Himoyaga ruxsat etilsin Magistratura bo‘lim boshlig‘i D. A. Mamatqulov


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 77,21 Kb.
bet3/8
Sana28.02.2022
Hajmi77,21 Kb.
#473805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘zbek elatining shakllanish bosqichlari va uning xalq sifatida uzil-kesil shakllanishi

Kurs ishining maqsad va vazifalari O’zbek elatining shakllanish bosqichlari va uning xalq sifatida uzil-kesil shakllanishi kurs ishining maqsadi qilib olingan. O’zbek xalqining etnik asosini tashkul etgan tub joy urug’-qabilalar, elatlar va ularning etnik tarkibiga milodiy VIII asrgacha yuz bergan siyosiy vaziyatning ta’siri, etnik tarixdafi mavjud muammolari, Qoraxoniylarning Movarounnahrga kirib kelishi va o’zbek turklarining asosini qarliq-chigil turklari tashkil etishini ko’rib chiqib o’rganish kursh ishining vazifasi etib tanlangan.
Kurs ishini o’rganish darajasi Qabilalar yuzaga kelish jarayoni kishilarning ovchilik va ko’chmanchi chorvachilik bilan birga dehqonchilik va ibtidoiy temirchilikka o’ta boshlagan, boshqacharoq qilib aytganda aqliy tabaqalanish mulkiy tabaqalanishga o’ta boshlagan davrga to’g’ri keladi.
Elat deyilganda qabilalar ittifoqi kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi tushiniladi. Aksariyat holatlarda qabilalar ittifoqi yaylov va suv uchun tez-tez bo’lib turadigan janglarda o’zini himoya qilishi yoki g’olib chiqish maqsadida barpo etilgan. Elatni xalqning millat bo’lib shakllanishidan oldingi bosqichi deyish mumkin. Kishilarning bir hududda elat bo’lib yashashlari qon-qarindoshlik, umumiy manfaatdorlik his-tuyg’ularini kuchaytirgan. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish ma’suliyati esa davlatni vujudga keltirgan.
Xalq deyilganda ko’proq el, elat, millat, aholi, olomon, bir guruh kishilar tushiniladi. Xalq so’zi falsafiy nuqtai-nazardan qaralsa, uni tarixning barcha bosqichlarida jamiyat vazifalarini hal etishga qodir, yurt yumushiga yaroqli va qobiliyatli qatlam, ijtimoiy birlik, tarix ijodkori deyish mumkin. Demak, balog’atga еtmaganlar aholi soniga kirsa ham xalq safiga kirishga hali erta.
Millat kishilarning tarixiy tarkib topgan, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong va ruhiyat uyg’unligi demakdir. Millatni davlatsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Hozirgi o’zbek millati ham urug’chilik va qabilachilik davrlarini, elat, xalq va millat shakllanishi jarayonlarini o’z boshidan kechirgan.
Manbalarda ko’rsatilishicha, milodgacha ikki ming yillikning o’rtalari va oxirlari (bronza asri) o’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron hududlari tarixi hind va eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq. Ular hattoki, Volga va Ural daryolari hamda janubiy Sibir oralig’idagi еrlarda ham yashaganlar.
Taniqli arxeolog A.Sagdullayev fikricha, ana shu bronza davridayoq o’rta Osiyoda yuqorida eslatilgan qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo’shilishi jarayoni boshlanadi hamda aynan shu davrda o’lkamizda yashagan qabilalar o’rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar.
Yunon olimlaridan Efor (milodgacha 405-330 yillar) quyidagilarni yozgan: “Qo’yboqar saklar skiflar tarkibiga kiruvchi qabilalardir. Ular soddadil ko’chmanchilar toifasidan bo’lib, don еtishtiradigan Osiyoda istiqomat qiladilar. Saklar bir joydan ikkinchi bir joyga aravalarda ko’chib yuradilar va biya suti bilan tirikchilik o’tkazadilar” Yunonistonlik Strabon (milodgacha 63-28 yillar) va Pompey Trog (milodgacha 1-milodiy I asr) asarlarida saklar va massagetlarning qaysi xalqqa mansubligi, ular egallagan hududlar to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Pompey Trog shunday yozadi: “Kaspiy dengizidan boshlab skiflarning katta qismi daylar (Qoraqumda), ulardan Sharqda yashovchi qismi esa massagetlar va saklar deb ataladi. Skiflarni hamma vaqt eng qadimiy xalq deb hisoblab kelganlar. Qadimiylikda ular misrliklardan qolishmaydilar”.

Download 77,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish