II BOB. O’ZBEK ELATINING SHAKLLANISHI
2.1. Qoraxoniylarning Movarounnahrga kirib kelishi.
Qoraxoniylar Davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati - Sharqiy Turkiston, yettisuv va Tyanshanning jan. yon bagʻrida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolask boshqargan. Qoraxoniylar Davlatining barpo etilishida qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari еtakchi rol oʻynagan.
Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti X asrning 2-yarim ming yillikga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini «Qoraxon» deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu un-von bilan ulugʻlangan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaktga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qar-shiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996-yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shar-tnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo hav-zasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan. dagi еrlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-y. larda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur sh. ni zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari еr berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-y. da esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davla-tini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundi-rib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1041-y. ga kelib 2 mus-taqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qis-miga Yettisuv, Qashqar, Taroz, isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan еrlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, еrdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130-y. saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. 12-a. ning 30-y. lari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga du-chor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, 13-a. boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212-y. da qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topi-shiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqa-dorlikda rivojlana bordi. Tub еrli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.
Bu obyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bos-qichi yuz berdi (q. Oʻzbeklar).
Maʼmuriy-bosh qaruv tizi-m i . Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkesh davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajri-balardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlatida stlab tashkil topgan vaktda (9-a. oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi «yabgʻu» deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-a. ning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda «qoraxon» unvoni bilan ulugʻlangan «buyuk xon» oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar «qoraxon» unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻ-roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari «elning oq xoni», yaʼni «buyuk xon» qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi «kichik xon» hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movaro-unnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni «takin» unvonidagi kishilar boshqargan. «Takin» atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib «takin» unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaktda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchun masʼul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning ob-roʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf еrlarining kengayishiga olib kelgan.
Tarixchi, sharqshunos va tilshunos mutaxassis olimlar (S.P. Tolstov, A.Yu. Yakubovskiy, K.V. Trever, A.A. Freyman, V.A. Livshid va boshqalar ) tilga olgan xalqlar sharqiy eron tiliga mansub etnoslar bo‘lganligini ta’kidlab o‘tgan edilar. Balki shunaqadir. Antik davrlarda, uning birinchi yarimlarida Markaziy Osiyo mintaqalarida turkiyzabon etnoslar ham bo‘lganligi ehtimoldan xoli bo‘lmasa kerak. Qadimgi yunon va eron manbalarida bularni xam eron tilli qabilalar qatoriga qo‘shib sak-massagetlar deb qayd qilingan bo‘lishi mumkin. So‘zsiz bu masalalar chuqur o‘rganishni talab qiladi.
Movarounnaxr va Xorazm mintaqalarida turkiy qabilalar miloddan oldingi
II-I milodiy I asrlarda kelib o‘rnashganligi xaqida aniq ma’lumot Xitoy voqeanavislarining axborotlarida uchraydi.
Miloddan oldingi III asrllarda Sirdaryoning o‘rta oqimlarida yirik Qang‘ davlati tashkil topadi. Bu davlat to V asr o‘rtalarigacha o‘z xukmronligini saqlab qoladi. Miloddan oldingi V-IV asrlarda Tangritog‘ (Tyan-Shan tog‘lari) ning shimoli –sharqida yashovchi usunlarning ayrim qismlari, hamda shimoliy Xitoyda, janubiy Sibirda va Jung‘oriyada joylashgan xun etnik guruxlari ko‘chib kelib Qang‘ davlati xududlariga o‘rnashdilar. Sirdaryo soxillarida ikki tilga (eron va turk) mansub etnoslar uchrashdilar va ular bir-birlari bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib keldilar. Bu aloqalarning tobora rivojlanib, chuqurlashib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustivorlik qilib, yangi turkiy etnos - qang‘lar elati vujudga keldi. Shunday qilib, eron tilli xalqlar (so‘g‘diyonlar, assianlar, oslar, saklar va boshqalar ) bilan Sirdaryo soxillariga va Movarounnaxrning boshqa mintaqalariga, Xorazm o‘lkasiga kelib joylashgan turkiy etnoslar bilan qo‘shilib, qorishib ketishlari natijasida qang‘lar elati shakllanadi.
Miloddan oldingi I-II milodiy I-II asrlarda Sirdaryoning o‘rta oqimida, Zarafshon voxasida dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan axoli (so‘g‘diylar, o‘troqlashib qolgan saklar va boshqalar) madaniyati (Ya’ni tub еrli axoli madaniyati) shu xududlarga kelib o‘rnashgan ko‘chmanchi chorvador turkiy etnoslar madaniyati ( ko‘chmanchi xalqlar madaniyati) aralashib boradi. Natijada bir-birlari bilan aralashgan qo‘shma madaniyat xosil bo‘ladi. Tub еrli axoli bilan ko‘chmanchi qabilalarning madaniyatining qo‘shilishi arxeologik ashyolar bilan xam tasdiqlangan; arxeologlar bu madaniyatni qang‘uylar madaniyati yoki qovunchi madaniyati, deb nomlaganlar.
Milodiy I-II asrlarda Qang‘ davvlati juda katta xududga (Zarafshon voxasi, Qashqadaryo, Xorazm, Orol dengizining janubi-sharqiy va shimoliy cho‘llaridan to Urol tog‘oldi mintaqalariga egalik qilar edi. Ammo Qang‘ davlatining asosiy еri Sirdaryoning o‘rta oqimlariga tutashgan xududlar (Shosh voxasi, xozirgi Qozoqiston respublikasining Chimkent va qisman Jambul viloyatlari) bo‘lgan. Qang‘ asosiy xalqi - qang‘arlar shu davrlarda Movarounnaxr va Xorazm xududlariga borib o‘rnashgan xam edilar.
Sirdaryo o‘rta oqimida vujudga kelgan turkiyzabon qang‘ar etnosi Markaziy Osiyoda, jumladan Movarounnaxrda ilk antik davrlarda yashagan (Baktriyaliklar, saklar, toxarlar, so‘g‘diyonaliklar va boshqalar) xalqlar yaratgan moddiy va ma’naviyatning vorislari bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, qang‘arlar madaniyatining ko‘p tomonlari Movarounnaxr axolisining antik davrdagi madaniyatiga o‘xshab ketadi. Ayni shu davrlarda O‘rta Osiyo vodiy va voxalarida yashovchi so‘g‘diyonaliklar va qang‘arlarning tashqi qiyofalarida Pomir-Farg‘ona antropologik tipi to’liq shakllangan bo‘lishi kerak.
Milodiy III-V asrlarda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlarida janubiy Sibirdan, Jung‘oriyadan, Sharqiy Turkistondan ayrim qabilalar kelib joylashgan. Xionlar (Xioniylar), kidariylar, va eftaliy (abdal) etnoslari shular jumlasidandir.Bu etnik guruxlarning kelib chiqishi xaligacha to‘liq oydinlashmagan. Kidariylar, ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha eron tilli xalqlar bo‘lgan. Ammo bizda mavjud tarixiy manbalar asosida ishonch bilan aytish mumkinki, Xioniylar va eftaliylar turk tilli xalqlar bo‘lganlar.
Xitoy voqeanavislarining (shaxsan Beyshida) axborotlarida «Bir vaqtlar Suda (So‘gd-K.Sh.) xokimini o‘ldirib Sudani egallagan edilar» deyilgan. Beyshida qayd etilgan bu voqea milodiy IV asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. V.V. Bartold va L.N. Gumilev Sug‘diyonani va uning markazi Samarqandni egallagan xunlar bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Ayni shu vaqtlarda xioniylar siyosiy maydonga chiqib, Eron sosoniylari bilan Xuroson chegaralarida qattiq jang olib boradilar.
IV asrda Movarounnaxr xududida yashovchi yirik turkiy etnoslardan yana bittasi – eftaliylar (xeptal, eptal, abdal) bo‘lgan.
Eftaliylar xam xunlardan ajralib chiqqan yirik etnoslardan biri. Bularning ilk ajdodlari Oltoy va Sayon tog‘oldi mintaqalarida yashaganlar. Milodiy II-III asrlarda ularning katta bir qismi g‘arbga siljib III asr oxiri-IV asrda Volga daryo b°ylariga, Qora dengiz yaqinidagi cho‘llarga va Shimoliy Kavkaz mintaqalariga borib o‘rnashgan. G‘arbga qarab siljigan xunlar tarkibida abdal, eftal etnonimlari mavjud edi.
Xunlar g‘arbga ko‘chish vaqtida ularning yirik bir guruxi milodiy III asrda janubga, Movarounnaxr xududiga kelib o‘rnashgan bo‘lishi ehtimoldan xoli bo‘lmasa kerak. Keyingi asrlarda (IV-VI) bular ikki daryo (Amudaryo va Sirdaryo) oralig‘idagi axolining katta qismini tashkil etgan. Arab geograflari Muqaddasiy Yoqut va Ma’sudiy, o‘zlaridan ancha oldin o‘tgan Mualliflarning ma’lumotlariga asoslanib, Movarounnaxrning shaxar va qishloqlarida yashovchi axolini ko‘pchiligini eftaliylar tashkil qilganligini qayd etgan edilar. Demak, V-VI asrlarda eftaliy va xiyoniylarning asosiy qismi turg‘un yashagan; ularning jangovar qismlari yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troqlikda xayot kechirib, an’anaviy chorvachilik bilan bir vaqtda dexqonchilik bilan xam shug‘ullanganlar9.
Movarounnaxrning siyosiy boshqaruvi avval xioniylar qo‘lida bo’lib,
V asrning yarmida esa kuchayib qolgan eftaliylar qo‘liga o‘tdi. Shu asr davomida eftaliylar So‘g‘diyonani, Toxaristonni, Sharqiy turkistonni va Sirdaryoning o‘rta oqimlarini egallaydilar. Markaziy Osiyoda yirik eftaliy davlati vujudga keladi. Ammo uning xukmronligi uzoqqa bormaydi. VI asrning 60-yillarida turk xoqonligi zarbidan eftaliylar davlati еmiriladi.
O‘rni kelganda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bir qancha tadqiqotchilar eftaliylarni turkiy xalq ekanligini tan olmasdan kelganlar. Bundan maqsad Movarounnaxrning asosiy xalqi o‘tmishda eron tilli bo‘lganligini uqdirish edi. Ammo tarixiy manbalarni sinchiklab o‘rganilganda, masalaga bu yo‘sinda, bir tomonlama yondashish xato ekanligini tushunish mumkin.
Eftaliylar mag‘lubiyatga uchragandan keyin, ularning asosiy qismi Movarounnaxr va unga yaqin mintaqalarda yashab qolgan edilar. Ularning faqat ayrim guruxlari (asosan yarim ko‘chmanchi guruxlar) Afg‘oniston va Xindiston xududiga ko‘chib o‘tgan edilar. Eftaliylarning ba’zi guruxlari tarixchi –geograf Gardiziyning yozishicha Xurosonda xam yashagan. Movarounnaxrda qolgan eftaliylar shu xududda yashayotgan qang‘arlar bilan qo‘shilib tub еrli turkiy zabon etnik qatlamga singib ketgan. Bularning avlodlari o‘z etnik nomlarini bizgacha saqlab qolganlar. O‘zbek va Turkman xalqining tarkibida XX asr boshlarigacha abdal etnomini mavjudligi buning dalili bo‘la oladi. Abdal etnik guruxi boshqird xalqining ichida xam mavjud bo‘lgan. Boshqirdlar tarkibidagi abdal milodiy II-IV asrlarda g‘arbga siljib ketgan eftaliylarning (Abdal) eng keyingi avlodlari bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, VI asr o‘rtalarida Oltoyda, janubiy Sibirda, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonda joylashgan bir necha qabilalar birlashishi natijasida Turk xoqonligi tashkil topadi. Qisqa vaqt ichida Turk xoqonligi kuchayib Markaziy Osiyoning katta qismini, jumladan Movarounnaxrni egallaydilar. VI asrning 80-yillarida Eron Sosoniylari ustidan g‘alaba qozonib turk xoqonligi Xuroson viloyatlarining bir qancha xududlarini zabt etadilar. Ammo, bu vaqtinchalik edi. Eron bilan Turk xoqonliklari o‘rtasidagi asosiy chegara Amudaryo bo‘lib qolgan edi. G‘arbda esa turk xoqonlari Volga va Qora dengiz soxillariga qo‘shin tortib borib, 576 yil Karch shaxrini, 581 yili esa Xersonni va boshqa bir qancha shaxarlarni qo‘lga kiritib, o‘z xukmronligini o‘rnatadi.
Turk xoqonliklari davrida (VI-VII) O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalariga (Toshkent voxasi, Zarafshon , Qashqadaryo voxalari, Surxondaryo, Farg‘ona vodiylari ) va Xorazm zaminiga turkiy qabilalar ko‘plab kelishadi; ularning aksariy ko‘pchiligi shu xududlarga turg‘unlashib qolgandi.
VI-VII asrlarda Movarounnaxr va Xorazm axolisini quyidagicha tassavur etish mumkin:
a) qadimdan dexqonchilik, xunarmandchilik va tijorat bilan shug‘ullanib kelayotganfors –eron tilli so‘g‘diylar, Xorazmiyolar va boshqalar;
b) dexqonchilik, xunarmmandchilik va tijorat bilan shug‘ullanib kelayotgan turkiyzabon axoli. Bu axoli yuqorida qayd etganimizdek, o‘troqlashib qolgan qang‘arlar, xioniylar, eftaliylar va Turk xoqonliklari davrida kelib turg‘unlashib qolgan, bir qancha boshqa qabilalar;
v) yarim o‘troq va yarim ko‘chmanchi bo‘lib yashayotgan turkiy tilli va fors-eron tilli etnik guruxlar. Bu guruxlar asosan voxa atroflarida, tog‘ oldi qirlarda yashab dexqonchilik bilan bir vaqtda chorvachilik bilan xam shug‘ullanganlar;
g) ko‘chmanchi turkiy tilli qabilalar. Bular cho‘llarda va tog‘ oldi rayonlarida yashab asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan.
Yuqorida keltirilgan Movarounnaxr va Xorazm axolisi tarkibidan ko‘rinib turibdiki, bu xududlarda qadim-qadimdan buyon ikki til turkumidagi fors-eron va turkiy xalqlar yonma-yon aralashib yashab kelganlar. Bular, asrlar davomida birgalikda shaxarlar barpo etganlar, kanallar qazib suv chiqarganlar, dexqonchilik qilganlar, boy madaniyat yaratib avlodlarga qoldirganlar.Shuni xam ta’kidlab o‘tish joizki, bu ikki til vakillari asrlar davomida birga yashab kelishlari natijasida fors-eron tilli axolining ayrim guruxlari fors-eron tilini qabul qilib so‘g‘diylarga, xorazmiylarga va boshqalarga aralishib ketganlar. Demak, etnoslarning o‘zaro yaqinlashishi, aralashishi va qorishib borish jarayoni xar ikki til vakillari orasida kechgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |