Paxtani qop-qanorsiz tashish uchun tirkamalarni ishlatishda xavfsizlik choratadbirlari.
Tirkamalarni ishlatishda qo’yidagilar: tirkama ustida odamlarni tashish, traktor dvigateli
ishlab turganda, traktor va tirkamani tormozlamay turib tirkamani ta’mirlash, tirkama platformatsi
ko’tarilgan holatda, uni tirgakka joylashtirmay turib ta’mir ishlarini bajarish, platforma ko’tarilayotganda yoki tushirilayotganda uning tagida turish, terish, ortish mashinalari va boshqa
mexanizmlardan to’kiladigan yuklarni tirkamaga ortishda tirkama kuzovida turish, paxta to’ldirilgan tirkama yaqinida chekish, o’t yoqish, tirkama platformatsi nosozligida undan foydalanish, massasi tirkamaning belgilangan yuk ko’tarishidan ortiq bo’lgan yuklarni tashish taqiqlanadi.
Traktor, qishloq xo’jalik mashina va mexanizmlarining texnik holatiga qo’yiladigan umumiy talablar.
Qishloq xo’jaligi mashinalarida va qurollarida uning tuzilishi, ishlash printsiplari va texnika xavfsizligi ГОСТ 12.2.019-86, ГОСТ 12.2.111-85 hamda № 4282-87 «Qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorlarini tuzilishi bo’yicha sanitariya qoidalari» asosida belgilangan.
Barcha mashina va uskuna boshqaruvchilari ish boshlashdan oldin mashina, agregat va 96
mexanizmlarga kundalik texnik xizmatini ko’rsatib,ularning texnik holatini tekshiradi. Aylanadigan mexanizmlarda, kardanlarda, tishli va boshqa uzatmalarda sozlangan va ishonchli qilib
mustahkamlangan himoya to’siqlari borligi tekshiriladi va kerak bo’lganda kamchiliklar bartaraf
qilinadi. Agar qishloq xo’jaligi mashinalarining ish organlari traktorning quvvat olish vali orqali
harakatga keltiriladigan bo’lsa, u holda mexanizmlar yuritmasining texnik holatiga va himoyasiga
e’tibor beriladi. Avval yuritmalar mexanizmi qo’l bilan aylantiriladi, so’ngra dvigatel tirsakli valining kichik aylanishlarida ishlatib ko’riladi. Mashina-traktor agregatida boltli birikmalarni moylash, qotirish va rostlash ishlari dvigatel o’chirilgan paytdagina bajariladi.
6.33-rasm. Traktor va uning mexanizmlariga qo’yilgan talablar
Hozirgi kunda paxta etishtirish va yig’ib-terib olishda yangi yuqori unumli mashina-traktor agregatlari, o’simliklarni kasallik va zararkunandalardan muhofaza qilishning kimyoviy vositalari
97
joriy qilinmoqda hamda ishlatilmoqda. Bunday sharoitlarda texnika xavfsizlik talablarini buzilishi
xavfli vaziyatlarni paydo qilib, baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
6.34-rasm. Traktor osmalarini buriluvchanligi va to’xtatishini ta’minlovchi qurilma Paxtachilik kompleksida ishlatiladigan traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalari ГОСТ 12.2.019-86, ГОСТ 12.2.111-85 talablariga, shuningdek «Traktor va qishloq xo’jalik
mashinalarining tuzilishiga doir sanitariya qoidalari» № 4282-87 ga muvofiq holda loyihalanadi va
tayyorlanadi.
Paxtachilikda ishlatiladigan barcha g’ildirakli traktorlarning kabinalari qattiq karkasli,
o’rindiqlarda tasmalar bo’lishi, uzatmalar qutisida tezlik ulangan holda dvigatelni ishga tushirishning blokirovka qurilmasi, haydovchi ish joyi, kabina ventilyatsiya, yoritish tizimi, peshoyna va orqa oynalarini tozalagichlar, yumshoq, tagida prujinasi bor, mexanizatorning vazni
hamda bo’yiga qarab rostlanadigan o’rindiq bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Traktorda dvigatelni
ishga tushirish uchun elektrstarter, rul boshqaruvining mexanizmida esa gidravlik kuchaytirgich bo’lishi lozim.
Kabina eshiklarining qulflari o’z-o’zidan ochilib ketmaydigan va qulflanib qolmaydigan bo’lishi lozim. Ishchi organlarni boshqarish tizimi oson siljiydigan va zarur holatda to’xtatib qo’yishga mumkin bo’ladigan bo’lishi kerak.
Tormozlanish qurilmasi shunday rostlangan bo’lishi kerakki, pedal (tepki) bosilgan holatda barcha g’ildiraklar bir vaqtda tormozlansin. G’ildirakli traktorlarning va traktor poyezdlarining tormozlash qurilmalari boshlang’ich tezlik 20 km/s bo’lganda quruq beton yo’lda tormozlanganda
darhol to’xtashini ta’minlaydigan bo’lishi kerak.
To’xtatib qo’yish tormozi traktorni yoki mashina-traktor agregatini 36% (20°) gacha bo’lgan qiyalikda yaxshi tutib turishi kerak.
Elektr uskunalar dvigatelning, starter, yoritilishi va signalizatsiyaning me’yorida ishlashini 98
ta’minlashi kerak. Tovush signali, burilish ko’rsatkichlari, stop-signal, gabarit chiroqlar yaxshi ishlashi lozim. Traktorning tirkama ilmog’idagi va tirkamadagi teshiklar cho’ziq (suyri) shaklda bo’lishi zarur. Gidrotizimning shlanglari germetik ulanishi va gidrotizimdan moy tommaydigan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |