Davlat budjetida egri soliqlar tarkibi va o’zgarish dinamikasi tahlili 27 Davlat budjeti soliqli daromadlarini shakllantirishda xorijiy davlatlar tajribasi 38
III BOB
II bob bo’yicha 56
xulosa.................................................................................
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI BARQARORLIGINI TAMINLASHDA EGRI SOLIQLAR SALMOG’INI OSHIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI 57 III bob bo’yicha xulosa 69 XULOSA 70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..........................................
76
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mustaqil taraqqiyotimizning yigirma to’rt yilligi davri mobaynida ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi davlat moliya tizimida ham keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada bugungi kunda budjet-soliq siyosatini yanada takomillashtirish, davlat budjeti daromadlarining turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlaring muxim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini taminlash jarayonida har muxim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor rivojlanishi sifatida budjet-soliq siyosati vazifalarini izchil amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda davlat budjeti jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sish va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shuning uchun ham keyingi yillarda budjet masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarining o’sib borishi, pirovard natijada, davlat budjeti asosiy moliyaviy kategoriya sifatida jamiyat hayotidagi roli-ning oshib borishiga olib keladi. Bu esa, birinchi navbatda, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish amaliyotini takomillashtirishni taqozo etadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Biritaniya, Franasiya, Italiya, AQSH kabi davlatlarda soliqlar davlat budjeti daromadlarining 90 foizgacha bo’lgan qismini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasida esa bu ko’rsatkich 90 foizdan ham ortiq bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda.
Respublikamizda zamonaviy davlat budjet tizimini barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan edi. Bu borada mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan tub o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, budjet oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. Ular orasida O’zbekiston iqtisodiyotini xo’jalik yuritishning bozor
sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag’batlantirish hamda soliq tizimini yanada isloh qilish alohida o’rin egallaydi.
Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbai bo’lganligi bois, ularni belgilangan muddatlarda undirilishi va budjetga kelib tushishidagi muammolarni aniqlash va ularni o’z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqqa tortishning mohiyati, maqsadi, qoidalari, stavkalari va bazasining holati soliq tizimi shakllanishining har bir davlat xususiyatlariga xos bo’lgan hamda muayyan davrda bajariladigan o’ziga xos vazifalarga asoslanadi.
Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimov soliqlarnining davlat budjeti daromadlarini shaklantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, shunday deydilar: “ O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Mamlakatimiz 2014 yilda biznesni yuritish sharoiti bo‘yicha reytingda 8 pog‘onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.
Yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlari har tomonlama chuqur va puxta o‘ylangan izchil soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta'minlanadi. Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratiladi.
Birinchi navbatda amalga oshiriladigan vazifalar qatoriga daromad solig‘i stavkasini 7,5 foizga kamaytirish kiradi. Shu bilan birga, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi, sanoat korxonalarida bo‘lganidek, 6 foizdan 5 foizga tushiriladi bu barcha sanoat korxonalari uchun.”1
1 O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi
Bizga malumki, egri soliqlar davlat budjeti daromad qismining asosini tashkil qiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining 50 foizdan ortiq qismi egri soliqlar hisobiga shakllantirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, egri soliqlarni davlat dudjetini to’ldirishda ahamiyati kata. Bu soliqning ijobiy tomoni, respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorda ularni taqchilligi ortadi. Soliqlar stavkasining oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga tasir etmaydi, yani investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomilada ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |