«himoyaga ruxsat etildi»


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzilishi



Download 0,9 Mb.
bet4/27
Sana26.02.2022
Hajmi0,9 Mb.
#470335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
moliya kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti d

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, uchta bob, oltita paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING NAZARIY JIHATLARI




1.1 Davlat budjeti daromadlarining ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati va


huquqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish soliq siyosati strategiyasini muhim ro’l o’ynamoqda. Ushbu soliq siyosati strategiyasidan kelib chiqib belgilanadigan vazifalar prezidentimiz I.A. Karimov takidlaganidek “ … soliqlar asosli, barqaror, moslashuvchan bo’lishi, mahsulot ishlab chiqaruvchining qo’lini bog’lab qo’ymasligi, cho’chitib yubormasligi, aksincha uni rag’batlantirishi lozim. Soliqlar korxonalarning tadbirkorligi va tashabbuskorligini har tomonlama rag’batlantirishi lozim.”2
Darhaqiqat, soliqlar davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunda belgilangan meyor va muddatlarda, majburiy ravishda budjetga undiriladigan to’lov shakli bo’lib, mamlakat oldida turgan ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni moliyaviy jihatdan taminlashning asosidir.
Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, shunungdek, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkon beradigan dastaklardan biri – davlat budjetidir.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra “Davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”3
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida o’zida davlatning bir yilga mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan



2 Karimov I. “ Bank tizimi, pul muomilasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik: - T. 2005. 245- bet
3 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. 26- dekabr 2013-yil. O’RQ-360-son. 3-modda
daromadlar va xarajatlar rejalashtirilib, tasdiqlanadi. Ularni amalga oshirish esa budjet munosabatlari hisoblanadi.
Budjet orqali iqtisodiyotga quyidagi jihatlarda ta’sir ko’rsatish mumkin: soliqlar, yig’imlar va turli majburiy to’lovlar vositasida; to’g’ridan-to’g’ri budjet- dan moliyalashtirish vositasida; subsidiyalash vositasida; foizsiz va imtiyozli kreditlar berish vositasida; budjet mablag’lari hisobiga maxsus jamg’armalar va zahiralar yaratish vositasida ta’sir ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetinig daromad manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • to’g’ri va egri soliqlar;

  • boshqa majburiy to’lovlar;

  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olinadigan daromadlar;

  • meros yoki hadya huquqi asosida davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan hamda chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul mablag’lari;

  • rezident-yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan kreditlar hisobidan to’lovlar va qonun hujjatlariga oid boshqa daromadlar.

Umuman olganda davlat budjeti daromadlarini 2 turga ajratish mumkin:

  1. davlat budjetining soliqli daromadlari;

  2. davlat budjetining soliqsiz daromadlari.

Soliqlar davlat budjetining asosi hisoblanadi, ya’ni soliqlarsiz budjet daromadlarini tasavvur qilib bo’lmaydi. Soliqlar budjetning daromadlarini ta’minlovchi asosiy manba hamda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlatning muhim dastagi hisoblanadi. Bunga, ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda yuz bergan o’zgarishlardagi soliqlarning roli yaqqol misol bo’la oladi. “O’zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy tartibning o’zgarib ketishi, uning mustaqillikni qo’lga kiritishi davlat qo’lida katta miqdordagi moliyaviy mablag’ to’planishini taqozo etdi. 1992-yil birinchi marta
davlat budjetini chetdan dotatsiya va subvensiya olmasdan tuzish zarur bo’ldi.
Shundan kelib chiqib, boshlang’ich bosqichda soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishga ega bo’lgan budjet daromad va xarajatlarining tengligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilishga qaratilgan edi. Uni respublikada ishlab chiqarish hajmi tushib ketgan bir sharoitda, yuqori inflatsiya paytida va davlat moliya sohasidagi o’ta og’ir bir vaziyatda amalga oshirishga to’g’ri keldi”4 . O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari ikki qismdan iborat: davlat maqsadli jamg’armalari hisobga olinmagan daromadlar va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari. Davlat maqsadli jamg’armalari hisobga olinmagan daromadlar respublikamizda umumbelgilangan soliqlar hamda boshqa daromadlardan tashkil topadi. Bular quyidagi umumbelgilangan soliqlardan
iborat5:

    • yuridik shaxslardan оlinadigan fоyda sоlig’i;

    • jismоniy shaxslardan оlinadigan darоmad sоlig’i;

    • qo’shilgan qiymat sоlig’i;

    • aksiz sоlig’i;

    • yer qa`ridan fоydalanuvchilar uchun sоliqlar va maxsus to’lоvlar;

    • suv resurslaridan fоydalanganlik uchun sоliq;

    • mоl-mulk sоlig’i;

    • yer sоlig’i;

    • оbоdоnlashtirish va ijtimоiy infratuzilmani rivоjlantirish sоlig’i;

    • transpоrt vоsitalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun оlinadigan sоliq.

Davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari esa asosan boshqa majburiy to’lovlarni o’z ichiga oladi. Lekin boshqa majburiy to’lovlar tarkibidagi davlat bоji, bоjxоna to’lоvlari, ayrim turdagi tоvarlar bilan chakana savdо qilish va ayrim





4 Toshmatov. SH. A. Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli. Monogarafiya.T.:”Fan va texnologiya”, 2008. 86-bet
turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im bevosita davlat budjeti daromad manbai hisoblanadi. Bоshqa majburiy to’lоvlarga quyidagilar kiradi6:

    1. ijtimоiy jamg’armalarga majburiy to’lоvlar: yagоna ijtimоiy to’lоv;

fuqarоlarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

    1. Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lоvlar: Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

    2. Budjetdan tashqari umumta`lim maktablari, kasb-hunar kоllejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekоnstruktsiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihоzlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

    3. davlat bоji;

    4. bоjxоna to’lоvlari;

    5. ayrim turdagi tоvarlar bilan chakana savdо qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti soliqli daromadlarini 2 guruhga bo’lishimiz mumkin (1-rasm): 1) to’g’ri soliqlar (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, mol-mulkka solinadigan soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, soddalashtirilgan tartibda to’lanadigan soliqlar; 2) egri soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, transport vaositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq). Egri soliqlar davlat budjetini asosin tashkil qilib, iqtisodiyotda barqarorlikni taminlashga ham xizmat qiladi. Bu soliq turi barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat budjetini to’ldiruvchi manba bo’lib, tovar( ish, xizmat)larning tannarxiga emas balki uning bahosiga qo’shilib uni bevosita to’ovchilari bo’lib xaridorlar hisoblanadi.



Budjetning soliqsiz daromadlari asosan davlatning iqtisodiy faoliyati va budjet tizimining turli darajalarida olingan daromadlar qayta taqsimlanishi nati- jasida paydo bo’ladi. Ko’pgina soliqsiz daromadlar doimiy fiskal xususiyatga ega emas va ularning qat’iy belgilangan stavkasi yo’q.


      1. rasm



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish