Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori


O‘yinchoqlar bir necha turga bo‘linadi



Download 0,69 Mb.
bet6/9
Sana01.05.2022
Hajmi0,69 Mb.
#601580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17- guruh tinglovchisi Ibragimova Gulnozxon

O‘yinchoqlar bir necha turga bo‘linadi:
1. Hayotiy o‘yinchoqlar - qo‘g‘irchoqlar, hayvonlar oilasi, qo‘g‘irchoqlar uyi, mebellar, idish-tovoqlar, mashinalar, qayiqlar, kassa, tarozi, telefon, tibbiyot va sartaroshlik asboblari, soat, kir yuvish mashinasi, gaz plita, televizor, doska, bo‘r, musiqa asboblari, temiryo‘l va boshqalar.
2. Boladagi agressiya (g‘azab)ni chiqarib yuborishga yordam beruvchi o‘yinchoqlar askarlar to‘plami, miltiq, pistolet, qilich, «yostiq»lar, yovvoyi hayvonlar, rezina o‘yinchoqlar, arqon, bolg‘acha va boshqa asboblar.
3. Ijodiy fikrlashga, fantaziyani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinchoqlar – kubiklar, matryoshka, piramida, loto, lego, mozaika, stol o‘yinlari, qirqma rasmlar, qo‘l ishi, tikuvchilik to‘plami, mato parchalari, rangli qog‘ozlar va h.k..O‘yinchoq bolaning birgalashib o‘ynovchi hamrohiga aylanadi. Bola atrofdagi hamma narsalardan o‘ziga eng yaqin va qi ziqarli hisoblangan o‘yinchoqni yaxshi ko‘radi. Bu ajablanarli narsa emas. Agar biz bola ning o‘yinchoq bilan o‘ynashiga nazar solsak, bola o‘yin vaqtida har qanday o‘yinchoqni (qo‘g‘irchoqmi, otmi, ayiqmi baribir) xayoliy tarzda tiriltirib, uning bilan gaplashib,birga o‘ynaydi. Mabodo o‘yinchoq bo‘lmasa, bo la oddiy bir cho‘pni ham biron narsaga otga yoki qo‘g‘irchoqqa aylantirib, zo‘r ishtiyoq bilan bemalol o‘ynayveradi. Har qanday o‘yinchoq bolaning hissiyotlarini qitiqlab, ehtiyojlarini qondirib, ijodiy kuchlarini ishga soladi va, binobarin, yangi hissiyotlarini yangi qiziqish va talablarini yuzaga keltiradi. Bu jihatdan o‘yinchoqning bola shaxsiy xislatlarini tarbiyalashdagi o‘rni kattadir. Bolalar o‘yinchog‘i katta yoshdagi kishilarning qanday o‘yinchoqni yoqtirish-yoqtirmasligiga qarab hal qilinmaydi, balki bolaga qanday o‘yinchoq yoqishi va zarurligi nuqtayi nazaridan hal qilinishi zarur. Muhimi - qaysi yoshdagi bolaga qanday o‘yinchoq kerakligini bilishdir. Bolalarga hamma narsadan ko‘ra o‘yinchoq zarur. Bolalarga o‘yinchoq berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini, layoqatini va ayni vaqtda, ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak. Bir yoshli bolalarning asosiy ehtiyojlari ona va uning mehri bo‘lgani sababli ularga beriladigan o‘yinchoqlar ham yoqimli va yumshoq bo‘lishi lozim. Bu yoshda eng yaxshi o‘yinchoq bola tishlay oladigan o‘yinchoqdir. O‘yinchoqlar asosan plastmassadan, yorqin rangda ovozli bo‘lishi bolaning sensor taraqqiyotiga yordam beradi. 1 yoshli bolaga 3–4 halqali piramidalar, turli kattalikdagi tarelkalar bir-birining ichiga kiradigan rangli kubiklar berish foydalidir. Bunday o‘yinchoqlar bilan harakat qilish bola intellektini o‘stiribgina qolmay unda quvonch va qoniqish hissini hosil qiladi. Bola o‘yinchoqni xuddi kattalardek taxlay olganidan quvonadi. Bu yoshda yiqilmas qo‘g‘irchoq ham berish kerak. Ikki yoshli bolaga katta rangli koptok, 7–8 talik piramida, yumshoq o‘yinchoqlar berish kerak. Bola ularni o‘g‘ziga sololmaydi, lekin ular bilan osongina birga uxlaydi. Katta plastmassa mashina yoki quticha bola o‘ynab bo‘lgach o‘z o‘yinchoqlarini solishi uchungina emas, bolada tartiblilik, mustaqillik odatlari hosil qilish uchun muhimdir. Bu yoshda bolaning shaxsiy o‘ynash joyi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyi bo‘lishi lozim. Uch yoshli bolaning o‘yinchoqlari qatoriga qurish, yasash o‘yinchoqlari, «Kinder-syurpriz» kabilarni berish mumkin. Bola kattalar bilan birga yasab, ulardan turli shakllar hosil qilar ekan bolada ana lizsintez kabi tafakkur operatsiyalari shakllanadi. Bu yoshdagi bolalar katta ayiq, katta qo‘g‘irchoqni talab qiladilar. Yana hayotiy o‘yinchoqlar asliga o‘xshash bo‘lishini talab qiladilar. Masalan, limuzin mashinasi albatta qora bo‘lishi kerak. Kichik guruh bolalari hali hayot tajribalari kam bo‘lganligi uchun tashqi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar. Ularga hali narsalarning rangini, hajmini ajrata olishga o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar zarur. Shuning uchun ularga qo‘g‘irchoq, yumshoq o‘yinchoq bilan birga har xil rangli matolar ham berishi kerak. O‘z qo‘girchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, o‘ynaydilar. Bolalarga beriladigan qo‘g‘irchoq chiroyli va sinmaydigan bo‘lishi juda muhimdir (ularga ko‘proq plastmassadan yoki rezinadan qilingan qo‘g‘irchoq berish kerak. Ular qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar, yechintiradilar, cho‘miltiradilar va hokazo).
Kichik guruh bolalari qo‘g‘irchoqlarni yuvintirayotganlarida uning qanday materialdan qilinganiga ahamiyat bermaydilar. Shuning uchun ularga pishiq yasalgan, tezda buzilmaydigan qo‘g‘irchoqlarni berish ke rak. Nozik qo‘g‘irchoqlarni katta guruh bolalariga berish mumkin. O‘g‘il bolalarga esa har xil rangdagi bir-birining ichiga sig‘adigan quticha, piramida kabi o‘yinchoqlarni berish foydalidir. Kichik guruh bolala riga o‘ynash uchun fil, yo‘lbars, bo‘ri, jirafa kabi o‘yinchoq-hayvonlarni berish yaramaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar hali bunday yovvoyi va yirtqich hayvonlar bilan ta nish emaslar. Ularga yaxshisi o‘zlari kundalik hayotlarida kuzatgan va kuzatishlari mumkin bo‘lgan tanish hayvonlarning obraz larini ifodalovchi o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ot, qo‘y, it, sigir, echki, mushuk kabi. O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinchoqlar bilan o‘ynaganlarida ham guruh bo‘lib o‘ynashni yoqtiradilar. Chunki ularni kichik guruh bolalari kabi ayrim narsalar emas, balki atrof laridagi eng yaqin odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudira kabilarning qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari ko‘proq qiziqtiradi. Binobarin, ular o‘zlarining o‘yinlarida hattoki, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlarida ham kattalarning turli faoliyatlarini taqlidan takrorlaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mazmunli-rolli o‘yinlarga, uy-ro‘zg‘or ishlariga, mehnat qurollariga doir o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda xayol taraqqiy eta boradi. Qalam – sehrli cho‘pga, barglar – pulga, qog‘ozga chizilgan naqsh – qo‘g‘irchoqlar gilamiga aylanadi. Masalan, 4 yoshli bolalar o‘yini kuzatilganda Habiba legolarni bir idishga solib qoshiq bilan aralashtirib bo‘tqa tay yorlab, qog‘ozga chizib singlisini ovqatlantirgan. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar o‘yinchoq talab qilavermaydilar, balki o‘z qo‘llari bilan o‘yinchoq yaratishni xohlaydilar. 5 yoshli bolalar katta hajmdagi o‘yinchoqlarni o‘ynamay qo‘yadilar. Hayvonlar to‘plami, oila qo‘g‘irchoqlari, soldatchalar bilan turli ko‘rinishgadi o‘yinlarni o‘ylab topadilar. Bunday o‘yinlar boladagi xayol, idrok ning rivojlanayotganini, konkret tafakkurdan ijodiy fikrlashga o‘tayotganini ko‘rsatadi, bolaning emotsional hayotini boyitadi. Tayyorlov guruhi bolalari qurish-yasash, mayda bo‘laklardan turli samolyot, kemalar, mashinalar hosil qilishni, turli stol o‘yinlarini, yig‘iladigan robotlarni, ovozli, yig‘laydigan chaqaloqqo‘g‘irchoqlarni, tikish va to‘qish asboblarini talab qiladilar. O‘z qo‘llari bilan birorta narsa yasab kimgadir sovg‘a qilishni istaydilar. Shuning uchun bolaning narsa yasashga bo‘lgan har qanday istagini qondirish, ehtiyoji va qiziqishini quvvatlash lozim. Bu yoshda o‘yinchoqlar magazini ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bolalar endi ko‘proq o‘quv qurollariga qiziqadilar. Demak, bu vaqtda avvalgi o‘yinchoqlar bolaga kerak bo‘lmay qoladi. Lekin hech qachon bola o‘ynamay qo‘ygan o‘yinchoqlarni bolaning ko‘z o‘ngida axlatga tashlab yuborish kerak emas.
Chunki, har bir o‘yinchoq bolaning xotirasi, his-tuyg‘ulari, tashvishu quvonchlari bilan bog‘liq. Yaxshisi uni kimgadir yoki maktabgacha ta’lim muassasasiga berib yuborish mumkin. Maktab yoshiga kelib bolalar o‘yinchoqlarsiz ham o‘yinlar tashkil qila oladilar. Umuman maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida ularning taraqqiyotlari uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar masalasiga tarbiyachilar ham, ota-onalar ham jiddiy e’tibor bilan qarashlari kerak.Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o’yinning mazmuni, tashqil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanish darajasiga ta`sir etish mumkinligini ko’rsatdi.Bolalar o’yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilma-xildir.Ijodiy o’yinlarni bolalar o’zlari o’ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar, ermak o’yinlar.Bolalarga ta`lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o’yinni tanlay bilishi, unga to’g’ri rahbarlik qilish “MTM ta`lim va tarbiya dasturi”da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi.
O’yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o’yinni maktabgacha yosh davrida etakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O’yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o’tishini ta`minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. O’yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o’zaro ta`sir etgan holda shakllanadi. O’ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o’rtoqlariga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin.SHaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o’yiniga qiziqishini, tashqilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o’yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o’yinlarini rivojlantirish uchun esa o’z navbatida yaxshi tashqil etilgan bolalar jamoasi zarur bo’ladi. O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta`lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o’rin tutadi.O’yinda bola organizmiga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. O’yin ta`lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan
ifodalashga o’rganadi.O’yinda aks ettirlayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg’onadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o’yinni tor didaktik maqsadlarga bo’ysindirib bo’lmaydi, bu o’yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Qoidali o’yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o’yin ma`lum didaktik maqsadga ega bo’lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Ta`limning o’yin shaklida bo’lishi muhim ahamiyaiga ega bo’lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Qiziqarli o’yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o’yinda bola mashg’ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta`lim butunlay o’yin shaklida bo’lishi kerak degan gap emas. Ta`lim turli usullar va metodlarni qo’llashni talab etadi. O’yin ta`limning shakllaridan biri bo’lib, boshqa bir metod bilan qo’shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so’zlab berish va hakozolar. Bola o’ynayotib o’z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o’rganadi. Ijodiy o’yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo’l ochiladi.O’yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O’yin jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o’yin bolada yaxshi hislarni, ulug’vor orzular va intilishlarni, sog’lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’yin mustaqil faoliyat bo’lib, bu jarayonda bolalar o’z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechilmalar birlashtiradi. Shuning uchun o’yin do’stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o’yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o’yinga jalb qilish, bolalar o’rtasida do’stlikka, haqqoniylikka, o’rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o’rnatishdan iborat. O’yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o’z o’yinlarida har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga bo’lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O’yin bolada ko’pincha mehnat qilish xoxishini uyg’otadi, o’yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O’yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo’lgan texnikaga qiziqish paydo bo’ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o’yinchoqlar bilan o’ynaydilar.O’yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O’yinda ijodiy hayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. YAxshi tanlangan o’yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o’yinlarda harakatning go’zalligi va maromi bolalarni o’ziga maftun qiladi.O’yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o’z-o’zidan amalga oshmaydi. O’yin befoyda, hatto zarali bo’lishi, ba`zan yomon hislarni qo’zg’atishi mumkin. Tarbiyachi o’yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta`sir etib borishi zarur.Bu vazifani hal etishda o’yin bolalar bog’chasidagi ta`lim-tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog’langan bo’lishi kerak. O’yinda bolalarning mashg’ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o’rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o’yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko’chiriladi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish