3-jadval 2012-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
daromadlarining asosiy ko’rsatgichlari22
Ko’rsatgichlar
|
|
|
2012 yil
|
|
2013 yil
|
|
2014 yil
|
|
2015 yil (reja)
|
|
Ming.so’m
|
Jami nis-n
% da
|
Ming.so’m
|
Jami
nis-n % da
|
Ming.so’m
|
Jami
nis-n % da
|
Ming.so’m
|
Jami nis-n
% da
|
I. Davlat maqsadli
jamg’armalarisiz- jami
|
20614100,0
|
100
|
25104900,0
|
100
|
30160800,0
|
100
|
36184900,0
|
100
|
1.To’g’ri soliqlar
|
5196400,0
|
25,2
|
6583100,0
|
26,2
|
7790400,0
|
25,8
|
8554300,0
|
23,6
|
2. Egri soliqlar
|
11187800,0
|
54,3
|
13039400,0
|
51,9
|
15618200,0
|
51,8
|
19115800,0
|
52,9
|
2.1. Qo’shilgan qiymat solig’i
|
6784500,0
|
33,0
|
7737800,0
|
30,8
|
9123100,0
|
30,2
|
10721700,0
|
29,7
|
2.2. Aksiz solig’i
|
3115500,0
|
15,1
|
3726500,0
|
14,8
|
4506000,0
|
15,0
|
5528800,0
|
15,3
|
2.3. Bojxona boji
|
732400,0
|
3,5
|
992600,0
|
4,0
|
1142000,0
|
3,8
|
1583600,0
|
4,4
|
2.4. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq
|
555400,0
|
2,7
|
582500,0
|
2,3
|
847100,0
|
2,8
|
1281700,0
|
3,5
|
3. Mol-mulk solig’i va
resurs to’ovlari
|
2746400,0
|
13,3
|
3755500,0
|
15,0
|
4521400,0
|
15,0
|
5741800,0
|
15,9
|
4. UStama foyda solig’i
|
250000,0
|
1,2
|
294500,0
|
1,2
|
388400,0
|
1,3
|
548200,0
|
1,5
|
5. Boshqa daromadlar
|
1233500,0
|
6,0
|
1432400,0
|
5,7
|
1842400,0
|
6,1
|
2224800,0
|
6,1
|
Bularning barchasi davlat moliyasida amalga oshirilayotgan budjet-soliq siyosati natijasi hisoblanadi. Byudjet daromadlarida egri soliqlarning yuqoriligi, to‘g‘ri soliqlarning pastligini ifodalaydi va ishlab chiqaruvchilarga soliqlardan kata imtiyoz borligini ham ko‘rsatadi. Chunki, soliq tizimi tarkibi ikki guruhga bo‘linib, egri va to‘g‘ri soliqlarni tashkil etadi. Birining stavkasini pasaytirish bilan birining stavkasi oshiriladi. Lekin, oxirgi yillarda davlat byudjeti daromadlarida egri soliqlar salmog‘I pasayib bormoqda.
Quyidagi rasm orqali daromad turlarining umumiy daromadlardagi ulushi qanday dinamika orqali rivojlanib borayotganligini ko’rishimiz mumkin(7-rasm).
7-rasm Davlat budjeti soliqli daromadlari turlarining umumiy daromaddagi ulushi23
Yuqoridagi rasm malumotlarini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, to’g’ri soliqlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 2012-yilda 25.2 foizni, 2013- yilda 26.2 foizni, 2014-yilda esa 25.8 foizni tashkil etib nisbatan barqarorlik xolatini ko’rish mumkin. Egri soliqlar to’g’risida shuni aytish mumkinki, ularning ulushi 2012-yilda 54.3 foizga, 2013-yilda 51.9 foizga hamda 2014-yilda 51.8 foizga teng bo’lgan. Ya’ni yildan yilga ulushi nisbatan kamayib bormoqda. Resurs to’lovlari hamda mol-mulk solig’i esa 2012-yilgi 13.3 foizdan 2013-yilda birdaniga 15 foizga ko’tarilgan va 2014-yilda ham shu ulushini egallab qolgan. Bunga sabab qilib respublikamizda bir muncha resurs to’lovlari, mol-mulk solig’i stavkalarini oshganligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulki yildan yilga o’sib borayotganligini aytishimiz mumkin. Ta‘kidlash joiz davlat budjetining soliqsiz daromadlari ham yil-yilga oshib bormoqda.
rasm
Davlat budjetida egri soliqlarning o‘rni24
Davlat budjeti daromadlarida asosiy o’rinni egri soliqlar egallagani xolda eng asosiy ulush qo’shilgan qiymat solig’i tashkil qilmoqda. 2012 –yilda 33 foizni, 2013-yilda 30,8 foizni, 2014-yilda 30,2 foizni tashkl etgan. Lekin uning ulushi yildan yilga tushib bormoqd, bunga sabab boshqa soliqlar ulushi oshib borishi va soliq imtiyozlari sabab bo’lgan. Shunga qaramay qo’shilgan qiymat solig’i Davlat budjetining qariyib ¼ qismini tashkil etmoqda(8-rasm).
Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga
boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligi uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur.
Davlat budjeti daromadlariga ta’sir qiluvchi omillar juda ham ko’p bo’lib, ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, ya’ni yalpi ichki mahsulot hajmi, narxlarning o’sish darajasi, aholining ish bilan bandligi hamda daromadlari va h.k;
davlatning fiskal siyosati, ya’ni soliq stavklalarini o’zgartirish, ular bo’yicha imtiyozlar berish, xarajatlarni kamaytirish yoki ko’paytirish va boshqalar;
boshqa omillar.
Umuman olganda, davlat budjeti daromadlari yildan-yilga o’zgarib turadi, chunki har yili o’ziga xos narxlarning o’sishi darajasi, ishsizlik sur’ati va boshqa ko’rsatkichlar ham hukm suradi.
Shunday qilib, soliqlar davlat budjetini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib, qadim zamonlardan beri jamiyatdagi mahsulotning bir qismini davlat pul mablag’lari tomon yo’naltirib kelgan. Shuning uchun ham soliqlar bozor va nobozor iqtisodiy madaniyatning asosiy elementi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda soliqqa tortish insoniyat sivilizatsiyasining voqeligini o’zida aks ettiradi va uning ajralmas bo’lagi hisoblandi. Shved iqtisodchisi S. Fisherning fikriga ko’ra, “soliqlar – bu bizning jamiyat sivilizatsiyasi uchun to’lov majburyatimizdir”25.
Bundan ko’rinadiki soliq davlat aholisi uchun davlatning o’z funksiyalarini bajarishi uchun to’lovni amalga oshiruvchi manbalardan biri ekan. Nafaqat fuqarolar balki korxona va tashkilotlat ham bunga javobgardur.
25 Zavalishina. I2. A. The pragma Corporation enterprise devolopment project. T.:2003 4-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |