatlar qoralanadi. «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar», - deb uqtiriladi.Yana: «Kim nimaga erishgan, fazilat va daraja topgan boisa, faqat hurmat va odob saqlash bilan erishibdi. Kimki o‘z obro‘-e’tiboridan, erishgan fazilatidan ayrilgan bo‘lsa, bilsinki, u faqatgina bu ayriliqni odob saqlashni loyiq ko‘rmagani, hurmat va e’zozni tark qilgani sababidandir», - deb ogoh qiladilar.Islom ta’limotida ota-onaga, musofirlarga, xizmatchilarga, do‘stu- birodarlarga, barcha kishilarga yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlanadi. Insoniyat olamida go‘zal xulq egalarini go‘zal axloqli, odobli, husni xulq kishilar deb atashadi. Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (s.a.v.) bunday xislatlaming timsoli bo'lgan.Islom ta’limotida sabr-qanoatli va kechirimli bo‘lish eng yaxshi fazilat sifatida ulug‘lanadi, zero bu sifatlar bag‘ri keng, turli adovat va adolatsizlikka sabr bilan javob bera oladigan kishilardagina boiadi. Olijanoblik va rostgo‘ylik - inson kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlardan boiib, biri yaxshilikni o‘zi uchun emas, boshqalar uchun qilishni xohlash bo'lsa, ikkinchisi kishilar o‘rtasidagi ishonchni ta’minlaydigan muhim sifat ekanligi ta’kidlanadi.Islom ta’limotida vaqtdan unumli foydalanish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Har bir kishi vaqtning barcha imkonlaridan foydalanib qolishi, millatni yaxshilik va farovonlikka, moddiy va ma’naviy yuksalishga olib boradigan ishlar bilan mashg'ul bo‘lmog‘i lozim, deb uqtiriladi.Payg‘ambarlar orasida eng uzoq yashagan hazrati Nuh alayhissalom haqlarida hikoyat qilinishicha, ming yildan ortiqroq umr ko‘rganlaridan so‘ng, u kishining jonini olish uchun oiim farishtasi keladi. Va ukishidan: «Ey payg‘ambarlaming eng uzun umr ko‘rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?» - deb so‘raydi. Shunda Nuh (a.s.) aytadilar: «Dunyo go‘yo bir hovlining ikki eshigi bo‘lib, ulaming biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim.» Demak, vaqt tez o‘tadigan va ortga qaytmaydigan, biror narsa bilan o‘rin almashtirib bo‘lmaydigan, inson ega boMgan narsalarning eng nafisi va qimmatlisidir. U voqelikda xoh shaxs, xoh jamiyat bo‘lsin, inson uchun asl sarmoya hisoblanadi. Buxususda Xasan al-Basriy38 aytadilarki: «Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kunning ketishi umringning bir qismi ketishi demakdir».
Shuningdek, Umar ibn Abdulaziz aytadilar: «Kecha va kunduz sening vujudingda o‘z ishini ko‘rsatyapti, demak, sen ham ularga amal qilib qol!»Yuqoridagi kabi olimlar: «Manfurlikning alomati vaqtni zoe ketka- zishdir», deyishgan. Va yana: «Vaqt bir qilichdir, agar sen uni kesma- sang, u seni kesadi!» - deb uqtirishgan. Olimlar o‘zlari turgan mavqedan yana ham go‘zalroq darajaga intilar edilar. Shu jihatdan ulaming buguni kechasidan, ertasi bugunidan afzalroq bo‘lar edi. Bu xususda ulardan biri: «Kimning buguni kechagi kuni kabi bo‘lsa, u aldangandir, va kimning buguni kechagidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir!» - degan.Islom ta’limotida axloqiy tarbiya eng yuqori o‘rinni egalaydi, shu bois hadislar insonning ma’naviy va axloqiy kamolotiga asos bo‘la ola- digan ma’no va mazmun kasb etgan, zero hadislar islom olamining mu- qaddas kitobi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manbalardan biri bo‘lib, payg‘ambarlarimizning aytgan so‘zlari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari haqida ma’lumot beradi, umuminsoniy fazilatlar ulug‘lanadi.
Qur’oni karim va hadisu shariflardagi odob-axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, ma’naviyatimiz durdonalari boMmish Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Baxouddin Naqshbandiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Nasr Forobiy kabi buyuk siymolar, olimlar, yozuvchilarning odob-axloq haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra hamohang va hozirgi kunda ham dolzarb. Jumladan, Rasullulloh (s.a.v.) «Insonga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi axloqdir», - deganlar.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy esa: «Bilim, m a’rifat albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi», - deb uqtiradi. Islom olaminingmashhur hadisshunos olimi Imom al-Buxoriy: «Наг bir odam komil inson bo‘lishi uchun o‘zi yaxshi ko‘radigan narsasini o‘zgalarga ham ravo ko'radigan, go‘zal axloqli bo‘lishi kerak», - deb ta’kidlaydilar. Bu misollardan Qur’oni Karimning o‘zi nasihatlardan iborat ekanligiga, diniy ta’limotlar hamda buyuk mutafakkirlar va muhaddis olimlari- mizning odob-axloq borasida hamfikrliligiga amin bo‘ldik.
Zotan, Rasullulloh (s.a.v.)ning o‘zlari «Din nasihatdur», - degan edilar.M a’lumki, hadislar asrlar davomida odob-axloqning gultoji sanalib, IX asr hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan. Bu davrda butunislom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisiahamiyatliki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi 0 ‘rta Osiyo xalqlari vakillari bo‘lib, ular Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880), Imom Ahmad An-Nasoiy (830-915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Mojja (824-886) kabi siymolardir.Ushbu muhaddislarning har biri hadis ilmining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olimlar hisoblanadi.
Hadis ilmida «Amir al- mo‘miniyn» degan sharafli nomga sazovor boigan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik bo‘lgan buyuk olimdir. U ko‘plab hadisshunos olimlardan saboq olib, muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqa- laming hadis to‘plamlarini to iig ‘icha yod olgan. Uning ustozlaridanshayx Doxiliy shogirdining bahslashish mahoratiga, dalillami keltirish- dagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va olqishla- gan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jami 600 ming hadis yozib olgan, shundan 100 ming sahih va 200 ming g‘ayri sahih hadisni yod bilar edi. Uning ustozi Imom Axmad al-Marvaziy «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas», - degan edi. Shogirdlaridan biri Amir ibn Fallos esa «Buxoriyga ma'lum bo'lmagan hadis, albatta, ishonchli hadis emasdur», - deydi. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy ilmiy meros qoldirgan, u yozgan asarlar soni 20 dan ortiq bo'lib, «Al-Adab al-Mufrad», «At-Tarix as-Sag‘ir», «Kitob al-Ilal», «Asomi us-sahoba» kabilar shular jumlasidandir.
Ulardan eng muhimi «Al-Jome’ as-Sahih» asaridir. Asaming ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay, qatorasiga kiritaverganlar. Imom al- Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni toifalarga bo'lib, ulaming ishonchli, ya’ni sahihlarini ajratib alohida kitob yaratgan.
Alloma ibn Sallohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Imom Buxoriy nafaqat yirik olim, balki go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos sahovatliligi bilan ham barcha- mizga ibratdir.Imom al-Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» asarining yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi, lekin hanuzgacha islom ta’limotida muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda.
Quyida shu asardan namunalar keltiramiz:- Alloh har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi.- Zolim birodaringga ham, mazlum birodaringga ham yordam qil. Shunda u kishidan so'raydilar: «Mazlumga yordam berish masalasi tushunarli, ammo zolimga yordam berishlikni qanday tushunmoq kerak?» Rasullulloh (s.a.v.) javob berdilar: «Zolimni zulm qilishdan qaytarishing ham unga qilgan yordaming bo‘ladi».- Alloh nafratiga eng loyiq kishi odamlar bilan o‘ta xusumat va adovatda bo‘lguchi kishilardir.- Kimki faro von hayot kechiray va dunyoda yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug‘lariga mehribon bo‘lsin, ularning ahvolidan doimo boxabar bo‘lib tursin.- Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonsa, faqat yaxshi so‘zlardan gapirsin, aks holda tilni tiyib yursin, sukut saqlasin.-
Musulmon kishiga uch kundan ortiq o‘z birodaridan arazlab, ginasaqlab, gaplashmay-so'rashmay yurish mumkin emasdur. Ulardan qaysi biri birinchi bo‘lib salomlashsa, o‘shanisi yaxshirog‘idir.Hadis ilmining yana bir mashhur vakili Imom at-Termiziydir. Termiziy Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud kabi mashhur muhaddislardan hadis ilmi sirlarini o‘rganadi va juda ko‘p shogirdlami ham tayyorlaydi. Termiziyning yozgan asarlari «Kitob al-ilal» («Illatli hadislar to‘plami»), «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash- shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambaming axloq-odob va sayru suluklari haqida kitob») kabilardir. Shulardan eng mashhuri «Sunan» nomli hadis­lar to‘plamidir. Quyida ushbu asardan hadis namunalarini keltiramiz:-Odamlarga shukur aytmaydigan kishi Allohga ham shukur qilmaydi.-Ikki narsa borkim, ko‘pchilik ularning qadriga etmaydi: biri - sog‘liq, ikkinchi - bo‘sh vaqt.-Chinakam sabr-toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamliligiga aytiladi.-Marhum otasining do‘stlari bilan doimo muloqotda bo‘lib turish - eng olijanob ishlardandir.-Qarindosh-urugMar bilan aloqani uzgan kishi jannatga doxil bo‘Imas.-Odamlarga xayrixohliging bu sening sadaqang.
Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da’vat etishing va zulmdan qaytarishing - sening sada­qang. Adashgan kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko'rsatishing ham - sadaqa. Hatto kambag'allarga xushmuomalada bo‘lishing ham - sening sadaqang.
Yerda halaqit berib yotgan biror toshni bir chekkaga olib qo‘yishingham - sadaqa. 0 ‘z chelagingdagi suvdan boshqalarga berish ham sening sadaqang hisoblanadi.-Kimga oliyhimmatlilik berilgan bo‘lsa, unga hamma narsa berilgan hisoblanadi. Kimga u berilmagan bo‘lsa, unga hech narsa berilmagan bo‘ladi.Shu o‘rinda Hazrat Ali (r.a.) nasihatlari va hikmatlaridan namunalar keltirishni joiz deb topdik, zéro: har bir mo‘min kishi hikmat o'rganishga, uning mag‘zini chaqishga intilishi kerak:-Odob ulug'vor kiyim-kechak boisa, fikr tip-tiniq oynakdur.-Kimki kerilib, o‘zidan mamnunu - mag‘rur boMib yursa, u o‘ziga nisbatan boshqalar nafratini ko‘paytiradi.-Dushmaningdan ustun kelsang, uning gunohini kechir, so'ngra shunday boiganiga shukur ham qilgin. Sening kechirganing xudoga shukrona bildirganing bo‘ladi.- 0 ‘ziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi, bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu, keyiniga uni ham yo‘qotib qo‘yadi.-Ishonch to‘rtga bo‘linadi: ziyraklik, hikmatning farqiga borish, bir narsadan ibrat ola bilish, o‘tmish donishmandlarining aytganini bajo keltirish.-Sahovatli bo‘l, lekin isrof qilma, andoza bilan bo‘l, lekin baxil bo‘lma.- Yaxshi juftlik bir-biridan rizo kishilardan bo‘ladi.-Eng zo‘r boylik - aql, eng katta kambag‘allik - axmoqlikdir. Eng dahshatli narsa - manmanlik, eng yaxshi narsa - xushxulqlikdir. Eng yaxshi kishi yaxshi xulq sohibidir.-Aqlli kishining tili yuragining ortida bo‘ladi, axmoqning yuragi tilining orqasida boMadi.-Johil kishi yo o‘ta serharakat bo‘ladi, yo boMmasa harakatining ketini o‘ylamaydigan bo‘ladi.-Kimki odamlar ustidan hukm yuritishga jazm qilar ekan, barcha narsadan oldin u o‘zini o‘sha ishga o‘rgatsin, tilidan oldin siyrati, maslagi ulug'vor boMsin.-Uch narsa halokatga eltadi: baxillik, nafs istagi va xudbinlik.-Ehson qilsang, kerilib bajo keltirma, uni doimo kamtarona, uzr bayon etib qil.- Doimo yaxshilikka intil, albatta uni topmay qo‘ymaysan.-Kishining eslanishiga uning bilim ma’rifati, aqlu-zakovati sababbo‘ladi.-Qari nodon kishidan ko‘ra dono yosh bola yaxshi.
-Dil quvvati - iymonning salomatligidandur.
-Dushman nasihatidan uzoq bo‘lganingga shukur qil.
- Ilm-fandan so‘z bo‘ladigan joy jannat bog‘laridan sanaladi.
- Yumshoq so‘z ko‘ngil rishtasidir.«Avesto» ta’limoti, Qur’oni Karim saboqlari, buyuk hadisshunoslar merosi o‘zbek xalq pedagogikasida o'ziga xos o'rin egallagan. Ushbu meros orqali o‘zbek xalqi o‘z farzandlarini aqlan yetuk, jismonan baquvvat, axloqan pok qilib tarbiyalashga intilgan. Ana shunday ta’lirn- tarbiya natijasida yosh avlod teran fikrli, olijanob fazilatli, aql-idrokli, yuksak madaniyatli barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetmoqda.
Shu o‘rinda yosh avlodni diniy ta’limotlar asosida tarbiyalashga salbiy ta’sir etuvchi turli diniy oqimlar, diniy ekstremizm, missionerlik, fanatizm kabi qo‘poruvchi illatlarning zararli oqibatlarini tushuntirishimiz, buning uchun diniy ta’limotlarni asosli tarzda to‘g'ri tushuntirish zarurligini aytib o‘tish joizdir. Buning uchun turli diniy oqimlardan farzandlari- mizni asrashimiz, ularni hushyor va ziyraklikka chaqirishimiz, tahdidlar mohiyatini hayotiy misollar bilan to‘g‘ri tushuntirishimiz, bunda esa xalq pedagogikasining barcha imkoniyatlaridan, xususan, diniy ta’limotlardan oqilona foydalanishimiz lozim bo‘ladi.0 ‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi sifatida ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan 2007 yil Toshkent shahri «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi.
Mamlakatimiz hayotidagi bu ulkan madaniy-ma’naviy voqea haqida yurtboshimiz shunday deydi: «Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning hayrixoli va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi - birinchi galda muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzotni doimo yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o‘zini oqlagan qadriyat va an’analami ajdodlardan avlodlar- ga etkazishdagi buyuk o‘mi va ahamiyati bilan bogMiq. Ayni paytda bu holat dinimizning umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya, ilmu fan rivojiga qo‘shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi».Demak, yuksak axloqiy andozalarni o‘zida mujassamlashtirgan islom dini m a’rifat, ma’naviyat, tinchlik, go'zal xulq-odob ifodachisi sifatida xalq pedagogikasining muhim manbai, ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib qolaveradi.


Download 98,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish