Kirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining obyekti paremialogiya - maqol va matallarning tarjima muammosi, til paralelligi hodisalari hisoblanadi.
Xalq - tarix va madaniyatni, moddiy va ma´naviy boyliklarni yaratuvchi buyuk kuch´. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to´playdi, shu tajribani turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqol va hikmatli so´zlar ana shuday bebaho merosimiz hisoblanadi. Tafakkurning bunday durdonalarini xalqimiz asrlar osha ko´z qorachig´iday asrab avaylab, sayqal berib, turli zamon hadisalaridan eson - omon olib o´tadi.
Jahonda "Xaql poeziyasi g´ayratli, tiyrak, jo´shqin, hayot kechiruvchi, sofdil, e´tiborli, oliyjanob xalqlardagina kamol topdi" deydi J.T. Chernishevskiy. Xalq hayoti tajribasidan kelib chiqadigan xulosalarning badiiy ifodasi bo´lmish maqollar, garchi bir ikki jumlali yoki misrali bo´lsada, ularning har biriga M. Gorkiy ta'biri bilan aytganda "butun - butun kitoblarga tatiydigan fikr va tuyg´u jo qilingan.
Hikmat durdonalari yaratilmagan, ularni asrlar osha dilida, tilida saqlab kelayotgan biror xalq yo´q.
Xalq asrlar davomida sayqal bergan har bir maqol yetuk badiiy asardir. Ana shu boy ijod durdonalarini imkoni boricha to´la to´plash, xalq ommasiga qayta taqdim etish - ezgu va muhim vazifalaridan biridir.
Maqollar zamonlar osha saqlanadi, pishiydi, mazmuni tobora teranlashadi. Ba´zi hollarda esa buning aksicha, eshituvchi va qayta talaffuz etuvchilarning muayyan maqolda aytilmoqchi bo´lgan ma´noni tushunmasligi mumkin yoki eshitganini eslay olmay o´zicha qo´shib - chatib aytishi, yoinki ma´lum bir fikrni isbotlamoq, ma´lum bir holatni ifodalamoq uchun eshitmagan maqollar tarkibidagi ayrim so´zlar o´rniga atayin boshqa so´zlar ishlatib, asl ma´nosi va mazmunini boshqa tomonga burib aytishi oqibatida ko´pgina maqollar keyingi avlodlar orasida asliga nisbatan noto´g´ri, mantiqqa zid tarzda qo´llaniladigan bo´lib qolgan. Bu holni hozir ham xalqimiz orasida qo´llanilayotgan va yozma adabiyotda, teatr tomoshalarida, matbuaot, radio va televideniyada ishlatilayotgan, hatto hikmat durdonalarining ayrim to´plamlariga kiritilgan bir qancha maqollarda ko´rish mumkin.
Maqollar mag´ziga ularni yaratgan xalqning asriy hayoti, dunyoqarashi, urf - odatlari singib ketgan. Modomiki shunday ekan, maqollarning tarixiy ildizlarini aniqlash, ularning g´oyaviy tematik mazmmunini ochib berish ko´p izlanishni, uzoq yillar mobaynida ish olib borishni taqqozo etadi.
Maqollarning muvaffaqqiyatli etimologizatsiya qilish - ijtimoiy taraqqiyotining tadrijiy rivojlanish yo´llarini, xalqimizning odati - qadimlarini, boricha kasb va hunarlarining o´ziga xos tomonlarini, ularda ishlatilgan qurol asboblarini, har bir kasb - hunar ahlining jargonlarini, hayvonot dunyosidagi ko´plab jonivorlarning va o´simliklar olamidagi qanchadan - qancha o´simliklarning o´ziga xos xususiyatlarini tabiat qonuniyatlarini, toabad ilimning ko´pgina tomonlarini, falsafiy tushunchalarini, qo´ying-chi, serqirra hayotining jamiki tomonlarini atroflicha berishni talab etadi.
U yoki bu maqollarning ko´chma ma´nosini, unda nima deyilmoqchi bo´layotganini aniqlash uchun maqolda keltirilgan obrazlarning mohiyatini to´g´ri anglamoq kerak. Xalq og´zaki ijodining ko´pchilik janrlarida, jumladan, maqollarda xalq jamiyatdagi munosabatlari, hodisa va holatlarini saddaroq, aniqroq ifodalash maqsadida tabiatdagi o´z xususiyatlari bilan shunga mos keladigan turli predmetlar, (hayvonlar, o´simliklar, ularning mevalari, ish -qurollariri mehnat maxsulotlari va h. k.) obrazidan ustalik bilan foydalanadi.
Ana shu predmetlarning har biri timsol qilib olinib, ular vositasida muayyan sifatlarga (xoh ijobiy, xoh salbiy) jo bo´lgan kishilarning obrazini gavdalantiradi.
Har bir xalqlarning maqollarini o´ziga xos bir entsiklopediya desa bo´ladi. Ularda serqirra hayotning hamma tomonlari o´z in´ikosini topgan.
Xalq maqollari tematikasini, g´oyaviy yo´nalishlarini aniqlamoq, sinfli jamiyatga ularning qaysilari sinfning ideologiyasini, dunyoqarashini, axloqini aks ettirganligini, hayotiy kuzatishlar natijasida turmushning muayyan tamoillari xususida qanday xulosalar chiqarish uchun maqollarni tasnif qilish kerak bo´ladi.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Masalan, Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta tushguncha, to‘nka dam oladi. Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo‘ladi. So‘zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati sanaladi.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to‘g’ri ma’noda qo‘llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi. Masalan, Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’. Qimirlagan qir oshar. Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so‘zlar (aforizmlar) deyiladi. Masalan, Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. (A.Navoiy)
Hikmatli so‘zlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (ya’ni nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga ko‘ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifning borligi bilan ulardan farq qiladi. Hikmatli so‘zlarni o‘rganib, xotirada saqlab, nutqda o‘rinli qo‘llay bilish kishining so‘z san’atkori, donishmand bo‘lishini ta’minlaydi. Vatan ishqi oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo‘ladi. (Murod Xidir).
Insonning mohiyati tabiat bilan hamohang ekanligini millatimizning ma'naviy murshidi Ahmad Yassaviy shunday ifodalaydi:
Boshim tufroq, o'zim tufroq,
jismim tufroq,
Haq vasliga yetarman deb
ruhim mushtoq.
Ushbu misralardagi tufroq so'zi oddiy so'z emas, poetik obraz.
Tuproq — Ollohning munavvar nuri, jannat mulki. Tuproq-sabr, umid, ezgu xalq va muruvvat.
Tuproq — Vatan.
Tuproq-neсha yuz yillardan buyon ne-ne ulug' farzandlarini quсhog'iga bosib kelayotgan mushfiq Zamin.
Shuning uсhun ham biz uni e'zozlab ona tuproq deymiz.
Shunga monand ona tabiat birikmasi ham bejiz yaratilmagan.
Tilimizda ko'pgina o'xshatishlar, maqollar va matallar bizning qanсhalik darajada tabiat ta'sirida ekanimizni va aksinсha, tabiatning inson axloqi va yurish-turishiga bog'liq ekanini namoyish etadi. Masalan, biror kishi uyimizda mehmon bo'lib qaytsa, u haqida «Shamoldek kelib ketdi»; biror joyga tez borib kelish ta'kidlansa «Yashindek borgin-u qayt» yoki uzoq safarga yaqinlaringizni kuzatsalar «Oy borib, omon qayt» deyishdan o'zimizni to'xtatolmaymiz.
E'tibor bersak, tabiat va inson birligining azaliyligini, abadiyligini namoyon etadi. Xursandсhiligimizni «Boshim osmonga yetdi» tarzida ifodalasak, xafa odamni ko'rib," qovog'idan qor yog'adi", deya yana tabiat bag'ridan ifoda qidiramiz.
Shuningdek,
«Qo'y og'zidan cho'p olmagan»
«Musichaday beozor»
«Chumoliday mehnatkash»
kabi iboralar hayvonot dunyosi bilan inson o'rtasidagi bog'liqlikni eslatib turadi.
Xalq og'zaki ijodining, maqol, topishmoq, matallar kabi janrlarida xalq o'rtasidagi munosabatlar, hodisa va halokatlarni soddaroq, oydinroq ifodalamoq maqsadida tabiatdagi narsa va mavjudodlarning shunga o'xshash tomonlaridan ustalik bilan foydalaniladi.
Masalan; xalqimiz sherni - mard, dovyurak botirlarga; tuyani — el-yurt og'alariga, buzruklarga, shuningdek, kuchli, chidamli, sabot — matonatli, ba'zi hollada esa takabbur kishilarga; eshak va ho'kizni — befaxm, befarosat dangasalarga; qo'yni yuvosh, muloyim tabiatli kishilarga, mazlumkorga;
qaldirg'ochlar qanoti esa qizlarning qoshlariga nisbatan o'xshatiladi.
Demak, tabiat, inson, jismlar, o'simliklar, hayvonlar hamma-hammasi bir-biriga uzviy bog'liq, hatto ular bir-birisiz yashay olmaydilar, mehnat qila olmaydilar.
Yuqoridagi tushunchalarni o'quvchilar ongiga singdirib borilsa, yosh avlod kelajak avlodga tabiatni, borliqni asrab — avaylab yetkazishga harakat qiladi.
Xalq maqollarida vatanga muhabbat, uni sevish va qadrlash bosh mavzu hisoblanadi. «Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni», «Ona yurting omon bo'lsa, rangi-ro'ying somon bo'lmas», «Vatan gadosi — kafangadosi» kabi maqollarda bu mavzu o'zining ixcham ifodasini topgan.
Xalq maqollarining mavzusi keng qamrovli bo'lib, ularda ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga aloqador xalqning barcha hukm va xulosalari topgan.
«Er — xotin qo'sh xo'kiz».
Bu maqol garchi qo'polroq o'xshatish qilingan bo'lsa ham, aytilmoqchi bo'lgan fikr teran: «Qo'sh xo'kiz omochni baravar tortgani singari, er-xotin ham uy-o'zg'or ishlarini baravar qilishi, tirikchilikni baravar tortishi bir-biriga ko'maklashishi „hamkorlik qilishi kerak“ kabi ma'noni anglatadi.
»Ilmiga amal qilmagan mullodan bir qop yuk ortilgan eshak afzal".
«It otasini tanimas».
Boylikka ega bo'lgan yoki biror mansabga mingan, shu tufayli ko'zini shira bosib, kekkayib boshqalar tugul, hatto otasini ham tanimay qo'ygan noqobil farzandlarga qarata kinoya tarzida aytilgan.
Mana bugungi kunda terrorchilar ham o'z vatanini, ota-onasini ham, oilasini ham tashlab xiyonat qilmoqdalar. Mana shunday razil kishilarga nisbatan «It egasini tanimaydi», «Itning egasi yo'q, qozonning chekkasi yo'q», «It otasini tanimas» maqollarini qo'llashimiz mumkin.
Matallar ko'chma ma'noda qo'llanadi. Masalan; «Burnini yerga ishqamoq» matali ko'chma ma'noda kelgan.
«Oyog'i kuygan tovuqday». Tovuqning oyog'i kuysa, tipirchilab qoladi, bir joyda tura olmaydi. Shunday holatni insonlarga o'xshatiladi.
Hayotni o'ziga xos badiiy idrok etish shakli bo'lgan topishmoq o'zbek folklorining ommaviy janrlaridan biridir. Inson va uni o'rab olgan olam topishmoqlarda ko'chimlar, o'xshatishlar, taqqoslashlar, qiyoslar, solishtirishlar, savollar vositasida o'ziga xos poetik shaklda aks etadi.
Shu bilan birga u — xalqaro janr.
Har bir xalqning topishmog'i o'sha xalq hayot tarzining ifodasi sifatida o'ziga xos, original, jozibali va benazirdir.
O'quvchi jumboqli narsaga juda ham qiziqadi.
Shakli va vazifasi, ish-harakati va holati jihatidan bir-biriga o'xshash ikki predmet, narsa va xodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga xos o'xshash belgilar asosida uni topishga mo'ljallab she'riy yoki nasriy tuzilishida berilgan savol yoki topshiriq topishmoq deb yuritiladi.
Masalan: «Bir parcha patir, olamga tatir» topishmog'ini olaylik. Bunda to'lin oy bilan patir bir-biriga taqqoslangan va ularning shakl jihatidan bir-biriga o'xshashligi aniqlangan. Shu tariqa topishmoqning javobi-oyning juda chiroyli va o'rinli ko'chimi patir topilgan.
Darhaqiqat, Z.Xusainovaning yozishicha: O'tmishda tabiat va tabiat hodisalarini o'zi bir jumboq bo'lganki, odamlar uning sirini bilmaganlar va yecha olmaganlar.
Hayotimizga kirib kelgan samolyot, poezd, avtomashina, tramvay, telefonlar, radio, yer yo'ldoshi, lamposhka haqida qator topishmoqlar yaratildi:
«Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek». (Lampochka.)
«Qush emas, qanoti bor,
Chiroyli savlati bor
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo'r quvvati bor„ ( Samolyot.)
Bugungi kunda topishmoqlar juda katta ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ular bolalar va yoshlarimizning fikr doirasini kengaytirish, topqirligini oshirish va muhokama qobiliyatini o'stirishning muhim estetik vositasidir.
O'zbekistonga mustaqillik quyoshi nur sochishi bilan o'zbegimni u milliy qadriyatlari, unutilmas urf-odatlari qayta tiklandi. Bu esa o'z navbatida o'zbek xalqining yo'lini yanada charog'on qiladi.
Mustaqilligimazga erishishimiz millatimiz, xalqimiz hayotida tub burulish yasadi. Biz o’z tariximiz, qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizni “qaytarib” oldik go’yo. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan usbu madaniyatimizning bir bo’lagi esa maqollar hisoblanadi.
Bob1 "Paremialogiya frazeologiyaning ajralmas qismi"
Paremialogia fani borasida ko´pgina tilshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ularning har qaysi biri ushbu termin to´g´risida o´zlarining alohida fikrlarini bildirishgan. Juda katta davr ichida olimlar, tilshunoslar har biri ularni, ya´ni paremialogia fanining obyekti bo´lmish maqollarni o´zicha tasnif qilgan. Natijada maqollarni tasnif qilishning bir necha turi vujudga kelgan.
Bu turlarning asosiylariga Alifbe tartibi kiradi. Yuqorida ta´kidlaganimizdek, bu haqda ko´plab qarashlar mavjud.
Ularning ayrimlari bilan quyida tanishamiz.
Paremialogiya so´zi yoki qadimgi grekchadan (yunon) o´zlashgan bo´lib, "paromia" - maqol yoki so´z ma´nolarini anglatadi. Paremialogiya fani maqollar, matallar, topishmoqlar bilan shug´ullanadigan fan bo´lib hisoblanadi.
Paremialogiya fanining asoschisi mashhur nemis tilshunosi K.F. Wanger Bo´lib hisoblanadi. Uning fikricha bu fanning obyekti maqollar, matallar hisoblanadi, ya´ni ularni tadqiq etish mazkur fanning bosh maqsadidir.
Insonlar odatda kundalik hayotda so´zlashuv nutqda bir qancha maqollarni qo´llaydilar. Bu jarayon so´zlovchi uchun go´yo "ovqatdagi tuzdek" bo´lib qolgan, ya´ni bu so´zlovchi va tinglovchi o´rtasidagi suhbatga jon bag´ishlaydi.
Qizig´i shundaki mazkur hodisa dunyodagi barcha tillarga xos jarayondir. Paremialogiya faninning obyekti maqollar ekan, ushbu tushunchaning tarixiy ildizlaridan to hozirgi kunga qadar bo´lgan yutuqlari haqida quyida so´z yuritamiz.
Demak maqol tushunchasi XVI asrlardayoq "Spruch" yoki "Sprüchnort" tarzida nemis ilmiy adabiyotlarida uchragan. Keyinchalik XVIII asrlarga kelib "Sprichwort" - maqol termini bilan almashganlar va shu tarzda hozirgi kunga qadar qo´llanib kelinmoqda.
Maqol - bu ixcham, qisqa shaklga keltirilgan insonlarga pand - nasixat ulashadigan, ogoh bo´lishga undaydigan "gap"dir.
Bu tushuncha hatto yuqori nemis til davrida ham qo´llanilgan. Ular tautalogik birikma hisoblanadi, ya´ni bir fikrni boshqa so´zlar bilan takroran ifoda etish xususiyatiga ega.
Maqollar mavzusi yoki ramziy "hikoya" bo´lib, mustaqil bir fikrni anglata oladi va bu bilan ular matallardan qisman farqlanadi. Demak, maqollar mustaqil fikrni anglatadi. Matallar bo´lsa anglatmaydi va mustaqil ham sanalmaydi, chunki ular faqatgina obrazli ifoda bilangina cheklanib qoladi. Shu o´rinda mashhur tilshunos olim V.Daliniyning fikrlariga to´xtalib o´tsak. "matal - bu xali pishib yetilmagan meva" yoki boshqacharoq aytadigan bo´lsak "yarim maqol ibora"dir. Bundan ko´rinib turibdiki maqol va matal tushunchalari aynan bir xil emas, balki ma´lum jihatdan farqlanadi.
M: "Es ist nicht alle Tage Abend"
Yuqoridagi misolimizni matal sirasiga kiritishimiz mumkin, lekin uni maqol deya olmaymiz:
Man soll den Tag nicht vor dem Abend loben.
Böse Botschaft bringt man bald.
Brot kostet Schweiß.
Keyingi misollar esa aynan maqolga misol bo´la oladi.
Maqol va matalning asosiy farqi maqolning ritmik ko´rinishini va unda qofiyalarning tushib qolmasligidir. Demak, maqol va matallarni farqlashda biz ularning ritmik qurilishiga va qofiyalanishiga e´tibor qaratishimiz lozim bo´ladi.
Qadimgi yoki yuqori nemis tili davrida maqol birgina so´zni emas, balki butun bir fikrni anglatgan.
M: Not bricht Eisen.
Hunger ist der beste Koch.
Alte Liebe kostet nicht.
Ein Sperling in der Hand ist besser als eine Taube auf dem Dach.
Maqollar abstrakt yoki masal, ramziy hikoya tarzida uchrashi mumkin va bu bilan ular matallar va iboralardan farq qiladi. Ular, ya´ni matallar mustaqil gaplar hisoblanmaydi, chunki ular aniq bir fikrni ifoda etish o´rnniga faqat obrazli ifoda bilan cheklanib qoladi. Bular masalan: taqqoslang vergleich, metafora - Metapher, giperbola - (mubolag´a) Hyperbel, Paradoxon - Paradokson, (mantiqqa mos kelmaslik) bo´lishi mumkin. Maqollar boshqa frazeologik birliklardan ma´nosi jihatdan va struktura (tuzilish) jihatdan farq qiladi. Bular xalq og´zaki ijodida qotib qolgan xalqdan - xalqqa o´tib kelayotgan qisqa shakldagi chuqur ma´noli hikoyat, xikmatli gaplardir. Ular odatda gap shaklida bo´ladi va fikrni bir muncha obrazli, mavxum tarzda aks ettiradi.
M: Von schönen Worten wird man nicht satt.
Muqobili: holva degan bilan og´iz chuchimaydi.
Auch ein Feind ist zuviel.
Muqobili: ko´z ko´ngil oynasi.
Das Auge ist der Seelespiegen.
Sprichwörter sind oft gereinet, was überhaupt für die volkstümlichen Redewendungen typisch ist:
M: Wie genonnen, so zeronnen.
Einen geschenktem Gaul, schaut man nicht ins Maul.
Morgenstunde hat Gold im Munde.
Sprichwort (mhd Sprichwort = gelenfige Redewendung) kurzer, einprägauser Satz, den eine praktische Lebensweisheit enthält.
Paremialogiya fani frazeologiya faniga nisbatan ancha keyinroq paydo bo´lgan bo´lib, ularning tadqiqot obyektlari ham o´xshash bo´lgan. Keyinchalik paremiologia alohida mustaqil bir fan bo´lib ajralib chiqqann.
Demak, biz paremialogia fanini frazeologiya faning ajralmas qismi desak ham bo´ladi, chunki ularning tadqiqot obyektlari yuqorida ta´kidlaganimizdek, bir narsani taqqazo etadi. Lekin ular ayrim jihatlari bilan bir - biridan farq qiladi. Frazeologiyada farqli o´laroq paremialogiada biror bir kontekstda yoki so´lashuv jarayonida qo´llaniladigan gaplarni uyg´unlashtiruvchi muvofiqlashtiruvchi elementlar bo´lmaydi, shunga o´xshash leksema yoki elementlar ham bo´lmaydi.
Maqollarning sintaktik strukturasi (tuzilishi) ot, sifat, fe´l va ko´p hollarda qofiya, ritm va alleteratsiya (bir xil yoki ohangdosh undoshlarning qaytarilishi, yonma - yon kelishi) kabi til birliklaridan tashkil topishi mumkin.
M: Viel lachen, viel geläutet.
Maqollar "mikrotekstlar" bo´lib, ular xuddi leksik birliklar kabi kontekstda reproduktsiya qilinmaydi, balki "sitatalar" shaklida beriladi. Maqollardan frazeologik birliklar yaratish mumkin.
M: jmdn. eine Grube graben.
Yuqoridagi misolimiz frazeologik birlik bo´lib hisoblanadi va "kimgadir chog´ (chuqur) qazmoq" deb tarjima qilinadi. Bu ibora quyidagi maqoldan hosil bo´lgan:
M: Wer anderen eine Grube gräbt, fällt selbst hinein.
Ushbu maqolning o´zbek tilidagi muqobili quyidagicha ta´riflanadi:
birovga chog´qazsang, o´zing yiqilasan.
Maqollar va matallar mehnatkash xalqning falsafiy qarashlari bo´lib, ular hayotning turli jarayonlarida vujudga kelgandir. Xalq maqollari kishilarga o´git - nasihat berish bilan birga, ularni ogoh bo´lishga undaydi, kelajakdagi shodlik va mashaqqatlardan xabardor qiladi. Baxtli bo´lishga ruhlantirish bilan birga, musibatlarga bardosh berishga o´rgatadi. Maqol kishilarni g´alabalarga ilhomlantiradi. O´tkir so´z maqol nutq uchun ajoyib libos vazifasini bajarish bilan kishilarni tarbiyalaydi. Maqolsiz xalq bo´lmaganidek, o´z nutqida xalq maqollarini ishlatmaydigan kishi ham bo´lmaydi.
Har bir maqolda hamisha «ta`lim ulushi» - ibrat mavjud bo`ladi: maqol tagida ibrat tusidagi aniq ramz tushuniladi, bu ibrat haetning turli ko`rinishlarini umumlashtirib, tugal jumla holiga kelgan bo`ladi. Maqollar mehnatkashlarning ko`plab ma`naviy ehtiejini qondiradi, ular aqliy bilim, ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lishi, odamiylik, ahloqiy fazilatlar va hokazolarni anglatishi mumkin.
Maqollar qadimiy e o`tmish hodisa bo`lmay, xalqning jonli ovozidir, xalq bugungi zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish to`g`risida gap ketsa, u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks etgan o`tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga qay darajada muvofiqligiga bog`liq ravishda qoralanadi yoki ma`qullanadi. Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi. Unda xalqning hayotiga bergan bahosi, xalq zakovatining kuzatishlari jo etilgan bo`ladi. Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, maqol bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning o`zida yonma-yon kelishi mumkin, xolos.
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi. Maqollar xotiraga mahkam o`rnashadi. So`z o`yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson esda saqlab qoladi. Ayni holda she`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda ebilish faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi. Maqolning asil vasitasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buyon ta`lim vasitasi bo`li xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos
keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari to'g`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy yoki salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u yoki bu tarzda aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyachidek qutlug` vazifalarini mensinmaydigan katta yoshdagi odamlarni qoralaydi va hokazo. Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o`gitdir. Ta`lim nuqtai nazaridan o`gitlar uch toifaga bo`linadi:
Bolalar va eshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan, muloyim bo`lishga undaydigan tanbehlar. Katta yoshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu-odobga o`rgatadigan tanbehlar va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan ibort o`ziga xos nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq hayotidagi o`rniga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga, mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`el atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari o`z aksini topgan va h.k.
Xalq va avlodlarning ta`lim muassassasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno ishtirok etadi. Bolaning dunega kelishi uchun bayram, farzandsiz ikki jonning yashashi dushvor. O`zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko`p takrorlanadi: «O`g`il bilan qiz - bir juft qizil gul», «O`g`il bilan qiz - uyning mehmoni», «O`g`il bilan qiz - tun bilan kun», «O`qil oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong`u tunni yorug` kunduz qiladi», «O`g`li yo`qning o`rni yo`q, qizi yo`qning qadri yo`q».
Bolani har kim ham tug`adi, lekin tarbiya har kimning qo`lidan kelavermaydi. «Tug`ishga tug`ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har bir xalqda uchraydi. Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, shuncha yaxshi. Tarbiyani bola tug`ilishdan boshlagan yaxshi, chunki tarbiya bola tug`ishdan ham muhimroqdir. «Dunyoga keltirgan ota va ona emas, yedirib-ichirgan, yaxshi tarbiya bergan ota va ona». Ota bilan ona faqat ota-onagina emas, tug`ilish bu boshlanishi, ota bilan ona eng avvalo tarbiyachilardir, faqat shundagina ular o`z vazifalarini tugal ado etgan hisoblanadilar. «Ona maktabi» otadan ko`ra muhimroqdir: «Otasi yaxshining bittasi yaxshi, onasi yaxshining hammasi yaxshi», «Ona miyasiga quyganni ota sug`urib ololmaydi».
Xalq tafakkurida merosxo`rlik, meros va ota-onalar ta`lim faoliyatining natijalari uzviy bir butunlikda namoen bo`ladi. «Yaxshi xotinning bolalari ham yaxshi bo`ladi» (rus), «Aql katta bo`lganda kiradi, tarbiya tug`ilgandan boshlanadi» (o`zb), «Yaxshi go`shtning sho`rvasi totli, yaxshi odamning bolasi totli» (qir) va hokazo. Lekin, bolaning o`z kilmishlari uchun shaxsan mas`ulligi ham inkor etilmaydi: «Ahmoq o`g`ilga ota ham aql bo`lolmaydi», «Ahmoq o`g`ilni ota ham yo`lga sololmaydi». Maqollarda tarbiyaning qulay va noqulay sharoitlari o`z aksini topgan. Barcha xalqlarda yosh avlodga tarbiyachi (murabbiy)larni hurmat qilish zarurligi uqtiriladi. Ota-ona obro`siga, ayniqsa, katta e`tibor beriladi: «Ota puli bilan emas, ota aqlli bilan yashash kerak», «Eskichada ham, yangichada ham ota o`g`ildan qutlug`», «Otalar so`zi aqlning ko`zi». Onani ham istehkom devoriga qiyos qilinadi. Ota-onalariga qilgan muomalalariga qarab bolalar taqdiri bashorat qilinadi: «Otangni xor qilganding, senga ham o`g`lingdan shu qaytadi» (rus). Darvoqe, bu mavzuda bir ertak ham bor, unda eng yaxshi tarbiyachi keksalar ekani to'g`risida bir olam maqol aytilgan: «Qancha keksa bo`lsa, shuncha haq, qancha esh bo`lsa, shuncha qadrli», «Qari bilganni pari bilmaydi», yoshlar bilan kattalar o`rtasidagi munosabatlar barcha xalqlarda deyarli bir hil ifoda etiladi: «Kattalarga joy ber, kichiklarga yordam» (xakas), «Kattalardan o`rgan, kichiklarga o`rgat» (o`zb, chuv, tuva, tatar, qirg`) «yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga» (o`zb, rus va h.q.).
Maqol bu xulosa, lekin u hali so`nggi manzil, xayolot sarhali emas. Maqol qandaydir muayyan holatda-xulosa, boshqa holatda-faraz bo`lib, yangi muammolarni ko`ndalang ko`yadi. Maqolning qiymati uning tub-tubiga kirib borishni talab etuvchi ma`nosini sharhlab berilganda ma`lum bo`ladi. Mulohazalarda, suhbatlarda, bahslarda maqollarni sharhlab berish xalq ichida keng eyilgandi. Bunday sharhlashlar ko`pgina hollarda bir qarashda unchalik bo`lmagan maqollarni ham ta`limiy maqollar sirasiga o`tkazib yuboradi.
«Hayot dala aylanish emas, uni yashash kerak» maqoli kishilarga qarata aytilgan nasihat, maslahat sifatida talqin qilinadi. «O`qinglar, ammo o`ynab-kulib ham qolinglar. Hali ishlaydigan vaqtlar keladi... Hayot
dala aylanish emas uni yashash kerak». Muayyan voqea tavsifiga nisbatan umumiy ta`lim mulohazasi yuritilganda maqollar ayniqsa ko`p ishlatiladi. Bitta yokki ikkita o`g`il kamlik qilishi haqida xalq bunday deydi: «Tug`ri-da bitta o`g`il qazo qilib ketishi ham mumkin, ikki qaynonaga duch keladi.
O`g`ling uchta bo`lsa, qariganingda uchta tayanching bo`ladi, axir». Xalq dunyoqarashini o`rganish uchun ta`lim o`gitlarining o`zi ayniqsa qimmatlidir. Ular ta`lim ashyolari, bolalar va tarbiya haqidagi bilimlar bilan birgalikda xalq ta`limi tafakkurining negizini tashkil etadi. Bu xalqning o`ziga xos ahloqiy ma`rifiy qoidasi. Bu qoida muhim jihatlarda xalqning o`zi tomonidan obdan o`ylab ko`rilgan: «Bolalarni kaltak bilan emas, yaxshi so`zlar bilan o`qitadi», «Kaltakdan badan qabaradi, haqoratdan yurak», «Bolalarni do`q va kaltak bilan emas, uyaltirish bilan jazolaydi», «O`zingnikini olganingda o`zgalarni ham unutma, o`zingniki istasang-istamasang do`st bo`lib qolaveradi», «yosh aql bahorgi muz parchasi», «Yumshoq saqich muhrga, yosh esa ilmga yaxshi», «Aqlsizni o`qitish tagi yo`q idishga suv quyish bilan teng», «Takrorlash bilimning onasi», «Olim ko`rib turadi, avom izidan boradi», «Musibatda odam dono bo`lib ketadi», «Yaxshi bilan yurgan yetar murodga, yomon bilan yurgan qolar uyatga», «Birinchi farzand hammadan ham suyumliroq», «Aql ummonday bepoyon, bilim tog`day yuksak», «O`qimishli odam misoli quyosh, savodsiz odam zim-ziyo tun», «eg`ochni namligida ek bolani vaqtida o`qit», «Emizayotganingda o`g`lingni tarbiyalamasang katta bo`lgach, tarbiyanishga fursati bo`lmaydi», «O`qimagan ahmoq emas, o`qishni istamagan ahmoq», «Keksaga hassa tayanch, yoshga ilm», «Botirlar orasida yashasang, sen ham botir bo`lasan», «Hammamiz odamlarmiz, bitta insonmiz», «Zamona qanday bo`lsa, odamlar ham shunday bo`ladi», «Odamning bahosi odam bilan o`lchanadi. Odam o`zi uchun tug`ilmaydi».
Tarbiya natijasi haqidagi xalq fikri muhim ta`lim ma`nosiga ega. Bu odamlar, ularning shaxsiyati haqidagi mulohazalarni baholovchi fikrlardir: «Qiziqqon odam makkor bo`lmaydi», «yomon odam ko`mirga o`xshaydi: kuydirmasa ham qorasi yuqadi», «Pok vijdon Xudoning ko`zi», «Sof vijdon fosh qilishni yoqtiradi», «Yurganda maysani bosmaydi» (yuvoshlik haqida), «Uning faqat qorga bosgan izi tug`ri» (elgonchilar haqida), «Maqtanchoqning gaplari ko`lmak, kamtarniki dengiz», «Ayiqning o`zini ko`rib, izini qidiradi» (bemaqsad odam tug`risida), «yolg`on bilan dono bo`lmas, o'g`rilik bilan boy bo`lmas», «yoshlarning shijoatini so`ndirgandan ko`ra, yomon daraxtini sindirgan oson», «It qutirsa egasini qopadi», (noinsof odamlar tug`risida yana bir maqol: «Ko`chib bo`lgandan keyin tuya na hojat, daryodan suzib o`tgach, qayiq na hojat»), «Yaxshi odam eomnlikni eslamas, emon odam yax`shilikni eslamas» va h.q. Ko`plab ibratomuz maqollar shunisi bilan qiziqqa, aniqliq xossasi ulardagi ish-harakat va amallarga qarab bahlonadi, tarbiya bilan bog`liq holda qaraladi. Ahmoq odamlarni tarbiyalash oson emas: «Ilon o`zining egriligini bilmaydi: to'g`rilasang chaqadi», «Bukrini go`r tuzatadi», «Ilon po`stini yilda bir almashtiradi, ammo zaharli tishi qolaveradi». Maqollarga qarab shaxsning ijobiy va salbiy hislatlari odamlar xulq-atvorini bir zaylda yaxshilashni ko`zda tutuvchi tarbiya maqsadi sifatida gavdalanadi. Buning ajoyib tomoni shundaki, barcha xalqlar inson kamolotining cheksizligini tan oladilar. Kishi har qancha komil bo`lmasin, u kamolot sari yana bir qadam tashlaydi.
Bu qadam nafaqat odamni, balki bashariyatni taraqqiyot sari boshlaydi. Sharhlovchilar oila va nasablarga quyidagicha mantiqiy baho beradilar: istiqbolsiz nasab, ertasi yo`q oila, shoxbutoqsiz daraxt; ildizsiz daraxt quriydi, yolg'iz butoq sinishi turgan gap, hassasiz cho`pon-shoxsiz daraxt va hoqazo. Gohi paytlarda yolg'iz bola katta bo`lgach, o`z bolalarini himoyasiz tashlab qo`yishi mumkin, chunki uning yaqin qarindosh urug`lari-ammayu amakilari, jiyanlari bo`lmaydi-da. Ba`zilar savol-javob vaqtida xalq tafakkuri sifatida maqollarga tayanib, bola va nevaralarga o`zlaringdan ko`payib, uvali-juvali bo`linglar deb, dangal istak bildiradilar:Shuning uchun aytaman-da, bitta bola kam deb. «Ota-onaning ta`lim vazifalari sifatida bolalarga muhabbat, ulardan faxrlanish ota bilan ona to'g`risida teng bo`linadi»: «Ota qizini yaxshi ko`radi, ug`li bilan g`ururlanadi, ona o`'g`lini yaxshi ko`radi, qizi bilan faxrlanadi». Maqolda ota va onaning o`z bolalari tarbiyasi uchun mas`ulliklari alohida qayd etilgan, ularning ta`lim vazifalari farqlab berilgan: ayni holda oilada qulay ahloqiy muhitni ko`zda tutuvchi muhabbat, ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi samimiy munosabatlar ko`proq tarbiya sharoitlariga tegishli bo`ladi, faxr esa uning natijasigina. yolg`iz farzand - bu faqat o'g`il yoki faqat qiz demak, oilada esa ug`illar ham, qizlar ham zarur. Ota ham ona ham na faxrdan, na muhabbatdan bebahra qolmasin, ularning har ikkalasi ham bolalari tarbiyasi bilan bog`liq o`z ahloqiy tuyg`ularidan to`liq qoniqish hosil qilsin. Maqollarning ko`p ma`noliligi, ularning bir-biri bilan ko`ptaraflama va ko`p qirrali aloqadorligini, bir-birlarini to`ldirishini, izohlashini bildiradi. Bu ko`pma`nolilik ma`lum darajada maqollarning yuksak shoironaligi bilan o`zaro bog`langan.
Bolalarni tarbiyalash ishida so`zlari bolalarga hozirda tushunarli bo`lgan maqollardangina foydalanish zarur. Aks holda, ularnүi qo`llashdagi ta`sirchanlikka putur yetadi. Quyida o`qituvchi tarbiya jaraenida foydalanishi mumkin bo`lgan maqollarni keltiramiz.
Xalq o´zining dono so´zlari bilan mehnatsevar kishilarrni ardoqlasa, yalqov va mehnatdan qochuvchi tekinxo´rlarni rosa savalaydi. Xalqning so´zi o´tkir, qurol singari ta´sir qiladi. Zotan, dunyoda mehnatkash xalqdan ulug´ faylasuf ham, shoir ham oddiy xalq orasidan yetishib chiqadi. Har ikkalasi ham xalq yaratgan donolik bulog´idan bahramand bo´ladi.
Xalq maqollarida do´stlik va birodarlik , mehnat va shijoat, shodlik va xursandchilik, qayg´u va alam, mag´lubiyat va g´alaba, muhabbat va hijron kabi tuyg´ular o´z ifodasini topadi. Maqol ba´zan kishi qalbiga taskin va tasalli bo´lsa, ba´zan yaraga tuz sepgandek achitib yuboradi.
Hamma xalqning ham turmushining barcha sohalariga yarasha yaratgan maqol va matallari bor. Ba´zan kishilar o´zaro suhbatlarga "falonchi xalqning maqollari juda o´tkir" deb biror xalqning boshqa xalqlardan aql - ong jihatdan ustun qo´ymoqchi bo´ladilar, lekin bunday fikrga qo´shilib bo´lmaydi. Dunyoda son jihatdan kichik xalq bo´lishi mumkin, ammo aqli ong jihatdan kichik xalq bo´lmaydi.
Ma´lumki, maqol va matallar, ko´pincha she'riy shaklga ega bo´ladi. Nemis xalq maqollarini va matallarini o´zbek tiliga tarjima qilish jarayonida maqollarga xos badiiy xususiyatni saqlab qolish juda muhim va maqollardan qofiyani ham saqlanib qolinishini taqozo etadi.
Masalan: Borgen macht Sorgen.
Muqobili: qarz olmoq, baloga qolmoq.
Maqollar – bu xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini ko’rsatadigan xalq og’zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu “gavhar” nafaqat tilshunoslar, balki boshqa turli soha vakillarini ham qiziqtirib qo’ygan desak xato qilmaymiz: etnograflar, madaniyatshunoslar, folkloristlar, adabiyotshunoslar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar. Sanab o’tilgan sohalar, albatta, maqollarning turli jabhalarini tadqiq qiladilar. Biz esa quyida o’zbek, ingliz va rus tili maqollarining paremiologiyadagi o’rni va o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Maqollar paremiologiya sohasi doirasida o’rganilib, paremiologik birlik – parema hisoblanadi. “Paremiologiya – (yunoncha “paroimia” – masal, ramzli hikoya; “logos” – so’z, fan) ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og’zaki shaklda ko’chib yuruvchi, ixcham, sodda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan turg’un ibora, maqol va matal – paremalarni o’rganuvchi fan” [1, 249].
Tabiiyki shunday savol tug’iladi: barcha tillarda ham maqollar paremalar sifatida bir xil xususiyatlarga egami yoki turli tillarda, umuman, maqollar farq qiluvchi jihatlarga egami? Quyida esa shu savollarga javob berish maqsadida maqollarning boshqa paremiologik birliklardan ajratib turuvchi xossalarini keltiramiz.
Ma’lumki, maqol deganda biz “(arabcha maqola, kichik asar, so’z, nutq degan ma’nolarini anglatadi) hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand – nasihat mazmuniga ega bo’lgan ixcham obrazli, tugal ma’noli ibora, gap” [1, 187] ni tushunamiz. Maqollarda avlod – ajdodlarning jamiyat va tabiatga munosabati, tarixiy, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari, ijobiy va salbiy fazilatlar haqidagi mulohazalari aks etadi.
Maqollar boshqa paremalar, ya’ni matal, masal, aforizm va boshqalar bilan bir qatorda tursada, ulardan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Xalqchilik. Yuqorida aytib o’tilganidek, maqollarda xalqimizning asrlar davomida tajribada sinalgan donoligi namoyon bo’ladi. Mashhur tilshunos Dal aytganidek, “maqollar ortidan xalq tomon borish mumkin ekanligini hech kim rad eta olmaydi”.
Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig’isi, shodligi va sevinchi, qayg’usi va ovunchi, bu xalq haqiqati, uni to’g’ri yo’lga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida to’plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi.
Maqollar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi. Ular zamonlar osha, xalq donishmandligining muhim manbai sifatida, og’izdan – og’izga o’tib, sayqallanib kelgan. Maqollar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari singari, har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy – madaniy xususiyatlari va uning qirralarini, dunyoqarashi, axloqiy me’yor va prinsiplarini, millatning ruhiy holatini to’liq ifodalaydi” [2, 5].
Aynan, xalqchillik maqolning ichki strukturasi, ya’ni ma’nosining yo’q bo’lib ketishi mumkin emasligini isbotlaydi.
Bu jihat maqollarni aforizmlardan farqlab turadi. “Aforizmlar – (yunoncha “aphorismos” – hikmatli so’z) ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; hikmatli so’zlar” [1,83].
Shuni ham aytib o’tish kerakki, aforizmlar ham maqollar singari biror narsa haqida bahs yuritmaydi, balki inson ongiga ta’sir etadi. Aforizmlar, ta’rifdan ko’rinib turibdiki, maqollardan aniq muallif tomonidan yaratilganligi bilan ajralib turadi.
Kelib chiqishining qadimiyligi. Maqollar mingyilliklar, yuzyilliklardan beri yashab kelmoqda. Insoniyat paydo bo’libdiki u atrof – olam, jamiyat, siyosat, tabiat, iqtisodiyot va tibbiyot haqida fikr yuritadi, xulosa chiqaradi. Ana shu o’y – hayollar va xulosalar qisqa va lo’nda bo’lgan jumlalar – maqollar kelib chiqishi uchun zamin hozirladi hamda ushbu maqollar bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamiyat va ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilindi (aynan shundan maqollarning xalqchillik xususiyati kelib chiqadi).
Ularning kelib chiqishi necha mingyilliklarga taqalmasin maqollar hech qachon eskirmaydi, iste’moldan qolmaydi.
Majoziyligi va ko’chma ma’noli ekanligi. Maqoldan kelib chiqayotgan ma’no har doim ham uni tashkil etayotgan so’zlarning ma’nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki uning obrazliligi bilan bog’liqdir. Misol uchun: Asli qora oqarmas, oqarsada bo’zarmas ( ya’ni “qancha harakat qilinmasin yomon yaxshiga aylanib qolmaydi”).bunday holatni biz ingliz va rus tiilarida ham kuzatishimiz mumkin: Не в свои сани не садись (ya’ni “qo’lingdan kelmaydigan ishga kirishma”); Every dog has its day (ya’ni “hali bizga ham omad kulib boqadi”).
Ularning hikmatli so’zlardan farqli jihati ham maqol ma’nosining ikki jihatga ega ekanligidir. Aniqroq qilib aytganda, hikmatli so’zlar faqat o’z ma’nosida kelsa, maqollar esa ham o’z ma’nosida, ham ko’chma ma’noda qo’llanila oladi. Fikr dalili sifatida quyidagi maqollarni keltirish mumkin:
O’zbek tilida:
Bug’doyning borar joyi tegirmon (“hech kim bu dunyoda abadiy emas”).
Tog’ bo’risiz bo’lmas, to’qay arslonsiz (“ hamma yoining o’z egalari, kuchlilari bor”).
Taom tuz bilan, tuz o’lcham bilan (“har narsaning me’yori yaxshi”).
Ingliz tilida:
Don't judge a book by its cover (“ko’rinishiga qarab baho berma”).
Dog does not eat dog (“hech kim o’z birodariga xiyonat qilmaydi”).
Don't cross the bridge until you come to it (“oldindan xulosa chiqarma”).
Rus tilida:
Одна ласточка не делает весны (“bitta belgi hodisaning mohiyatini to’liq ochib berolmaydi”)
Волков бояться – в лес не ходить (“tavakkal qilmasdan natijaga erishib bo’lmaydi”)
Яблоко от яблони недалеко падает (“bolalar ota – onalariga o’xshagan bo’lishadi”)
Quyidagi maqollar esa faqat ko’chma ma’noga ega:
O’zbek tilida:
Pul – qo’lning kiri (“pul topiladi”).
Pichoqni avval o’zingga ur, og’rimasa birovga ur (“birovga ham o’zingga ravo ko’rgan narsani ravo ko’r”).
Ko’z yoshi toshni eritar (“ko’z yoshi har narsaga qodir”).
Yetim qizning yetmish onasi bor (“yetimga nasihat qiluvchilar ko’p”)
Ingliz tilida:
Time is money (“vaqtingni behudaga sarf qilma”)
Money talks (“pul ko’p narsaga qodir”)
If the mountain will not come to Mahomet, Mahomet must go to the mountain (“natijaga erishish uchun insonning o’zi harakat qilishi kerak”)
Rus tilida:
У семи нянек дети без глаза (“biror ishga ko’pchilik ma’sul bo’lsa, bu ish qilinmasligi mumkin”)
Волка ноги кормят (“natijaga erishish uchun ko’p mehnat qilish kerak”)
Всякий кулик свое болото хвалит (“har kim o’z yashab turgan joyini maqtaydi”)
Didaktik xususiyati. Maqollarning bu jihati pand – nasihatberish kabilarni o’z ichiga olib, ijobiy ( ruxsat ) va salbiy ( ta’qiq )ma’nolariga ega bo’lishi mumkin:
a) O’zbek tilida:
Beshikdan to qabrgacha ilm o’rgan.
Qish g’amini yozda ye.
Temirni qizig’ida bos.
Ingliz tilida:
Live and learn.
Beware of a silent dog and still water.
When in Rome, do as the Romans do.
Rus tilida:
Стреляй по черной вороне – убьешь белу лебедушку.
Куй железо, пока горячою
Чешись конь с конем, а свинья с углом.
b) O’zbek tilida:
Suv ko’rmasdan etik yechma.
Tirikligida siylamasang, o’lganida yi’g’lama.
Uzoqqa tuzoq qo’yma.
Ingliz tilida:
Never look the gift horse in the mouth.
Don't have too many irons in the fire.
Don't cross the bridge until you come to it.
Rus tilida:
Не в свои сани не садись
На чужой каравай рта не разевай.
Не плюй в колодец – пригодится воды напиться.
Yuqoridagi barcha misollarda ruxsat va ta’qiq ma’nolari eksplitsit tarzda berilgan, ya’ni aniq va ro’y – rost ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |