Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori


Rinolaliya nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda xotira faoliyati chuqur tadqiq etilishi



Download 0,81 Mb.
bet6/19
Sana21.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#395706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Gulmira Kasimova kurs

1.2. Rinolaliya nutq kamchiligi bo‘lgan bolalarda xotira faoliyati chuqur tadqiq etilishi
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida  uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.

Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii  mavjud. Bunday nazariyalar ichida Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasining ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX  asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida  V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya  – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.

 XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.

Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasi genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab,  o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin  bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.

XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasi mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.

Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi. Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasining keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:

- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;

- unutish tezligi  – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;

- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;

- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;

- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;

- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.

Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.

Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.

Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).

SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.

Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni  noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan  tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri  belgilab olishimizga yordam beradi.  Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi  

Rinolalaiya nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar xotirasini tadqiq etish natijasida : Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar xotirasi kategoriyasi sog‘lom bolalar xotirasi kategoriyasidan farq qilmasligi o‘z isbotini topdi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish