Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Download 404,44 Kb.
bet1/54
Sana28.06.2022
Hajmi404,44 Kb.
#712160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
MUSTAQIL ISH1234


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI HUZURIDAGI
MARG‘ILON BANK-MOLIYA TEXNIKUMI

Himoyaga ruhsat etiladi”


O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti
bo‘yicha direktor o‘rinbosari
___________ R.Z. Atabaeva
-------”----------------- 2022 yil


MALAKANI HIMOYA QILISH ISHI


Mavzu: Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish

Himoyachi: Ikromova Muniraxon Muqimjon qizi
Marg‘ilon bank-moliya texnikumi 07-20 guruh o‘quvchisi


Himoya rahbari: __________________________________________________
(familiya va ismi)
Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi

Marg‘ilon – 2022
MUNDARIJA


KIRISH


I BOB



    1. Soliq auditi tushunchasi




    1. Soliq auditi o’tkazish bo’yicha umumiy qoidalar

II BOB

2.1 Sayyor soliq tushunchasi

2.2 Sayyor soliq o’tkazilganda qo’llaniladigan talabnoma dalolatnoma va bayonnoma


3.1 Atamalar


Xulosa

Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati




KIRISH[OKOZ:
Bir necha kundan keyin mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlaymiz. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz yaqinlashgani sayin beixtiyor istiqlolning ilk yillaridan to hozirgi kunga qadar erishilgan yutuqlar, yangilanishlar, xalqimiz dunyoqarashidagi o‘zgarishlar xayolimizdan o‘tadi. Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda: “Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezondir”, – deya alohida eʼtirof etdi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, soliq yukini kamaytirish, uning maʼmurchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari hisoblanadi. Mazkur maqsadlarga erishishda qanday amaliy saʼy-harakatlar qo‘l kelyapti va ular qanday samaralar beryapti?
Haqiqatan, mustaqilligimizning o‘tgan yillari mobaynida xalqimiz milliy o‘zligini anglab, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Bu davrda milliy davlatchiligimizning zamonaviy huquqiy poydevori yaratildi va shu asosda barcha sohalarda o‘ziga xos milliy tizimlar shakllandi. Bugungi kunda esa yangi O‘zbekiston tarixi yangicha mazmun-mohiyat bilan boyib boryapti. Istiqbol sari qo‘yilayotgan dadil qadamlar, tarkibiy yangilanishlar, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar uning zarvaraqlariga “oltin sahifa” bo‘lib muhrlanmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat. Bu jarayonda iqtisodiy zanjirning muhim halqalaridan biri bo‘lgan soliq tizimi barchaga teng va erkin raqobat sharoitini yaratishda kamarbasta bo‘lishi kerak. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda yangi soliq konsepsiyasining qabul qilinishi ana shu maqsadlarga erishishning strategiyasini belgilab berdi.
Tizimda yangi islohotlarni boshlab bergan mazkur konsepsiyadan oldingi holatga nazar tashlasak, 97 foiz soliq to‘lovchilar soddalashtirilgan rejimda faoliyat yuritib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ularning ulushi qariyb 60 foizga yetgani holda, byudjet tushumlaridagi hissasi bor-yo‘g‘i 9,2 foizga teng bo‘lgan. Umumbelgilangan soliq to‘lovchilar zimmasiga tushgan asosiy soliq yuki atigi 3 foizni tashkil etgan.
Yaqingacha pensiya, maktab taʼlimi va yo‘l jamg‘armalariga soliq to‘lash, sug‘urta badali, mol-mulk, QQS stavkalarining yuqoriligi tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi katta yuk edi. Shuning uchun ularning o‘zlari istamagan holda, soliqdan qochish sxemasini tanlashga yoki soddalashtirilgan rejimda qolish uchun korxona ishchilari soni, ularga to‘laydigan ish haqini sunʼiy yashirishga hamda “konvert” orqali to‘lashga majbur bo‘lardi.
Bugun esa, biznesda tamomila boshqacha muhit. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida butunlay yangi soliq maʼmurchiligi yuzaga keldi. Birinchi navbatda, soliqlar turi 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.
Prezidentimiz joriy yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan tarixiy muloqotida soliq sohasidagi ko‘pchilikning esidan ko‘tarilgan holatlarni yodga solgani bejiz emas. Chunki, yaqingacha tadbirkorlarga og‘ir yuk bo‘lib kelgan pensiya, maktab va yo‘l jamg‘armalariga 3,2 foizli yig‘imlar bekor qilindi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobiga har yili qariyb 6 trillion so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.
Mol-mulk, daromad va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, pandemiyadan ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, tadbirkorlarga ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini yaratdi.
Odamlar kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni, jumladan, soliq yukidagi yengilliklarni sezar ekan, avvalambor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag‘bati ortadi. Ilg‘or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borishni taʼminlaydi. Keyingi paytda tizimda bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
– Qisqa vaqtda sohani raqamlashtirish, jumladan, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, o‘z navbatida, soliq to‘lovchilarga ro‘yxatdan o‘tish, soliq rejimini tanlash, byudjet bilan munosabatlarini onlayn kuzatish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, shaxsiy kabineti orqali dunyoning istalgan burchagidan soliq majburiyatlarini elektron tarzda bajarish imkoniyatini berdi.
Umumiy hisobda soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da 50 ga yaqin shu kabi masofaviy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Bularsiz bugungi soliq maʼmuriyatchiligini va umuman, bugungi tizim faoliyatini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasini qaytarish haqida gap ketar ekan, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham bu masala ko‘tarilganini, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga doir muhim yo‘nalishlar belgilanganini taʼkidlash joiz. Uchrashuvda ilgari surilgan har bir g‘oya, taklif va tashabbus majoziy maʼnoda aytganda, “siyohi qurimasdan” amalga oshib, yechimini topmoqda. Bunga Prezidentimiz tomonidan muloqot o‘tgan kunlariyoq imzolangan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi va “Umumiy ovqatlanish va turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlaridagi imtiyoz va yengilliklarni misol tariqasida keltirish mumkin. Xususan, 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi, 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Mamlakatda yaratilgan biznes sharoitlari takomillashib borgani sari salohiyatli kadrlarga ehtiyoj ortib boraveradi. Tizimda mazkur muammoni hal etish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti? Joriy etilgan komplayens-nazorat tizimi qanday masalalarni hal etishda yaqin ko‘makchiga aylanishi kutilyapti?
– Mamlakatimiz iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda tizim uchun bugungi kun talabiga javob beradigan, yosh, yangi avlod kadrlarini tanlash, tarbiyalash va malakali etib tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi va joriy yildan ilk bor qabul jarayonlari olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari nufuzli oliy taʼlim institutlari va xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan tamoyillarga muvofiq ishlab chiqildi.
Bugungi kunda tizimdagi o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 2516 nafar xodim oliy maʼlumotga ega bo‘lish istagida Fiskal institutga hujjat topshirdi. Shuningdek, tizimda ishlovchi xodimlarning malaka va kasbiy bilimini oshirish maqsadida 2021 yilning o‘tgan davrida 3 ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil qilindi va jami 2 984 nafar xodim o‘qitildi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishning qatʼiy pozitsiyasi mavjud. Bu borada komplayens-nazorat tizimi joriy etilgan. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va faoliyat shaffofligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani “CERT International” ixtisoslashgan xalqaro tashkiloti auditorlari xulosasida ham qayd etildi. Shu yil 23 avgust kuni ushbu tashkilotning Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikati topshirildi.
Hali oldinda o‘zaro munosabatlarda inson omilini keskin kamaytirib, sohaga raqamli texnologiyalarni yana-da keng joriy etish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, umumbelgilangan deklaratsiya tizimiga o‘tish, xalqaro andozalardagi xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish, halol tadbirkorlik subyektlarini yana-da qo‘llab-quvvatlash, yer va ko‘chmas mulklarni elektron ruyxatga olish va baholash kabi qator strategik vazifalar ijrosini taʼminlash masʼuliyati turibdi va biz ularni hal etishga qatʼiy bel bog‘lab kirishganmiz.
Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish soliq auditidir.
Soliq auditi soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) nisbatan o‘tkaziladi.
Soliq organlari soliq auditi o‘tkazilishi boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin soliq to‘lovchiga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim bo‘lgan masalalarning ro‘yxati, zarur hujjatlarning dastlabki ro‘yxati, shuningdek soliq auditini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Agar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash belgilari mavjud bo‘lsa, soliq organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda soliq to‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilarning soliq auditi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan inspeksiya boshlig‘ining (inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Soliq auditida ishtirok etish uchun boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin.
Soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.
Soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan uni o‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.

Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.


Soliq to‘lovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq to‘lovchining bevosita soliq auditi o‘tkazilayotgan yildan oldingi uch yildan ko‘p bo‘lmagan faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq auditi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi.
Soliq auditini o‘tkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq auditi o‘tkazilishini quyidagilar uchun ham uzaytirishga haqli:
1) ushbu Kodeksning 146-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
2) chet el davlat organlaridan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olish;
3) ekspertizalar o‘tkazish;
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta yo‘l qo‘yiladi.
Soliq auditi muddatini uzaytirish soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) tegishli buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘tkazilgan soliq auditi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.



Download 404,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish