“Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori M. K. Xalikova


Eski o`zbek tili va tillar tarixini o‘rganishda samarali bo‘lgan zamonaviy usullar



Download 0,64 Mb.
bet23/28
Sana23.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#842771
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
ot мустакил

2.2. Eski o`zbek tili va tillar tarixini o‘rganishda samarali bo‘lgan zamonaviy usullar
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia “inson-kompyuter” interfaol muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi:

  • o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi,

  • ta’lim samaradorligi oshadi;

  • axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi,

  • yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi,

  • mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi;

  • o’quvchi dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi;

  • mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter savodxonligi oshib boradi;

  • o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter amalga oshiradi;

  • dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin ortadi;

  • o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi.

Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar komyuteri monitoriga kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi, ya’ni kompyuter tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan bahs-munozara uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor raqamini bosadi va ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan band bo‘ladilar. Yana bir qulaylik – o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari yordamida o‘quvchilarning ish faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta, kompyuter o‘quvchilarning bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun sarflanadigan mablag‘ini tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus olayotgan elektron pochta va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa viloyat, shahardagi tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishlari, biron mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik maqsadini amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, uning mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari ta’limni xayot bilan bog‘lashni, o‘qitsh samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishni talab qiladi. O‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash malakasi haqida gap ketganda nafaqat ularda fikrlash qobiliyatini tarkib toptirish, balki kuzatuvchanlik, tasavvur qilish, bilim olish yo‘llarini egallash va ilm o‘rganishga qiziqishtirish kabi jihatlarni nazarda tutadi.
Hozirgi kun ta’limning asosiy maqsadlaridan biri-bu dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo‘llarini o‘rgatish va o‘qitishdir.
Zamonaviy o‘zbek tili ta’lim berish nazariyasi va amaliyotni dars jarayonida turli o‘qinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishni talab qiladi.
O‘zbek tili mashg‘ulotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish jadallashtiruvchi va faollashtiruvchi faoliyat bo‘lib, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini tarkib toptiradi.
O‘zbek tili mashg‘ulotlari jarayoniga didaktik o‘yinlarni tatbiq etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.
Ta’limiy o‘yinlardan, avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Shu tarzda testlar, boshqatirma, tez aytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa, o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar to‘planib boradi. Bu esa o‘quvchilarda ma’lum bir tayyorgarlikni, mustaqil o‘qishni, ommaviy axborot vositalarini kuzatib borishni talab etadi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikma va malakalar: qayta (ko‘rsatma) olish, aniqlash (o‘lchay) olish, tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila olish kabilarni hosil qiladi.
Didaktik o‘yinlar mazmunan axloqiy, aqliy rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiyaviy sifatlarga ega bo‘lish shart.
Dars jarayonida o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ularning tuzilishi, vazifalari, qoidalari, harakatlari, natijalarini tahlil qilish bosqichlarini aniq belgilab olish lozim.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish