Shamol yo’nalishi
O’ta zararlangan Xavfli zaralangan Kuchli zaralangan Kuchsiz zaralangan G hudud V hudud b hudud A hudud
Ekspozison 4000 r 1200 r 400 r 40 r
doza
Ekspozison 800 r/s 240 r/s 80 r/s 8 r/s
doza quvvati
11.5-rasm. Joylarni radioaktiv zaharlanish darajasi
Elektromagnit impulsi (EMI) odamlar, hayvonlar, o’simliklar va qishloq xo’jalik texnikasiga ta’sir ko’rsatmaydi. EMI yuqori kuchlanishni o’zgartirib yuboradi, u aloqa va elektr tarmoqlarini,
o’tkazuvchi apparaturani va radioaloqani ishdan chiqaradi. Elektron hisoblash mashinalari yozuvlari
va boshqa yozuvlarni o’chiradi.
Biologik vositalar (BV) turlari va ularning ta’siri. Biologik vositalar odam va tashqi
muhitni yalpi zaharlaydi. Biologik vositalar sifatida kasal chaqiruvchi, bakteriya, virus, toksinlar
ishlab chiqariladigan zamburug’lar va rikkettsiyalardan foydalanadilar.
Bularning barchasi yuqumlik(infektsiya)lar deyiladi. Zamburug’lar tomonidan kelib
chiqadigan kasalliklar mikoz deyiladi. Odam organizmiga, hayvonlarga nafas organlari, teri, oziqovqat
va yaralardan o’tadi. Odam va hayvonlar uchun bir xususiyatli bo’lgan kasalliklar antropozoonozlar deyiladi. Bularga kuydirgi, mankab botulizm, parranda ulati va boshqalar kiradi. Bir qancha kasalliklar alohida turlargagina yuqadi. Bular: parranda o’lati, cho’chqa o’lati,
vabo, toshma, terlama.
Kasallik qo’zg’atuvchi ayrim mikroblarning bir nechtasi tushishi bilan kasal boshlanadi. Masalan tulyaremiyada 30-50 mikrob tushsa kasallik rivojlanadi. Biologik vositalar inshootlarni,
bino va korxonalarni zararlamaydi, faqatgina tirik jonlarni zaharlaydi. Biologik vositalar qo’llanilganliligini quyidagi alomatlar orqali bilsa bo’ladi:
past ovozda portlash ovozi vujudga kelib tuman yoki tutun paydo bo’ladi;
samolyot past uchganda tuman yoki tutun hosil bo’ladi;
odamlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar yalpi kasallanib o’ladi.
Biologik vositalar qo’llanilganda ularni boshqa joyga tarqalmasligi uchun karantin e’lon qilinadi. Karantin-zararlanish o’chog’idan yuqumli kasalliklar tarqalib ketmasligi uchun, hamda
kasallikni tugatish uchun o’tkaziladigan kompleks tadbirlardir. Bu yerga kirish va chiqish mumkin
emas. Karantin joylar favqulodda vaziyatning qat’iy nazoratiga olinadi va infektsiyani boshqa 162
joylarga tarkalib ketishini oldini olish uchun maxsus tadbirlar-observatsiyani amalga oshiradi. Observatsiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:
kirish va chiqish nazoratga olish;
zararlangan o’chog’dagi narsalarni zararsizlantirish va olib chiqishni taqiqlash;
ovqatlar va suv ta’minoti ustidan meditsina nazoratini kuchaytirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |