Himoyaga ruxsat etildi



Download 0,66 Mb.
bet1/13
Sana13.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#791954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abul Muin Nasafiy.


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI




“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
“Islomshunoslik va islom svilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri
______ PhD M.Haydarov
“______” ____________2022-yil

“TASDIQLAYMAN”
“Islomshunoslik” fakulteti dekani ______________________ J.Toxirov
“______” ____________2022-yil

SHOYIMOV MUHAMMAD BOBUR
ABUL AN-NASAFIY “TABSIRAT-UL-ADILLA” ASARINING O’ZBEKISTONDA SAQLANAYOTGAN QO’LYOZMALARINING TAHLILI”
5160100 – Islomshunoslik
Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar: t.f. PhD, o‘qit. I.Daminov.
Ichki Taqrizchi: t.f.dots. S.Oqilov.
Tashqi taqrizchi t.f.n.,katta ilmiy hodim: Sh Ziyodov.
MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. ABU MUIN NASAFIY RAHMATULLOHI ALAYHNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
I.1. Abu Muin Nasafiy rahmatullohi alayhning hayoti va u zot yashagan davr.
I.2. Abu Muin Nasafiy rahmatullohi alayhning ilmiy faoliyati va qoldirgan ilmiy merosi.
II BOB. ABU MUIN NASAFIY RAHMATULLOHI ALAYHNING “TABSIRATU-L-ADILLA” ASARINING MOTURIDIYA TA’LIMOTIDA TUTGAN O‘RNI
II.1. “Tabsirat-ul-adilla” asarining O‘zbekistonda saqlanayotgan qo‘lyozmalari muhum manbadir.
II.2. Asarning O‘zbekiston ulamolari tomonidan o‘rganilganlik darajasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVA


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mamlakat rahbariyati milliy va diniy qadriyatlarni tiklashga katta eʼtibor qaratmoqda, - deb yozadi nufuzli jurnal. - Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi yaratilmoqda. Ushbu markazlarning loyihalari mamlakatning yangi rivojlanishining namunasidir».
Ushbu markazlarning tashkil etilishi O‘zbekiston xalqaro aloqalarini yana-da rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Dunyo O‘zbekiston zaminida tug‘ilib o‘sgan buyuk olim va mutafakkirlarning nomlarini yaxshi o‘rganishi kerak. Mustaqillik sharofati bilan olimlar Abu Muin Nasafiy hayoti va ijodini ilmiy asosda o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi, deb taʼkidlanadi materialda.
O‘zbekiston Prezidenti diniy arboblar bilan muloqotda bugungi kunda o‘zbek xalqining buyuk ajdodi asarlari katta ahamiyatga ega ekani va ularni nashr etish, mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish zarurligini taʼkidlaydi. Ushbu majmuada, shuningdek, Samarqand qog‘oziga yozilgan Qurʼoni Karimning qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bunday kitoblar o‘zbek xalqining bebaho merosi ekani, ularni kelajak avlodlarga yetkazish kerakligini taʼkidladi, deb qayd etadi muallif.
Shuningdek, maqolada mashhur ilohiyotshunos va mutafakkir Abu Muin Nasafiy 1027- yilda Nasaf (hozirgi - Qarshi) shahrida tug‘ilgani va shu yerda tahsil olib, bilimini oshirgani maʼlum qilingan.
«U XI asr aqida ilmining yorqin vakillaridan biridir, - deb eʼtirof etadi nashr. - Abu Muin Nasafiy Abu Mansur Moturidiy asos solgan Moturidiya taʼlimoti rivojida muhim rol tutgan. Nasafiy o‘z asarlarida Islom haqidagi noto‘g‘ri tushunchalarga oydinlik kiritgan, diniy fanatizmga qarshi kurashgan. Islomshunos olim 1114-yilda Samarqandda vafot etgan va Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan».

Abu Muin Nasafiy - Abu Mansur Moturidiy asos solgan Moturidiya taʼlimotining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan buyuk ilohiyotshunoslardan biridir.


Buyuk ilohiyotchilar Abu al-Hasan al-Ashariy va Abu Mansur Moturidiyning shogirdi Abu Muin Nasafiy kalom ilmining turli yo‘nalishlarida 15 ga yaqin asarr yozgan. «Al-Umda fi usulil-fiqh» («Fiqh usullari tayanchi»), «Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom» («Kalom ilmidagi dalillar ko‘zgusi»), «At-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom» («Kalom ilmidagi tavhid qoidalar uchun yagona kitob»), «Olim va mutaallim» («Olim va ilm o‘rganuvchi»), «Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan» (“Aql dalilligini izoh va hujjatlar bilan asoslash»), «Manohijul-aimma fil-furuʼ» («Imomlarning huquqshunoslik bo‘yicha tutgan yo‘llari»), “Muʼtaqidot” (“Eʼtiqodlar”) asarlari shular jumlasidandir. Ushbu asarlar qo‘lyozmalari bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Abu Muin Nasafiy ilmiy merosi islom falsafasining eng qimmatli manbalardan dir. Mutafakkir asarlarining qo‘lyozmalari Dubay, Damashq va Iskandariya kutubxonalarida ham saqlanadi. Shuningdek, uning asarlari 1886 yilda Bag‘dodda va 1908 yilda Qohirada nashr etilgan.
Maqola taʼkidlanishicha, dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan Abu Muin Nasafiy asarlari orasida «Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy taʼlimotiga muvofiq dalillar bilan izohlash» nomli kitobi ham bor. Olimning “Bahrul-kalom” («Kalom dengizi») asari Moturidiy taʼlimotining asosiy manbalaridan biridir.
Yurtimiz istiqlol sharofatiga muyassar bo‘lganidan so‘ng tarixda yashab o‘tgan ko‘plab ulug‘ ajdodlarimiz hayot yo‘llari hamda ularning bebaho ilmiy merosini har tomonlama chuqur tadqiq etishga davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda.1
Azim diyorimizning har bir hududidan, jumladan, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona kabi manzillaridan yuzlab allomalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, “Nasafiy” nisbasi bilan qalam tebratgan ajdodlarimizning ilmiy meroslari diqqatga sazovordir. Ular orasida, shubhasiz, Abu Muin Nasafiyning o‘rni beqiyos. Sababi, bu ulug‘ zotning O‘rta asrlarda olib borgan faoliyati nafaqat o‘sha davr, balki kelajak avlod kamoloti uchun ham juda katta ahamiyat kasb etgan.
Shuni alohida iftixor bilan ta’kidlash kerakki, Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha joriy yilda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan allomaning maqbarasi ta’mirdan chiqarilib, katta ziyoratgohga aylantirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, Abu Muin Nasafiyning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilayapti.
Nasafiy bobomiz o‘z asarlarida turli buzg‘unchi, adashgan oqimlarga keskin raddiyalar berib, ularning diyorimizda rivojlanishiga qarshilik qilgan. O‘sha davr ulamolari Abu Muin Nasafiyning o‘z asarlarida illatlarni fosh etib, haqiqatni bayon qilgani uchun unga arab tilida “Sayf ul-haq”, ya’ni “Haqiqat qilichi” degan sharafli nom berganlar.
Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Abu Muin Nasafiy 1027 yili tavallud topgan hamda 1114 yili zulhijja oyining yigirma beshinchi kuni (21 may) vafot etgan. Ulug‘ ajdodimiz Qarshi tumanining Qovchin qishlog‘ida mangu qo‘nim topgan.
Abu Muin Nasafiy dastlabki ta’limni tug‘ilib o‘sgan shahri Nasafda egallab, so‘ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko‘chib o‘tgan, keyinchalik faoliyatini Buxoroda davom ettirgan. Nasafiy “Tabsirat al-adilla” nomli shohasarini 1106 yili Buxoroda yozib tugatganidan, u Buxoroda ancha vaqt muqim qolgan, degan xulosaga kelish mumkin. Ammo olim hayotining so‘nggi yillarini Nasaf shahrida o‘tkazgan.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish