Ko’rak terish mashinalari. Ishni boshlashdan oldin traktorning oldingi bolsterida 94
saklagich qurilmaning muhofaza to’siqlari va qo’shimcha yuklarning qanday o’rnatilganligini, shuningdek g’ildiraklar shinalaridagi bosimni tekshirib ko’rish kerak. Texnik xizmat ko’rsatish va
sozlash ishlarini faqat dvigatel o’chirilgandan keyingina bajarish lozim. Tozalagichning chang yutuvchi barabanlari sirtini, istisno tariqasida dvigatel sekin aylanayotganda maxsus tozalovchi cho’tka yordamida tozalashga ruxsat etiladi. Tozalagichning qabul qilish kamerasini tozalashda mashina yuritmasi ishga tushirilgan, lekin traktorning dvigateli o’chirilgan, oldingi zanjirning muhofaza to’siqlari va tozalagich yuritmasi tasmasining, ventilyator yuritmasining to’siqlari yaxshi
mahkamlangan, ko’sak chaqish barabanining dekasi ochilgan va ochiq holatda qotirilgan bo’lishi
kerak. 6.30-rasm. Ko’rak terish mashinalardagi xavflar doirasi Mashinadan bir joyda turib paxta va ko’sakni tozalash maqsadida foydalanish, dvigatel ishlayotgan vaqtda rul chambaragini qo’yib yuborish va mashinani qarovsiz qoldirishga yo’l qo’yilmaydi. Ish vaqtida chekish maqsadga muvofiq emas.
Ko’sak chuvish mashinalari.Mashina traktorchi-mashinistning signalidan keyingina ishga tushirilishi kerak. Nosozliklarni bartaraf etish yoki texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini
traktorning dvigateli o’chirilgandan keyingana bajarish lozim. Chang yutuvchi barabanlar sirtini
ifloslangan tolalardan maxsus metall cho’tka yordamida tozalash kerak. Bunda barabanlarni ehtiyot
bo’lgan holda qo’l bilan teskari tomonga aylantirish zarur. Ko’sak chuvish mashinasi ishlayotgan
joyda qumli yaщik, belkurak, suvli bochka va chelak bo’lishi zarur. Traktorda uchqun so’ndirgich
o’rnatilgan bo’lishi kerak. 6.31-rasm. Ko’rak chuvish mexanizmlardagi xavflar doirasi 95
Mashina ishlayotgan joyda, paxta saqlanadigan joylarda chekish, mashina ishlayotgan joyda yonuvchi va surkov materiallarini saqlash, dvigatel ishlayotgan vaqtda traktorga yoqilg’i quyish mutlaqo taqiqlanadi. Ko’sak chuviladigan va ko’sak chuvish mashinasi o’rnatiladigan joy tekis, qurigan o’t-o’lanlardan tozalangan bo’lishi, vaqt-vaqti bilan tozalab, ko’sak po’choklari va chiqindilar to’planishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ko’sak chuvish mashinasini dala sharoitida remont
qilish va texnik xizmat ko’rsatishda dekani yuqoriga ko’tarilgan holatda tayanch ustun bilan qotirib
qo’yish lozim. Ish organlarini qo’l bilan aylantirish zarurati tug’ilganda xizmat qilayotgan barcha
shaxslarga ogohlantiruvchi signal berilgandan keyingina aylantirishni boshlash kerak. Paxtani yuklash.Qishloq xo’jaligida keng ishlatiladigan greyferli paxta yuklagich ПГХ-0,5 ni ishlatishdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim: