«Himoyaga ruxsat» «Audiovizual texnologiyalari»



Download 6,03 Mb.
bet7/24
Sana18.07.2022
Hajmi6,03 Mb.
#824054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Diplom ishi Shablondagi tayyor

Dasturiy ta’minot. Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish. Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish hisoblanadi. Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi, jumladan:
• Giper murojaatlarning to‘g‘ri ishlashi
• Matn va ko‘rgazmali materiallarda xatolarning mavjud emasligi
• Multimedia ilovasi sahifalari bo‘ylab navigatsiyaning qulayligi
• Pochta va boshqa shakllarning to‘g‘ri ishlashi (WEB -sayt uchun)
• Grafik fayllarni yuklashning to‘g‘riligi (WEB -sayt uchun)
• Saytning turli brauzerlarda to‘g‘ri ishlashi (WEB -sayt uchun).


1.2. AUDIO VA VIDEO MONTAJ DASTURLARI
Audio montaj dasturlari
Bugungi kunda ovoz yozish, unga ishlov berishda foydalaniladigan Steinberg Cubase, Nuendo, Sound Forge, WaveRecord, Fl studio, Adobe Audition, WavePad kabi bir qancha dasturiy mahsulotlar mavjud. Ular maqsad va vazifalari, qabul qiladigan formatlari hamda turli parametrlariga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Biz yuqorida keltirilgan ayrim dasturlarning xususiyatlari, parametrlari, vazifalari haqida to‘xtalamiz.

Cubase dasturi
Birinchi dasturiy sevensor 1984-yilda dasturchilar Karl Steynberg hamda Manfred Ryurup tomonlaridan ishlab chiqilgan va u “Multitrack Recorder” deb nomlangan, dastur “Pro 16” nomi bilan tarqalgan. Bugungi kunga qadar Cubase dasturining bir qancha versiyalari mavjud bo‘lib, Cubase 5 versiyasi bilan tanishamiz.
Cubase 5 dasturi ovoz yozish, uni tahrirlash, turli effektlar berish bilan birgalikda musiqa yozish uchun juda ham qulay dastur hisoblanadi. Mazkur dastur boshqa dasturlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ovoz yozishdan tashqari musiqa yozish imkoniyati mavjud. Bunda musiqa yozishda haqiqiy studiyada nimalar mavjud bo‘lsa barchasi ushbu dasturda virtual ko‘rinishda mavjud.
Dasturning asosiy imkoniyatlari

  • MIDI kompozitsiyalarni yozish va tahrirlash uchun sekvensor mavjudligi hamda MIDI effektlar

  • Ovozni yozish uchun ko‘p kanalli raqamli “magnitofon”

  • Chastotali filtrlar, dinamik ishlov berish asboblari

  • 5.1 formatgacha bo‘lgan bir nechta ko‘p kanalli (surround) ovoz formatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash

  • VST-plaginlar (real vaqt ichidagi audio effektlar va ishlov berish) bilan ishlash imkoniyati

  • Ovozga ishlov berish va uni sintez qilish

  • Virtual sintezatorlarni (VST-instrumentlar) ulash imkoni mavjudligi

  • Turli formatlardagi raqamli ovozlarni eksport va import qilish

  • Musiqani notalar, fortepiano klavishlari, xabarlar ro‘yxati ko‘rinishida chop etish imkoniyati mavjudligi

  • Signallarni mikshirlash va studiya qurilmalarini boshqarish

  • VST System Link texnologiyasi yordamida studiya kompyuterlarini bitta tarmoqqa birlashtirish

  • Raqamli videoni o‘qiy olish imkoniyatining mavjudligi

  • Turli xildagi treklarning mavjudligi hisobiga musiqiy templarni, sintez parametrlarini boshqarish va boshqalar.

Dastur bilan birgalikda yuqori sifatdagi VST-instrumentlar ham taqdim etiladi. Ushbu virtual instrumentlar yordamida haqiqiy sintezator semplerlardagi kabi foydalnish mumkin. Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar yordamida ovoz va musiqa yozish bilan bog‘liq barcha istalgan vazifalarni amalga oshirish mumkin. Agar ushbu qulay imkoniyatlardan uquvsiz va bilimsiz foydalanuvchi foydalansa, real studiya bir necha uyum “temir”ga, virtual studiya esa – bir necha yuz megabayt maʼnosiz va keraksiz, diskda foydasiz joy egallaydigan raqamli kodga aylanib qoladi. Agar mavjud imkoniyatlardan bilimli foydalanuvchi foydalansa, bular yordamida juda murakkab vazifalarni amalga oshirish imkoni mavjud. Ushbu dasturda mavjud funksiyalar asosan MIDI texnologiyasiga asoslanadi. MIDI (Musical Instruments Digital Interface) - musiqiy asboblar uchun raqamli interfeysdir. Mazkur interfeys standarti musiqiy asboblarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Apparat MIDI interfeys hamda MIDI-maʼlumotlar formati kabi tushunchalar mavjud. MIDI - apparat interfeysi instrumentlarni (manba va xabar qabul qiluvchini bir-biriga ulash) jismonan bir-biri bilan ulash, MIDI-maʼlumotlar formati esa MIDI - xabarlarni hosil qilish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladi.

Download 6,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish