Tatqiqotning maqsadi:
-Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarining tahlilini yoritish.
-Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarinikeng va atroflicha toritib berish.
Tatqiqotning obyekti:
Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarini aniqlash va o’rganish.
Tatqiqotning pretmeti:
Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalar
Tatqiqotning vazifalari:
- Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarni o’rganish va tahlil qilish.
- Mavzuga oid manbalarni o’rganishda va tahlil qilish natijasida amaliy taklif berish.
- Mavzuga oida manbalarni o’rganish mobaynida tavsiyalar berish.
- Tahlil qilish mobaynida xulosa chiqarish.
Tatqiqotning ilmiy nazariy va amaliy ahamiyati:
-Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarining tahlilini yoritish hamda uni keng ommaga tatbiq etilsin.
Tatqiqotning metodlari; -Abul Muin An-Nasafiy “Tabsirat al – adilla asarining O’zbekistonda saqlanayotgan qo’lyozmalarining tahlilini yoritishda tatbiq etilgan metodlar:
Tarixiy kuzatish metodi,
Pedagogik tahlil.
Taqqoslash kabi metodlardan foydalanildi.
I BOB. ABU MUIN NASAFIY RAHMATULLOHI ALAYHNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
1.1. Abu Muin Nasafiy rahmatullohi alayhning hayoti va u zot yashagan davr.
Azaldan jonajon yurtimiz dunyoga ko’plab sohalarda buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Bu ulamolar o’z yo’nalishlarida ulkan yutuqlarga erishgan. Shu qatorida kalom ilmi ham ravnaq topdi. Bu ilmda juda ko’plab olimlar ijod qilgan. Ushbu yo’lda hizmat qilgan yetuk allomalardan biri ulug‘ olim, ahli sunna val jamoa peshvosi, Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyondasi, mutakallimlar tili va boshqa unvonlar sohibi Abul Muin Nasafiydir. Uning asl ismi Abul Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mo‘tamad ibn Muhammad ibn Makhul ibn Fazl Nasafiy Makhuliydir. Milodiy 1027- yili yoki 1038-yili( hijriy 418- yoki 438- yili) Nasafda tug‘ilgan.
Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin ismiga “Ibsoniy”ni ham qo‘shib aytadi. Ibson qishlog‘i Qarshi shahrida joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan. U kishiga Makhuliy deb nisbati berilishi katta bobolari sabablidir. Katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930 y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan biri edi. Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlari orasida mashhur edi. Imom Nasafiy ilmga qiziqtirgan inson uning otasi Muhammad ibn Mo’tamad bo’lgan. U o’z shahrining peshvo ulomolaridan edi. Hatto Imom Nasafiy ba’zi sanadlarni rivoyat qilganda otasini ismini ham qo’shib aytar edi. Muhammad ibn Mo’tamad bir qancha kitob ta’lif etgan. “Lu’lu’yot fil mavo’iz”, “Lubob”, “Roddu a’la ahli bida’i val ahvai” (bid’atchi va hayolparastlarga raddiya) shular jumlasidan hisoblanadi. Boshlang‘ich bilimlarni bobosi so’ngra otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyning shogirdi bo‘ladi. Imom Nasafiy kalom ilmida yetuk olim sifatida salaf va xalaf o’rtasida ko’prik vazifasini bajargan va Moturidiyya yo’nalishini rivoj topishida ulkan xizmatlar qilgan.2
Imom Nasafiy Abbosiylar xalifaligi davrida Buxoro va Samarqandda yashab, ijod qilgan. Bu davrda ilm – fanning barcha sohalariga e’tibor berilgan. Natijada jamiyatda hur fikrlilik rivojlanib, turli xil oqimlar va aqidalar paydo bo’la boshlagan edi. Shu sababli imom Nasafiy turli noto’g’ri mazhablarga raddiya sifatida ko’plab kitoblarni ta’snif etgan. Ulardan bizga yetib kelganlari:
“Tabsirtul adilla fi usuliddin”, bu kitob Motuturidiyya mazhabi bo’yicha Imom Moturidiyning “Tavhid” kitobodan keyingi o’rinda e’tirof etiladi.
“Bahrul kalom fi ilmil kalom”, bu kitob kalom ilmi bo’yicha Moturidiyya maktabining asasiylaridan biridir. Ushbu asar Abu Mansur Moturidiy asos solgan islomiy aqidaning bosh manbalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, islom dinida turli tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi davrda bu asarning ilmiy amaliy ahamyati beqiyosdir.
“At-Tamhid li qovaidit tavhid fi ilmil kalom”,
“al-Olim val mutaallim”,
“al-Umda fi usuli fiqh”
“izohul ma hajati likavnilaql hujjatan” ,
“Sharhul jomi’ul kabir lishshaybinuy fi furu’”,
“Manohijul aimmati fi furu’”,
“Mo’taqidot”.
Uning shogirdlari orasidan Ahmad al-Bazdaviy, Ahmad ibn Muhammad Abul Fath Xulamiy 470 yili tug’ilgan. Buxoro shaxrida yashab juda kop ilm sohibi bo’lgan. Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Abu Bakr Alouddin Samarqandiydir, u hanafiy olimlar orasida “Tuhfatul fuqiho” nomli kitobi ila mashhurdir. Melodiy 1180 yil vafot etgan. Ibrohim Saffor Buxoriy, Najmiddin Umar Nasafiy, Abu Bakr Koshoniy, Abul Muzaffar Toliqoniy kabi olimlar yetishib chiqqan. Abul Muin Nasafiy asarlarining ko‘pi kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan.
Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. U o‘rta asrlarda katta shuhrat qozongan. Olimning ushbu asari uchta katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova’idit tavhid”, “Bahrul kalom”) birinchi bo‘lib nashr etilgan.Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham ma’lum, asarda moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi.Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo‘‘jaz kitobi “Kitobut tamhid li qova’idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko‘plab nusxalari saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istambul kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalari asosida qayta nashr etildi. Alloma mol-dunyoga qiziqmadi, parhezkor, faqih, muhaddis, mutakallim bo‘lib, qat’iy dalillar bilan salaflarning fikrlarini mustahkamladi, mo‘tazila, jahmiya, rofiziya, xorijiya kabi muxolif firqalarga qarshi turib, ularning aqidasi botilligini aniq, ishonchli dalillar bilan isbotlab, odamlar orasida ilmu ma’rifat ziyosini sochdi. Abul Muin Nasafiy milodiy 1114 yili (hijriy 508 yil) vafot etgan. Qabri Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida.
Nasafiy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) — tarixchi, faqih, tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligiga doir „al-Manzumat an-nasafiya fil-xilofiyot“ („Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari“), „Aqoid an-nasafiy“ („Nasafiy aqoidi“), shariat qonunlari va Qurʼoni karim sharhiga doir „al-Yavoqit fil-mavoqit“ („Qulay vaqtlar xususida yoqutlar“), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) „Taysir fit-tafsir“ („Tafsir etishdagi qulayliklar“), shuningdek, tasavvufga doir „Risolayi Najmiya“ kitobi bizgacha yetib kelgan boʻlib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Nasafiy asarlariga qiziqish qadimdan katta boʻlgan. Uning „al-Manzumat un-nasafiya“ asariga zamondoshi Alouddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (?) (vaf. 1157 y.) „Hasrul-masoil va kasrud-daloyil“ („Masalalarning cheklangani va dalillar kasri“) deb nomlangan sharh bitgan.
Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Saʼduddin Masʼud ibn Umar Taftazoniy (vaf. 1390 y.) Nasafiyning „Aqoid an-Nasafiy“ asariga „Sharh ul-aqoid un-nasafiya“ nomli sharh yozgan. Nasafiyning „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ ["Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin) kitob"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bagʻishlangan. Unda Movarounnahr tarixi, toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim maʼlumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida joylashtirilgan boʻlib, uning bizgacha yetib kelgan qoʻlyozma nusxasining „xo“dan „kof“ harflarigacha boʻlgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday boʻlsada, bu asar mustaqil yurtimiz oʻtmishiga doir boʻlak manbalarda uchramaydigan maʼlumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti Nasafiyning ushbu asarining qisqartirilgan holdagi oʻzbekcha tarjimasini „Samarqandiya“ nomi ostida chop etgan (2001).[1]3
Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. „Najmuddin“ („Dinning yulduzi“) laqabining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, sheʼriyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bagʻdod, Marv kabi ilm markazlarida koʻplab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan.
Olim oʻz davrida hadis ilmini bilimdoni sifatida „al-Hofiz“, fiqh olimi sifatida „al-Faqih“, yirik tasavvuf namoyandasi sifatida „az-Zohid“ unvonlariga musharraf boʻlgan. Movarounnahrda hanafiy mazhabining rivojiga qoʻshgan hissasi ulkan boʻlgani bois olim ismiga „al-Hanafiy“ nisbasi ham qoʻshib aytiladi. Asli Nasafdan boʻlgan bu olim umrining asosiy qismini Samarqandda oʻtkazgani uchun manbalarda „an-Nasafiy summa as-Samarqandiy“ („nasaflik“, soʻngra „samarqandlik“) deya tavsiflanadi. Nasafning qadimiy nomi „Naxshab“ boʻlgani bois, muallifning nasabi baʼzi manbalarda „an-Naxshabiy“ shaklida ham uchraydi.
Nasafiy yoshlik davrini Nasafda oʻtkazgan, 30 yoshidan soʻng Samarqandga borgan. Umrining asosiy, ilmiy-ijodiy qismini shu shaharda oʻtkazgan va oʻz tahsilini davom ettirgan. Shahardagi „Dor al-juzjoniya“ nomli markaz uning yetuk olim boʻlib yetishishida katta ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik olim ushbu ilm markazida mudarrislik qilgan.
Nasafiy 1113-yili 45 yoshida Makkai Mukarramaga hajga yoʻl oladi. U oʻz safari davomida Bagʻdod shahrida boʻlib, u yerdagi taniqli olimlar suhbatidan bahramand boʻladi. Bagʻdoddagi Amir Xumor-tegin ibn Abdulloh madrasasida hadis ilmidan dars beradi. Hadis roviysi Abul Qosim ibn Bayondan hadislar yozib oladi. Abul Abbos Muhammad ibn Yunus al-Kudaymiy va Saraxsda Abul Fadl Muhammad ibn Ahmad as-Soigʻiy kabi ulamolardan hadislar eshitadi. Bagʻdodlik muhaddis olim Ibn an-Najjor Nasafiy jamlab taʼlif etgan „Tatvil al-asfor li-tahsil al-axbor“ („Xabarlar talabidagi uzoq safarlar“) nomli asaridan dars olib, uni oʻz shogirdlariga rivoyat qilgan. Mazkur asarda Nasafiy oʻzining barcha ustozlari haqida xabar bergan. Ammo olimning Bagʻdod, Makka va Madinaga qilgan safari uzoqqa choʻzilmadi. U tez orada oʻz ona yurtiga qaytdi.
Olimning ijodi oʻz yurtiga boʻlgan kuchli muhabbat, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, ilm ahliga mehr va samimiyat tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgan. Allomaning „shoh asari“ — „Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ Movarounnahr oʻlkasidan yetishib chiqqan mingdan ziyod yurtdoshlarimizning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi qimmatli biografik maʼlumotlarni bergan.
Nasafiyning tugʻilib ulgʻaygan ona yurti Nasaf oʻsha davrda Movarounnahrning yirik ilmiy markazlaridan biri boʻlgan. Yirik muhaddis olim Imom Buxoriy oʻz ilmiy safarlaridan birida Nasafga tashrif buyurgan edi. Nasafiy ilk tahsilini shu shaharda olib, yoshligidan ilmga muhabbati, ustozlarga hurmati, namunali odobi bilan tanilgan. Nasafiy ilm olish niyatida boshqa yurtlarga borgan va koʻplab ustozlardan taʼlim olgan.
Nasafiy yashagan davrda Movarounnahrda turli ilm sohalari rivojlangan edi. Xususan, olim oʻz umrning asosiy ijodiy qismini oʻtkazgan Samarqand shahrida muhaddislar uylari, mahallalar, guzarlar, masjid va madrasalar kabi hadis toliblari yigʻiladigan joylar hadis ilmi markazlari boʻlgan. Shulardan biri „Dorul Juzjoniya“ nomli ilm dargohi boʻlib, u yerda XI-XII asrlarda muhaddislar qizgʻin faoliyat koʻrsatganlar.
Nasafiy haqida unga zamondosh va undan keyin yashagan mualliflar tomonidan yozib qoldirilgan maʼlumotlar koʻplab manbalarda uchraydi. Nasafiyning hayoti haqida aniqroq maʼlumotlarni uning zamondoshi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy al-Marvaziy (v. 1167) beradi. Masalan, u oʻzining „Kitob al-ansob“ („Nasablar kitobi“) asarida Nasafiyning nomini 27 oʻrinda tilga oladi. Sam’oniydan keyingi mualliflar esa uning maʼlumotlarini oʻz asarlarida takrorlaydilar va faqat ayrim hollardagina yangi baʼzi qoʻshimcha maʼlumotlarni keltiradilar. Abu Saʼd Sam’oniy Nasafiy bilan maktublar orqali ilmiy muloqotda boʻlib turganini faxr bilan zikr etadi.
Nasafiy 74 yil umr kechirib, juda sermahsul ijod qilgan. U koʻproq Samarqand shahrining „Sikkat al-labbodin“ („Kigizchilar koʻchasi“) mavzeidagi koʻchalarning birida hayot ke¬chirgan. Bu mahalla keyinchalik uning sharafiga „Zuqoq Abi Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy“ („Abu Hafs Umar ibn Muhammad Nasafiy koʻchasi“) deb atala boshlagan.
Nasafiy 461/1068-yili Nasafda tavallud topgan va 537 yil 12 jumodu-l-avval/1142-yil 3-oktabr kuni Samarqandda vafot etgan. Alloma Chokardiza qabristoniga, „Imom al-hudo“ („Hidoyat yoʻlboshchisi“) Abu Mansur Moturidiy yoniga dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |