Mashina, asbob-anjomlar, xonalar va ShHV larini zararsizlantirish
1
Mineral o’g’it va pestitsidlardan bo’shagan idishlar, apparaturalar, mexanizmlar, uskuna va texnikalar, shuningdek pestitsidlar bilan ish olib borilgan xonalar, ishchilarning shaxsiy himoyalanish vositalari tozalanishi, yuvilishi va zararsizlantirilishi shart. O’g’itlarni sepish bo’yicha
mashinalarning ishchi organlari, hajmli idishlar, baklar, kuzovlar va transport vositalari ishi tugashi
zahoti tozalanadi va suv bilan (suyuq o’g’itlardan chiqqan idishlar issiq suv yoki bug’ bilan) yuviladi.
Texnikalar ochiq, beton qilingan maydonlarda zararsizlantiriladi. Maydonlarning kattaligi
6x12 m dan kam bo’lmasligi, yonlari ko’tarilgan va oqova suvlari yig’iladigan hovuz tomonga 5°-
7° qiyalikda, yuvish aralashmalarini tayyorlash uchun ishlatiladigan idishlar, nasos, shlanglar va
boshqa qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Xlor va fosfororganik birikmalar, yasama dinitrofenol va boshqa preparatlardan bo’shagan metall va shisha idishlarni zararsizlantirishda 5% li kaustik soda aralashmasi bilan 6-12 soat va pista ko’mirning eritmasida 12-24 soat mobaynida qayta-qayta yuviladi. Shu preparatlar solingan
qoplar 2%li kaltsiylashtirilgan soda aralashmasida 4-5 soat mobaynida ivitib qo’yiladi, so’ng siqiladi, sovunli aralashmada 30 daqiqa qaynatiladi va suvda chayiladi.
Pestitsid va mineral o’g’itlardan bo’shagan idishlarda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi
va yem saqlash mumkin emas. Korjomalar xlororganik moddalar bilan ifloslangan bo’lsa, 5% li sodali issiq eritmada 6 soat mobaynida ivitib qo’yiladi. Eritma uch marta o’zgartiriladi va aralashtirib turiladi, so’ng soda-sovunli aralashmada yuviladi. Agar korjomalar fosfororganik va
boshqa pestitsidlar bilan ifloslansa, ularni 6-8 soat zararsizlantiriladi va 2-3 marta soda-sovunli issiq
eritmada yuviladi.
Rezina korjomalar, oyoq kiyim, qo’lqop, fartuklar 3-5% li kaltsiynatsiyalangan soda aralashmasi yoki xlorli ohak bo’tqasi bilan ishqalanadi va suvda yuvib tashlanadi.
Gazniqob va respiratorlarning old tomonini dezinfektsiya qilishda, paxta tamponi spirtga botirib artiladi. Zararsizlantirish bo’yicha hamma ishlar ShHV qo’llash bilangina bajariladi. Kimyoviy moddadar bilan zaharlanishning oldini olishda ovqatlanish tartibi va tarkibi,
72
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin sovun bilan qo’l va yuzni yuvish, og’izni chayish muhim ahamiyatga ega. Organizm och qolganda toksik moddalar ancha oson shimiladi, shuning uchun kimyoviy preparatlar bilan ishlashdan oldin ovqatlanish zarur, shu qatorda
suyuq ovqat (suyuqlik organizmdan zaharlarni olib chiqilishini tezlashtiradi). Ishdan so’ng dushda
yuvinish lozim.
Kimyoviy moddalar bilan ishlayotganda ovqatlanish, chekish, suv ichish ruxsat etilmaydi.
Dam olish va ovqatlanish maydonchalari, shuningdek mahsulotlarni saqlash va suv havzalari pestitsidlar bilan ishlov beriladigan joylardan 200 m uzoqlikda bo’lishi kerak. ShHVni tozalash va
yechish ma’lum tartibda olib borilishi kerak. Rezina ko’lqop qo’ldan yechilmasdan oldin 3-5% li soda aralashmasida yuviladi va suvda chayiladi, so’ng etiklar yechiladi, kombinzon (yoki himoyalanish kostyumi), himoya ko’zoynagi, respirator (gazniqob), boshqatdan rezina qo’lqop zararsizlantiruvchi eritma va suvda yuviladi, so’ng ular yechiladi. Maxsus kiyimlar changdan tozalanadi, ochiq havoda 8-12 soat quritiladi va shamollatiladi. Barcha ShHV lari har bir jarayondan keyin zarasizlantirilishi shart.
Nazorat uchun savollar.
Zaharli moddalar deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan zaharli moddalar turlarini aytib bering.
Pestitsidlar nima va qayerda ishlatiladi?
Urug’larni dorilashdan maqsad nima?
Tuproq va binolarga nima maqsadda ishlov beriladi?
Yonilg’i moylash mahsulotlaridan foydalanishda xavflar turi ?
Dezenfektsiyalovchi eritma turi, ishlatish maqsadi va uning me’yori.
Dezinseksiya eritma turi va uning me’yori qancha?
Dizenvatsiya eritma turi va uning me’yori deganda nimani tushunasiz?
Deratizatsiyalovchi moddalar turi, jarayoni va uning me’yori?
Kimyoviy moddalarni tashishda , saqlashda va tarqatishda qo’yilgan talablar.
ShHV lari ishlatilishiga qarab necha turga bo’linadi?
ShHV larni vazifalariga qarab guro’hlab bering.
Nafas a’zolarining himoya vositalari turlarini aytib bering.
Ko’zni himoyalovchi vositalar turlari va ularning vazifasi nimadan iborat?
Quloqni shovqin ta’siridan himoyalash uchun vositalar turlari.
Qo’l teri qatlamini himoyalash usullari va vositalari nima?
Mashina, asbob anjomlarni zarasizlantirish tartibini aytib bering.
ShHV larini zarasizlantirish qanday amalga oshiriladi?
Zarasizlantirishga foydalaniladigan preparatlar turlari qaysilar?
Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari nimalardan iborat? 73
Do'stlaringiz bilan baham: |