Shaxsiy himoya vositalar turi va ulardan foydalanish
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonunining 13- moddasiga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfektsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi
kerak. Boshqa tarmoqlar singari qishloq xo’jaligida ham ishchilarni maxsus korjoma, poyabzal va
himoya vositalari bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash
bilan ta’minlashning iloji bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos
bo’lishi kerak. Shu ish uchun mo’ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari
bo’lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko’rsatilgan yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi: o ihotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi kostyumlar, skafandrlar);
o nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo niqoblari);
o korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostyum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar);
o maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli botinka, tufli, kalish, bo’tilar);
o qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);
o boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, shlyapalar);
o yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
o ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari);
o eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
o ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va yelkani ehtiyot qilish moslamalari);
o himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va
ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat hamda hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytidan tashqari foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlanishini nazorat qilish.
Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o’tkazilish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtr, oyna va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati to’g’risida tamg’a qo’yish.
Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |