Himoyaga ruxsat etildi



Download 0,66 Mb.
bet6/13
Sana13.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#791954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abul Muin Nasafiy.

Qoʻlyozmalari
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi maʼrifat ulamo Samarqand. — Istanbul. — Sulaymoniya kutubxonasi. — „Turhan Valide Sultan“ fondi. — Qoʻlyozma № 70. — 198 v.
Abul Fadl Muhammad ibn Abd al-Jalil as-Samarqandiy. Muntaxab Kitob al-qand. — Parij. — Frantsiya milliy kutubxonasi. — Arab qoʻlyozmalari fondi. — Qoʻlyozma № 6284. — 75 v.
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. Matla an-nujum va-majma al-ulum. — Toshkent. — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti. — Qoʻlyozmalar asosiy fondi. — Qoʻlyozma № 1462. — 353 v.


Nashr etilgan manbalar
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi zikr ulamo Samarqand / Nazar Muhammad al-Foryobiy tahriri ostida. — Saudiya Arabistoni: Maktabat al-Kavsar, 1991. — 622 b.
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi zikr ulamo Samarqand / Yusuf al-Hodiy tahriri ostida. — Tehron: Oyina-yi miros, 11999. — 877 b.
Abu Saʼd Abd al-Karim ibn Muhammad as-Sam’oniy. al-Ansob: 5 jildli / Abdulloh Umar al-Borudiy tahriri ostida. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.
Abu Hafs Umar an-Nasafiy. Tahsil usul al-fiqh [arabcha matn va tarjima] / Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar H.Aminov, S.Muhammadaminov; mas’ul muharrir O.Qoriyev. Oʻzbekiston Respublikasi OOʻMTV ToshDShI huzuridagi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻyozmalari markazi. - Toshkent: „Noshir“ nashriyoti, 2015. — 208 b.


Tadqiqotlar
Muhammadaminov S. Abu Hafs an-Nasafiyning „Matlaʻ an-nujum va majmaʻ al-ulum“ asari va uning Markaziy Osiyo islom ilmlari rivojida tutgan oʻrni (XI asr oxiri-XII asr oʻrtalari). Tarix f.n. … diss. avtoref. — Toshkent, 2011. — 24 b.
Muhammadaminov S. Abu Hafs an-Nasafiyning „Matlaʼ an-nujum“ asaridagi fiqh va hadisga oid mavzular// Imom al-Buxoriy saboqlari 2005. № 4, B. 190-191.
Muhammadaminov S. „Aqoyid an-Nasafiy“ning qadimiy nusxasi // Sharqshunoslik. — Toshkent, 2008. — № 13. — B. 38-42.
Muhammadaminov S. Abu Hafs an-Nasafiyning „Matlaʼ an-nujum“ asaridagi fiqh va hadisga oid mavzular. // Imom al-Buxoriy saboqlari. — Toshkent, 2005. — № 4. — B. 190-192.
Muhammadaminov S. Abu Hafs an-Nasafiyning usul al-fiqhga oid bir risolasi // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. — № 1. — Toshkent, 2007. — B. 85-88.
Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad // Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi. 6-jild. Miriy-Parxish. Tahrir hay’ati: A.Abduvohitov, A.Azizxoʻjaev, M.Aminov va b. — T.: „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. — 704 b.
Rahimjonov D. Abu Hafs Nasafiy. Monografiya. — Toshkent, 2010. — 40 b. [3]
Rahimjonov D. Abu Hafs an-Nasafiyning „Kitob al-qand“ asari hadis ilmi boʻyicha muhim manba // Sharqshunoslik. — T.: ToshDShI, 1997. — № 3. — B. 27-32.
Rahimjonov D. Abu Hafs an-Nasafiyning „Kitob al-qand fi maʼrifat ulamo Samarqand“ asari — Samarqandda hadis ilmi tarixi boʻyicha muhim manba. Tarix fanlari nomzodi dis. … — T.: Toshkent islom universiteti, 2003. — 170 b.
Rahimjonov D. Abu Hafs an-Nasafiyning „Kitob al-qand fi maʼrifat ulamo Samarqand“ asari — Samarqandda hadis ilmi tarixi boʻyicha muhim manba. Tarix fanlari nomzodi dis. … avtoref. — T.: Toshkent islom universiteti, 2003. — 26 b.
Rahimjonov D.O. Nasafda hadis ilmi taraqqiyoti // Imom Buxoriy saboqlari. 2006. № 3.
Rahimjonov D. Abu Hafs Nasafiy va Nasaf ulamolari // „Nasaf va Kesh tarixi manbalarda“ mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi materiallari. — Qarshi: „Qarshi Davlat universiteti“ nashriyoti, 2010. — B. 14-16.
Rahimjonov D. Abu Hafs Umar an-Nasafiy (1068-1142) // Oʻzbekiston — buyuk allomalar yurti. Birinchi kitob. Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi U.Uvatov. — T.: Maʼnaviyat-Movarounnahr, 2010. — B. 253-268.
Rahimjonov D. Abu Hafs Nasafiy // Movarounnahr allomalarining hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalari / Mas’ul muharrir I.Usmonov. — T.: Movarounnahr, 2011. — B. 249-270.
Rahimjonov D. Abu Hafs Nasafiy // Islomshunoslik qomusiy lugʻati / Mas’ul muharrir Z.M.Islomov. — T. 1. — Toshkent: Movarounnahr, 2013. — B. 32-33.
Rahimjonov D. Nasaf // Islomshunoslik qomusiy lugʻati / Mas’ul muharrir Z.M.Islomov. — T. 2. — Toshkent: Movarounnahr, 2014. — B. 13-17.
Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad // Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi. 6-jild. Miriy-Parxish. — T.: „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. — B. 272-273.
Rahimjonov D. Abu Hafs Nasafiy. Monografiya. — Toshkent, 2010. — 40 b.
arxiv nusxasi, archived from the original on 2016-01-31, https://web.archive.org/web/20160131042345/http://markaz.tiu.uz/index.php/front/content/online_show_book/13, qaraldi: 2016-01-24
Abul Muin Nasafiy (418-508/ 1027-1115) Markaziy Osiyodagi Sunniylik yo‘nalishi Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Olimning to‘liq ismi – Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ma’bad ibn Makhul Abul Muiyn an-Nasafiy al-Hanafiy[1]. Abul Muin Nasafiy dastlabki ta’limni ona shahri Nasafda olib, so‘ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko‘chib o‘tgan va siyosiy vaziyatlar ta’siri ostida keyinchalik bir qancha muddat Buxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya ta’limotining keng rivojlanishiga zamin yaratib bergan.
IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo o‘lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag‘ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug‘ullanuvchi yirik mutakallimlar vujudga keldi.
Kalom ilmining bir qancha maktablari bo‘lib, ulardan biri al-ash’ariya bo‘lsa, ikkinchisi al-moturidiya – eng keng tarqalganlari hisoblanadi. Al-ash’ariya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abu-l-Hasan al-Ash’ariy (873-935), moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur Moturidiy (870-944) ta’limotidan saboq olgan Nasafiy asosan moturidiya maktabiga mansub G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O‘z navbatida al-Iyjiy (vaf. 1355-yil), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko‘tarilganlar[2].
Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o‘n beshga yaqin asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Ular quyidagilardir: “Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmida so‘zlar dengizi”), “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar keltirish”), “at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmidagi dastlabki qoidalar”), “Mu’taqidot” (“Aqidalar” – Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abul Muin an-Nasafiyning bu asaridan bir qo‘lyozma saqlanadi, inv. № 40008/2, Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat).
Allomaning “Bahr al-kalom” asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi “al-Imomat” (“Imomlik”) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg‘ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, “Iqtadu billaziyna min ba’diy Aba Bakr va Umar” (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar). Ya’ni, “Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar”, degan bo‘lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan[3].6
Ikkinchi hadisdagi “Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo‘ladi”, degan fikrlari naqadar to‘g‘riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o‘ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo‘yicha moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-Shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy ta’limotning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir.
Abul Mu’iyn Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur Moturidiyning “at-Tavhid”, Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning “al-Luma’”, “Maqolot al-islomiyyin”, Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning “al-Irshod” asarlaridan foydalangan.
“Bahr al-kalom” asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir qancha qo‘lyozma va bosma nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo‘lyozma nusxalari Dubaydagi “Jum’a al-Mojid” nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko‘chirilgan), Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida, Bag‘doddagi “Maktabat al-Avqof”da, Qohiradagi mashhur “Dor ul-kutub”ning qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko‘chirilgan nusxasi Iskandariyaning (Misr) “Maktabat al-baladiya al-omma” nomli kutubxonasida ham bor. Asar muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan. Jumladan, 1886-yili Bag‘dodda, 1908-yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo‘lib, faqat asar matnidan iborat. “Bahr al-kalom”ga ayrim sharhlar ham bitilgan. Jumladan, Olim Badruddin Hasan ibn Abu Bakr Ahmad al-Maqdisi (Vaf. 1415-y.) asarga bag‘ishlagan sharhini “G‘oyat al-marom fi sharhi Bahr al-kalom” deb atagan. Bu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi qohiradagi “Dor ul-kutub”da, boshqasi Misrdagi “al-Maktabat al-Hadya-vaya”da saqlanadi. Taniqli arab olimi Hoji Xalifa ham o‘zining mashhur “Kashf uz-zunun” asarida “Bahr al-kalom”ga yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xalos[4].
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosini tadqiq qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi.Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy asarlarining nodir qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgani aniqlandi va ilmiy muomalaga kiritildi.2005 yil Toshkent islom universitetida tadqiqotchi Saidmuxtor Oqilov tomonidan professor Ubaydulla Uvatov rahbarligida “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy va uning moturidiya ta’limoti rivojiga qo‘shgan hissasi (“Tabsiratu-l-adilla” asari asosida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy maqolalar hamda risola va monagrafiyalar nashr etildi . Professor Ubaydulla Uvatovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosi” nomli risolasi hamda tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya ta’limoti” nomli monagrafiyalari e’lon qilindi[5].
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy uzoq umr ko‘rib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan[6].
Abu Muin Nasafiy o‘z davrining mashhur mutakallim olimi bo‘lgan va Samarqanddagi hanafiy kalom maktabining yirik vakili Abu Mansur Moturidiydan so‘ng shu maktabning peshqadam vakili sanalgan. Nasafiylar sulolasidan uch avlod keyin yetishib chiqqan ushbu alloma moturidiya ta’limotining eng mashhur hamda yetuk davomchisi sifatida tilga olinadi. Abu Muin Nasafiy ilmiy-ma’naviy merosini yaqindan o‘rgangan tadqiqotchilar uning ijodiga yuksak baho berganlar. Jumladan, turkiyalik kalomshunos olim, professor Husayn Otay: “Moturidiya ta’limotining eng mashhur mutakallim olimi Abu Muin Nasafiydan keyin uning yo‘lida va tizimida u kabi shaxs hali yetishib chiqmagan”, deb allomaning ilmiy merosiga yuksak baho beradi. Moturidiyning “Tavhid” asarini nashrga tayyorlagan tadqiqotchi Fathulloh Xulayf esa “Moturidiya kalom maktabining rivojida hech kim Abu Muin Nasafiydek katta xizmat ko‘rsatmagan”, deya uning ilmiy merosini alohida qadrlagan.
Nasafiy o‘zining samarali ijodi davomida kalom ilmiga oid o‘ndan ortiq asarlar yozib qoldirgan. “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid”, “Bahr al-kalom”, “Manohij al-aimma fil-furu’”, “Izoh al-Manhaj li kavn al-aql hujjatan”, “Qasid al-qavoid fi ilm al-aqoid”, “al-Ifsod li xad’ al-ilhod” hamda “al-Umda fi usul al-fiqh” asarlari ana shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha ulardan faqat uchtasi, ya’ni “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid” va “Bahr al-kalom” nomli asarlari yetib kelgan hamda nashr etilgan. Mazkur asarlar orasida “Tabsirat al-adilla” allomaning eng katta ijod mahsulidir.
Endi Abu Muin Nasafiyning moturidiya ta’limoti rivojiga qo‘shgan hissasi xususida dalillarga tayangan holda so‘z yuritsak. Chunki ulug‘ ajdodimizning aynan shu xizmati uning ulug‘vor mavqeini belgilab bergan. Hammasi Abu Muin umrining so‘nggi yillarida yozib tugatgan “Tabsirat al-adilla” asari bilan bog‘liqdir. Chunki Nasafiy o‘zining ustozi Abu Mansur Moturidiyning ta’limotiga bo‘lgan munosabatning ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy omillar ta’sirida susayib borayotgani sababli uning “Kitob at-tavhid” asariga sharh sifatida “Tabsirat al-adilla fi usul ad-din ala tariqati Abu Mansur al-Moturidiy” (“Moturidiya ta’limotining din asoslarida haqligiga aniq dalillar”) nomli asarini yozgan.
Olimning “Tabsirat al-adilla” asarini ko‘zdan kechirsak, dastlabki sahifalardagi mavzularda Nasafiy, asosan, mu’taziliy va boshqa adashgan firqalarga qarshi raddiyalar bildiradi.
Abu Muin Nasafiy shonli tariximizda ikkita ulkan xizmati bilan doim bizning qalbimizda yashaydi. Birinchidan, uning moturidiya ta’limotining diyorimizda saqlanib qolishidagi eng katta xizmati bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, o‘sha davrda diyorimizda turli buzg‘unchi oqimlarning rivojiga katta qarshilik ko‘rsatganligi tufaylidir.7
Yuqoridagi misollardan xulosa qilib aytish mumkinki, Abu Muin Nasafiy moturidiya ta’limoti vakillarining eng yorqin vakili bo‘lgan. Shuning uchun ham ulug‘ ajdodimizning “Tabsirat al-adilla” asari bilan tanishib chiqqan arab sharqshunoslari uni “Moturidiya ta’limotining interpritatori (yoritib, asoslab beruvchi)” deb o‘zlarining iliq fikrlarini bildirganlar.
Abu Muin Nasafiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni chin insoniy fazilatlar sohibi etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.
Buyuk bobomizning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatlidir. Shu ma’noda davlatimiz rahbari 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi asnosida bu ulug‘ zotning Qarshi tumani, Qovchin qishlog‘idagi muqaddas qadamjosini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, ushbu maskanda kutubxona tashkil etish va alloma asarlarini tarjima qilib xalqimizga yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergani ayni muddao bo‘ldi.
Bu haqda so‘z borganda, albatta, 2017 yil 15 iyunda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti ma’naviy meros masalasiga alohida to‘xtalib, “Keyingi vaqtda men joylarda bo‘lib, hududlarimiz hayoti bilan yanada yaqindan tanishar ekanman, shunday bir fikrga ishonch hosil qilayapmanki, biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q, – deya qayd etganini esga olish lozim. – Misol uchun, Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili Abu Muin Nasafiy bobomiz yashab o‘tganlar. U kishi uzoq muddat Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi, ya’ni islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob yozganlar. Ana shu kitoblarida bundan ming yil oldin din masalasida adashganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar”, – deb ta’kidlagandi mamlakatimiz rahbari.
O‘shanda Nasafiy bobomiz (to‘liq ism-shariflari Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy) ziyoratgohida muazzam majmua barpo etish, bu ulug‘ zotning kitoblarini tarjima qilish va nashrdan chiqarishning muhim ahamiyatga ega ekani haqida ham so‘z bordi. Mamlakatimizning barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratildi.
Prezidentimizning “Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi”, – deya bildirgan qimmatli takliflari asosida bu yerda ana shu ilmiy maktab o‘z faoliyatini boshladi. Binobarin, aqoid ilmida bitilgan jamiki manbalar, sharh va hoshiyalarda Imom Abu Muin Nasafiy nomi tilga olingani hamda uning “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar tilga kirganda”) asaridan iqtibos keltirilgani yoki unda bayon qilingan hukm e’tirof etilganini ko‘rish mumkin. _
Abul Muin Nasafiyning ilmiy merosi. Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, ulug‘ Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy milodiy 1027 yili Nasaf, ya’ni Qarshida tug‘ilgan. Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin Nasafiy ismiga “Ibsoniy”ni ham qo‘shib aytadi va Ibson qishlog‘i Qarshi shahridan bir farsah (taxminan 5-6 chaqirim) uzoqlikda joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan. Uning katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930 y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan edi. Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy hanafiy olimlar orasida mashhur edi. Abul Muin boshlang‘ich bilimlarni bobosi va otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyga shogird bo‘ladi.
Abul Muin Nasafiy Buxoro va Samarqandda yashab, samarali ijod qilgan. Uning shogirdlari orasidan Alouddin Samarqandiy, Ibrohim Saffor Buxoriy kabi olimlar yetishib chiqqan.
Abul Muin Nasafiy asarlarining ko‘pi kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. “Al-umda fi usulil fiqh”, “Bahrul kalom fi ilmil kalom”, “Tabsiratul adilla fi ilmil kalom”, “At-tamhid li qova’idit tavhid fi ilmil kalom”, “Al-olim val muta’llim”, “Izohul mahajati li kavni ahli hujjatan”, “Sharhul jome’ul kabir lish-Shayboniy fi furu’” va “Mu’taqidot” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. U o‘rta asrlarda katta shuhrat qozongan, o‘sha davrda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari hozir Dubay, Damashq, Bag‘dod, Qohira va Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. Olimning ushbu asari uchta katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova’idit tavhid”, “Bahrul kalom”) birinchi bo‘lib nashr etilgan.8
Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham ma’lum, asarda moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi.
Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo‘jaz kitobi “Kitobut tamhid li qova’idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko‘plab nusxalari saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istanbul kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma asosida qayta nashr etildi.
Abul Muin Nasafiy Abbosiylar hukmronligi zaiflashib, inqirozga yuz tutayotgan davrda yashab ijod qildi. Bu davrda ulkan imperiya bir necha mustaqil mamlakatlarga bo‘linib ketdi, siyosiy ahvol ancha keskinlashdi. Bu holat ilm sohasiga salbiy ta’sir qilmadi. Aksincha, yuksak madaniyat markazi bo‘lgan poytaxt Bag‘dodga bellashadigan Qurtuba, Qohira, Buxoro kabi madaniyat o‘choqlari paydo bo‘ldi. Shunday ilm-irfon markazlarida Abul Muin Nasafiydek buyuk olimlar yetishib chiqdi.
Alloma mol-dunyoga qiziqmadi, parhezkor, faqih, muhaddis, mutakallim bo‘lib, qat’iy dalillar bilan salaflarning fikrlarini mustahkamladi, mo‘tazila, jahmiya, rofiziya, xorijiya kabi muxolif firqalarga qarshi turib, ularning aqidasi botilligini aniq, ishonchli hujjatlar bilan isbotlab, odamlar orasida ilmu ma’rifat ziyosini sochdi. Abul Muin Nasafiy milodiy 1114 yili vafot etdi. Qabri Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida.
Abul Muin Nasafiy xususida so‘z. Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy “Islom qonunshunosligida va kalom ilmida Hazrati Moturidiydan keyin turadigan alloma”, – deb tavsiflangan tarixiy manbalarning birida. Olimning asarlarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilishning ahamiyati shunda ko‘rinadiki, Abu Muin Nasafiy davridagi turli aqidaviy g‘oyalarni ko‘tarib chiqqan oqimlar va aqidaviy yo‘nalishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, chalkash aqidaviy masalalarga yechim izlash, aqidaviy oqimlarning ta’limotlariga asosli raddiyalar bera olish bugungi kunda ham shu sohadagi muammolarni bartaraf etishdagi to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishning muhim omilidir.
Abu Muin Nasafiyning shogirdi Abu Hafs Umar Nasafiy u kishini: “Ilmi dengizdek hovuchlab ichiladigan zot, Sharqu G‘arbning olimi”, – deb ta’riflagan edi_. U kishi Mo‘tazila, Hanbaliya, Jahmiya, Rofiziya, Xavorijiy va boshqa firqa vakillariga inkor etib bo‘lmas hujjatlar bilan dalil keltirgan buyuk olimdir. U ilmni odamlarga tarqatdi. Shogirdlari uni maqtab “Umarun Nasafiy” (“Nasaflik Umar”), – deb atashdi.
Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand ulamolari xotirasiga doir qanddek shirin kitob”) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”. Kalom ilmining yirik namoyandalari Abulhasan Ash’ariy va Abu Mansur Moturidiy asarlaridan ta’lim olgan Abu Muin Nasafiy kalom ilmida yetuk alloma sifatida kalomning turli masalalariga oid 15 ga yaqin asarlar yozgan. Ulardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. “Al-Umda fi usulil-fiqh” (“Fiqh usullari tayanchi”).
2. “Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi dalillar ko‘zgusi”).
3. “At-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi tavhid qoidalar uchun yagona kitob”).
4. “Olim va mutaallim” (“Olim va ilm o‘rganuvchi”).
5. “Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan” (“Aql dalilligini izoh va hujjatlar bilan asoslash”).
6. “Manohijul-aimma fil-furu’” (“Imomlarning huquqshunoslik bo‘yicha tutgan yo‘llari”).
7. “Mu’taqidot” (“E’tiqodlar”). Bu asarning bir qo‘lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda
8. “Bahrul-kalom” (“Kalom dengizi”). Bu asar alloma ijodining gultoji hisoblanadi.
Asar islom falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbadir. Uning qo‘lyozmalari Dubay, Damashq, Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. 1886 yili Bag‘dodda, 1908 yili Qohirada nashr etilgan.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish