«Himoyaga ruxsat» «Audiovizual texnologiyalari»


Abduraxmonov Xumoyun Bo‘ronjon o‘o‘lining



Download 6,03 Mb.
bet3/24
Sana18.07.2022
Hajmi6,03 Mb.
#824054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Diplom ishi Shablondagi tayyor

Abduraxmonov Xumoyun Bo‘ronjon o‘o‘lining
Ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz!” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


RAHBAR MULOHAZASI

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tuo‘ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib “Ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz!” mavzusini tanlanishi va urushda jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotiralari hozirgi davr uchun dolzarligini ko‘rsatadi.


Bitiruv ishi kirish, 3 tа bоb, xulоsа vа fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr ro‘уxаtidаn ibоrаt.
Kirish qismidа BIning dоlzаrbligi, mаqsаdi, аsоsiу qilinishi kеrаk bo‘lgаn vаzifаlаr vа uning bоblаr bo‘уichа qisqаchа mа’lumоt bеrilgаn.
Kirish qismidа BIning dоlzаrbligi, mаqsаdi, аsоsiу qilinishi kеrаk bo‘lgаn vаzifаlаr vа uning bоblаr bo‘уichа qisqаchа mа’lumоt bеrilgаn.
1–bоbdа Multimedia mahsulotlari va dasturlari.
2 – bоbdа “Ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz!” mavzusida video lavha tayyorlash.
3 – bоbdа HFX va ekologiya.
Xulоsа qismidа еsа BIni bаjаrish dаvоmidа o‘rgаnilgаn ishlаr vа nаtijаlаr kеltirib o‘tilgаn.
Bitiruvchi Abduraxmonov Xumoyun Bo‘ronjon o‘g‘lining Bitiruv ishi 5350200 - Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi.
AVT kafedrasi assistenti: Qurbonov S.K.
KIRISH
Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kunining mazmun moxiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko’rsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini avlodlarimiz aslo unutmaydi, jang maydonlarida bizning o‘g‘lonlarimiz nimaga qodir ekanini doimo g‘urur va iftixor bilan eslaydi. Biz hayotimizning bir haqiqatini hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Mana shu beshavqat urushda, jang maydonlarida qurbon bo‘lgan ota-bobolarimiz qandaydir tepalik yoki qandaydir buyum uchun emas, avvalo o‘z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon bergan, “Qani endi, yurtimni, o`zimning azizlarimni yana bir bor ko‘rsam”, deb hayotdan ko‘z yumganlar. Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o‘o‘lonlarning nomlari va xotirasi ko‘pni ko‘rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.

1.1.1-rasm. 9-may Xotira va qadrlash kuni
O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan jasorati, bukilmas irodasi va matonati, insonparvarlik fazilatlari avlodlar uchun muqaddas xotira va odamiylikning yuksak namunasi bo‘lib qolmoqda. Bugungi tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini munosib davom ettirish — tinchlikni buyuk ne’mat deb biladigan bag‘ri keng va olijanob xalqimizga hos azaliy qadriyatdir. Ko‘p millatli tinchliksevar O‘zbekiston xalqi uchun fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9-may sanasi avvalo Xotira va qadrlash kuni sifatida aziz va mo‘tabardir. Biz uchun xotira insonning insonligini anglatadigan tushuncha, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turadigan buyuk ruhiy-ma’naviy qudratdir. El-yurt tinchligi va ozodligi uchun kurashgan mard va jasur insonlar xotirasini yod etish orqali biz Vatan uchun jonini fido etgan qahramon ota-bobolarimizning nomlarini sharaflash, ularga yuksak hurmat ko‘rsatishni tushunamiz.
9-may – Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. “Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun” Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo’lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o’zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati ulug‘lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi. Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon xayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-extiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham mo‘tabar buvilarimizni xamda o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha xalok bo‘lganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz. Ayni kuchga to‘lgan minglab zabardas yigitlarning qurbon bo‘lgani, nogironlik azobini tortganini tasavvur qilishning o‘ziyoq qalblarni larzaga keltirdi, yuraklarni iztirobga soladi. Yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard, jasur o‘g‘lonlarimiz hoki oldida mudom bosh egamiz.
Biz xotirlagan marhumlarning ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin. Biz qadrlagan insonlarga ezguliklar yor bo‘lsin. Jannat yurtimizda tinchlik, osoyishtalik mangu barqaror bo‘lsin!

Download 6,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish