Oq yoruo‘lik balansi Aniq rangni tasvirga olish uchun qaysi rang sizning tasviringizda oq ekanligini. Kamerani oq ranga moslashtirgandan so‘ng, u boshqa ranglarni ham yanada aniqroq ko‘rsatadi. Ko‘p kamera oq balanslarini avtomatik tarzda to‘o‘rilaydi.
Linzalar Lentali kameralarda linzalarning vazifasi yorug‘likni lentaning qisimlariga yozish vazifasini bajaradi. Raqamli kamerada esa kameraning sensoriga yorug‘likni yo‘naltirish uchun ishlaydi. Tasmali kameralarda linzaning sifati yaxshi va yomon tasvirlarni anglatadi. Raqamli kameralarda esa sifatli rangli qirrali tasvir va xira rangli yumshoq tasvir orasidagi farqni ko‘rsatadi. Ko‘p raqamli kameralarda zoom linzalar o‘rnatilgan bo‘ladi. DSLR kameraning linzalarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Professonal kameralarda linzalarni o‘zgartira olasiz ya’ni ular keng burchakli va qisqa burchakli xususiyatli bo‘ladi.
2.2.1.-rasm. Linzalar Linzaning xususiyatlari 1. O‘zgaruvchan linzalar Raqamli kameralarda uchun ajoyib yo‘nalishlardan biri o‘zgaruvchan linzalar. Tasvirni suratga olish uchun qo‘shimcha darajalarni beradi.
2. Zoom linzalar Linzalar turli xil zoom linzalar va markaziy linzalar. Foydalanuvchilar har doim linzalarni yio‘ishga harakat qiladilar. Markaziy linzalar zoom linzalarga qaraganda o‘tkir qirrali tasvirlarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ular past yorug‘likli fotografiya uchun sifatli hisoblanadi. Markaziy linzalar o‘z ichiga keng va normal burchakli va qisqa linzalarni o‘z ichiga oladi.
Mikrofonlar Video kamerada mikrofon bo‘lsa ham uni kinolar va hujjatli filmlarda foydalana olmaymiz. Kamerani mikrofoni ovozni barcha yo‘nalishda sifatsiz yozib oladi. Sababi mikrofon kamerada joylashgan bo‘ladi agar sezgirligini oshirsak qo‘lning harakati va motorini ovozini yozib olishi mumkin.
Turli vaziyatlarda ovoz yozish uchun mikrofonlarning dizayni turlicha qilingan. Shuning uchun mikrofonlarni tanlayotganimizda olayotgan kadrning xarakteristikasiga mikrofonni moslashtirish kerak.
2.2.-rasm. Mikrofonlar. Ularning turlari Mikrafon vazifasi akustik energiyani elektir energiyaga aylantirib beradi. Mikrofonlar yo‘nalishi xususiyati uchga bo‘linadi.