«himoyaga ruxsat etildi»



Download 0,9 Mb.
bet9/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#470335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
moliya kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti d

(4-rasm)


O’zbekiston Respublikasi davlat budjet daromadlari tarkibida egri soliqlarning o’rni13

Qo’shilgan qiymat solig’ining to’lovchilari bo’lib amaldagi qonunchilikka asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan14:

  1. sоliq sоlinadigan оbоrоtlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar;

  2. Soliq kоdeksga muvоfiq zimmasiga O’zbekistоn Respublikasi nоrezidentlari tоmоnidan amalga оshirilayotgan sоliq sоlinadigan оbоrоtlar uchun qo’shilgan qiymat sоlig’i to’lash bo’yicha majburiyat yuklatiladigan

yuridik shaxslar;



13 Moliya vazirligi 2012-2014-yillardagi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi malumotlari.
14 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.2007-yil 25-dekabr. O’RQ-136-son. 197-modda.

  1. tоvarlarni O’zbekistоn Respublikasi hududiga impоrt qiluvchi yuridik va jismоniy shaxslar, o’z ehtiyojlari uchun bоjsiz оlib kirish nоrmalari dоirasida tоvarlar оlib kiruvchi jismоniy shaxslar bundan mustasnо;

  2. оddiy shirkat sоliq sоlinadigan оbоrоtlarni amalga оshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishоnchli shaxs) sherik (ishtirоkchi)

— yuridik shaxs.
Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko’ra qo’shilgan qiymat solig’ining ob’ekti bo’lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi.
Soliq kodeksiga ko’ra, soliq solish bazasi realizatsiya qilinayotgan tovar (ish. xizmat)larning qiymatidan kelib chiqib, qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan holda aniqlanadi. Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga o’tkaziladigan soliq summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tovarlarni import qilish bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foiz stavkada to’lanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = So x S / 100;
bunda: Sqqs - iste‘molchilardan undiriladigan soliq summasi;
So - soliqqa tortiladigan oborot;
S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tq x S / (S + 100);
bunda: Tq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
Qo'shilgan qiymat solig‘i bilvosita ko’p bosqichli soliq bo‘ladi, ishlab chiqarish va taqsimlash siklidan boshlanib, iste'molchiga sotilishgacha bo‘lgan har bir bosqichdan undiriladi. Uning obekti bo‘lib, ushbu jarayonlarda qo’shilgan qiymat hisoblanadi Ya'ni, maxsulot ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko‘rsatuvchi tomonidan yangidan maxsulot ishlab chiqarish uchun yoki ishlar va xizmatlarni amalga oshirish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar yoki tovarlar va maxsulotlar ustiga qo’shilgan qiymatdir. Ushbu soliq tovarlar, ishlar va xizmatlar narxining barcha elementlarini cheklaydi hamda ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga undaydi.
Qo’shilgan qiymat solig‘i hisobotlari asosida davlat sanoat va savdo kapitalining aylanishi to‘grisidagi ma'lumotlarga ega bo‘ladi va bu makrodarajada tartibga solishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarlar hali haqiqiy va ohirgi iste'molchi hisoblangan hamda soliqning haqiqiy to‘lovchisi bo’lmish aholiga sotilishidan oldin daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
QQS tovar yoki xizmat nimaga mo’ljallanganidan qat'iy nazar to’lanaveradi, xaridor esa QQSni kaytarib olish uchun soliq idoralariga bunga hakli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni takdim etishi lozim. QQSning bu afzalligi ko’pincha shaxsiy foydalanish uchun, biznesda yoki eksport uchun darhol foydalanish maqsadida ko‘rsatiladigan xizmatlarga soliq solish chog’ida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi afzalligi quyidagi qoidalar bilan mustahkamlanadi:

    1. QQSdan bo’yin tovlash oson emas, chunki hisob-varaqlarga qarab tovar harakatini aniqlash oson, nega deganda sotuvchi o‘z xarajatlarini qoplash maqsadida soliq qaytarib berilishi uchun buni tasdiqlovchi hujjatni takdim etishi kerak;

    2. QQS qo’llanilishi narxni soxtalashtirish maqsadida haridor bilan sotuvchi o‘rtasida til biriktirish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi, chunki agar haridor soliq xususida ko’proq chegirmaga ega bulish uchun hisobvaraqda narx yuqori darajada ko‘rsatilishidan manfaatdor bo‘ladi, sotuvchi o‘z soliq majburiyatini kamaytirish

uchun narx mumkin qadar arzon bo’lishidan, demak, kamroq soliq to’lashdan manfaatdordir;
Qo’shilgan qiymat solig‘ining asosiy ustunligi shundaki, ishlab chiqarishning har bir bo‘ginida to’langan soliqning xajmini aniqlash mumkin. Bu esa, masalan, eksportga berilgan chegirmalarni aniq hisoblashga yordam beradi va eksport subsidiyalari berilgan vaqtdagi qonun bo‘zilishlarning oldini oladi.
Aksiz solig’i. O'zbekistonda aksiz solig’i 1992-yilda qo'shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiz solig'i qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Bu soliq davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o’rin egallaydi, jumladan davlat budjeti daromadlari tarkibida 2012-yilda 15.1 foizni, 2013-yilda 14.8 foiznni va 2014 yilda esa 15 foizni tashkil etgan (4-rasm). Mazkur soliq qimmatbaho buyumlar hamda ikkinchi darjali iste’mol mahsulotlariga keng qo’llaniladi. Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, aksiz solig’ini qo’llashdan maqsad ikkinchi darajali iste’mol mahsulotlarini iste’molini cheklash hisoblanadi.
Aksiz solig’ini to’lovchilari bo’lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o’rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruv- chi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblandi. Bundan tashqari, oddiy shirkat aktsiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig'ini to'lovchi bo'lib hisoblanadi.
Aksiz solig’ining ob’ekti bo’lib, aksizosti tovarlarni realizatsiya qilishi, import qilsh, yuridik shaxs ustav kapitaliga ulush sifatida kiritish, yuridik shaxs
tugatilganda yoki o’z ixtiyori bilan chiqib ketganda umumiy mulkdagi mol- mulkdan ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish hisoblanadi.
Aksiz sоlig’ining stavkalari mutlaq summada (qat`iy) belgilangan Aksiz to’lanadigan tоvarlar bo’yicha sоliq sоlinadigan baza Aksiz to’lanadigan tоvarlarning naturada ifоdalangan hajmi asоsida aniqlanadi. Aksiz sоlig’ining stavkalari fоizlarda (advalоr) belgilangan ishlab chiqarilayotgan Aksiz to’lanadigan tоvarlar bo’yicha realizatsiya qilingan Aksiz to’lanadigan tоvarlarning Aksiz sоlig’i hamda qo’shilgan qiymat sоlig’i kiritilmagan qiymati sоliq sоlinadigan bazadir. Aksiz sоlig’ining stavkalari fоizlarda (advalоr) belgilangan impоrt qilinayotgan Aksiz to’lanadigan tоvarlar bo’yicha sоliq sоlinadigan baza bоjxоna to’g’risidagi qоnun hujjatlariga muvоfiq aniqlanadigan bоjxоna qiymati asоsida belgilanadi.
Egri soliq sifatida aktsiz solig’ining qo’shilgan qiymat solig’idan farqlanuvchi xususiyatli jihatlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:

  • aktsiz solig’ida cheklangan turdagi aktsizosti mahsulotlarini sotish oboroti soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, qo’shilgan qiymat solig’idagi soliqqa tortish ob’ekti bo’lgan ish va xizmatlar aktsiz solig’iga tortilmaydi;

  • agar qo’shilgan qiymat solig’i tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aktsizlar esa faqat ishlab chiqarish sohasidagina amal qiladi. Ushbu qoidadan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan aktsizosti mahsulotlari va tovarlari istisnodir. Madomiki, ushbu holatda aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib, aktsiz osti mahsulotlarini sotib oluvchi va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.

Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini ta’minlash orqali xalq xo’jaligi manfaatlarini qondirishga, ko’proq mablag’larni jalb ettirishi orqali namoyon bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning to’lov qobiliyatlarini oshishida o’z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig’i ob’ektlari (aktsiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to’lov
qobiliyatini o’sishida namoyon bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, sub’ektlar aktsiz solig’i iste’molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir.
Ammo aktsiz solig’i yengiliklari tovarlarni xarid qilish uchun olinadigan kredit resurslarini qisqartirilishiga, bu esa o’z vaqtida harajatlarning pasayishiga olib keladi. Xarajatlarning pasayishi esa daromad (foyda)ni oshirish omillaridan biridir.
Aktsiz solig’ini mohiyatini ochishda u bajaradigan vazifalarni bilish muhimdir. Shu jihatdan uning quyidagi vazifalarini alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz:
birinchidan, mamlakat byudjetining muhim daromad manbalaridan biri sanaladi. Soliq tizimi rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan barcha davlatlar singari, mamlakatimizda ham aktsiz orqali daromadlarni tez va oson yig’ish imkoniyatlari yuzaga keladi. Frantsuz iqtisodchisi F. Demezon ta’biri bilan aytganda “aktsizning o’zi barcha boshqa soliq tushumlari va undan ham ko’proqni berishga qodirdir”
ikkinchidan, aktsiz osti tovarlari iste’molini cheklash (asosan ijtimoiy zararli tovarlar) orqali muayan bozor doirasida talab va taklifni tartibga solish. Iqtisodiy o’sish doirasini bashqarishda aktsizosti tovarlar ro’yxatini belgilash orqali davlat yalpi talab va taklifni egiluvchanligi ta’minlaydi;
uchinchidan, davlatning milliy bozorni himoya qilish vazifasi aktsiz solig’i orqali ta’minlanadiki, bunda yuqori soliq stavkalaridan foydalaniladi;
to’rtinchidan, aktsiz solig’i monopol mavqedagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki aniq mahsulot turini progressiv soliqqa tortish vazifasini o’taydi;
beshinchidan, aktsiz solig’i aholini boy badavlat qatlamlari daromadlarini qayta soliqqa tortish usuli bo’lib hisoblanadi. Chunki aktsiz solig’i asosan nufuzli (qiymati yuqori) tovarlarga qo’llaniladiki, bunday tovarlarni asosiy iste’molchilari boy-badavlat shaxslar hisoblanadi.
Shunday qilib, aktsiz solig’i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini moliyaviy natijalarning o’sishi orqali ta’minlab berishi mumkindir. Shu bois
aktsiz solig’ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi bilan chambarchas bog’liqdir.
3. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Mazkur soliq davlat budjeti daromadlarida o’rtacha 1.2-1.7 foizni tashkil etib, yoqilg’i vositalari iste’molini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Transpоrt vоsitalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun оlinadigan sоliqni to’lоvchilar оxirgi iste`mоlchilarga: benzin va dizel yoqilg’isini realizatsiya qilishni, shu jumladan avtоmоbillarga yoqilg’i quyish shahоbchalari оrqali realizatsiya qilishni amalga оshiruvchi yuridik shaxslar; gazni avtоmоbillarga yoqilg’i quyish shahоbchalari оrqali realizatsiya qilishni amalga оshiruvchi yuridik shaxslar.
Transpоrt vоsitalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni оxirgi iste`mоlchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun fоydalanish sоliq sоlish оb`ektidir.
Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura hоlidagi realizatsiya qilingan
va o’z ehtiyojlari uchun fоydalanilgan hajmi sоliq sоlinadigan baza bo’lib hisoblanadi.
Biz mazkur paragrafda O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti soliqli daromadlarining turlari, ularning to’lovchilari hamda qisqacha ravishda budjet daromadlaridagi ulushini o’rgandik.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish