O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti soliqli daromadlari3
O’z navbatida, budjet daromadlari tarkibida soliqlarning tutgan o’rniga nisbatan iqtisodchi olimlar dunyosida turli xildagi qarashlar mavjud.
XIX asrda S.Simondi soliqlarning budjet daromadlari sifatidagi mohiyatini tadqiq qilish asosida – soliq to’lovchi davlat xizmatlarini kelgusida iste’mol qilish maqsadida joriy ne’matning ma’lum qismini hukumat foydasiga qurbon qiladi – degan xulosaga kelgan. XIX asrning boshqa iqtisodchilari A.Tyer va J. Mak- Kullox soliqlarni davlatga berilgan “sug’urta to’lovi” sifatida qaraydilar7. Soliqlar davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyati va xususiyatlarini ochib berishda J.M.Keynsning fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikrlari bevosita bozor iqtisodiyotida davlatning rolidan kelib chiqadi. Unga binoan bozor mexanizmi o’zini-o’zi tartibga sola olmaydi va bu ishni faqat davlat amalga oshira oladi. Bu ishni davlat fiskal va pul-kredit siyosati orqali amalga oshirishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga bozorni tartibga solishda soliqlarning o’rniga alohida to’xtaladi. J.M.Keyns yuqori progressiv soliqlar davlat budjetini muvozanatlashga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi. Bunda davlatning adolatli ijtimoiy siyosati muhim ahamyat kasb etadi, aholining kam ta’minlangan
3 Vahobov. A., Jo’raev. A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. – T.: “Sharq”, 2009.
7 Jo’raev.A.“Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari”. T.: “Fan”, 2004 24-bet
qatlamlari soliqdan ozod qilinadi va soliq yuki to’liq badavlat soliq to’lovchilar zimmasiga yuklanadi. Keynsni e’tirof etishicha, katta jamg’armalar iqtisodiy o’sishga halaqit beradi. Chunki ular ishlab chiqarishga yo’naltirilmaydi va daromadlarning passiv manbai hisoblanadi. Shuning uchun ortiqcha jamg’armalarni soliqlar yordamida undirib olish zarur8.
Taniqli iqtisodchi olimlardan biri S.H. Gataulin ham “soliqlar o’zi nimaga kerak?” degan savolga quyidagicha javob beradi: “Soliqlar – bu davlat sarf-xa- rajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir”9.
O’zbekistonlik olimlardan Q.Yaxyoev soliqlarni budjet daromadlarining manbai va xususiyati sifatida tadqiq qilib, “soliqlarning ob’ektiv zarurligi – dav- latning bajaradigan qator funksiyalarini mablag’ bilan ta’minlashning zarurligidan kelib chiqadi” degan xulosaga kelgan10.
Pofessor T. Malikovning fikriga ko’ra, “Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida budjetga kelganligi va faoliyat ko’rsatganligi uchun ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismidir”11.
Ko’rib o’tganimizdek soliqlar davlat budjetining asosini tashkil etishi uzoq yillardan beri taniqli iqtisodchi olimlarning fikrlarida o’z aksini topgan. Shu bilan birga bu nazariyalar amaliyotda sof holda qo’llanilmagan. Ulardan har bir davlat o’zining xususiyatlari va iqtisodiy barqarorligidan kelib chiqib qo’llashi mumkin. Shu nazariyalardan kelib chiqib, soliqlarning budjet daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: a)soliqlar davlat zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan budjet daromadlarining asosiy va birlamchi moliyaviy manba hisoblanadi; b) soliqlar-ning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi bilan belgilanadi; c) soliqlardan budjetning iqtisodiy mazmundagi xa- rajatlarni moliyalashtirishda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berish amaliy
8 Кейнс.Д.М. “Общая теория занятности, процента и денег” М.: “Прогресс”. 1978. стр.365
9 Gataulin.SH. Soliqlar va soliqqa tortish. T.:2006. 18-bet.
10 Yaxyoev.Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.:”G’.G’ulom”.2005. 11-bet.
11 Malikov.T. Soliqlar va soliqqa tortishning dalzarb masalalari. T.: 2002. 18-bet.
ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan mamalakatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo’yadi; d) soliqqa tortish tamoyillari buzilishiga yo’l qo’ymaslik soliq tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi; e) respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo’lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlar, nazariyalar, qarashlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotning davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solinishi davlat budjetini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish uslubi hisoblanadi. Shunday qilib, davlat budjet daromadlarining mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqlardan tushadigan tushumlar davlat budjeti mustaqilligining bosh manbaidir.
Hozirgi iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko’p jihatdan bozor iqtiso- diyotining davlat tomonidan tartiblanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Lekin bunda asosiy masala davlat tomonidan boshqarishning vositalari, usullari, imkoniyatlari va chegaralarini har bir davlat uchun xos bo’lgan bozor ichki faoliyatidan kelib chiqqan holda to’g’ri tanlab olishdadir.
Bulardan tashqari budjet daromadlarni shakllantirish bo’yicha, soliqlarni undirish tartibi bo’yicha huquqiy normalar yaratilgan bo’lishi ham budjet daro- madlarini barqaror va uzliksiz shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki davlat huquqiy asos yaratish orqali soliqlarni undirish borasida hamma uchun umumiy bo’lgan tartibni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida o’ziga xos budjet qo- nunchiligi yaratildi va hozirgi kunda ham u yangilanib bormoqda. Respublika- mizda budjet qonunchiligi uzoq muddat amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar (budjet munosabatlarining alohida masalalarini tartibga soluvchi) va qisqa muddatli, har yili qayta ko’rib chiqiluvchi hujjatlardan iborat (2-rasm). O’zbekiston budjet tizimining huquqiy asosini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Asosiy qomusimizda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqolpoqiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratligi hamda Respublikada yagona soliq tizimi amal qilishi belgilab berilgan.
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |