§11. RADIATSION, KIMYOVIY VA BIOLOGIK FAVQULODDA VAZIYATLAR TASNIFI
Reja:
Tinch davrlarda atrof-muhitning zararlanish xavfi
Ommaviy qirg’in qurollarining turlari va ularning ta’siri.
Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari
Radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari
Tayanch iboralar: xavfli inshoot, zararlanish maydoni, ta’sirchanlik, KTZM, ommaviy
qirg’in qurollari, yadro quroli, havo zarb to’lqini, yorug’lik nurlanish, singuvchi radiatsiya, joylarni
radioaktiv zaharlanishi, elektromagnit impuls, biologik vositalar, karantin, observatsiya. Foydalanilgan adabiyotlar.
O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999.
O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002.
Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi». Toshkent «Mehnat» 1989
Tinch davrda atrof-muhitnng zararlanish xavfi
Kimyoviy xavfli inshoot - xalq xo’jaligi korxonasi bo’lib, faoliyat ko’rsatish davrida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy zaharlanish maydoni-ma’lum o’lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlar. Zararlanish manbai-kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi halokat tufayli odamlarning, o’simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi.
Ta’sirchanlik-kimyoviy modda xossasi bo’lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan modda miqdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar).
Miqdori-miqdor o’lchov birligi, g/m3 yoki mg/l larda o’lchanadi. Kimyoviy xavfli
inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - miqdori, ta’sir kuchi,
saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatadigan kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlarning asosiylari "O’zbekkimyosanoat" uyushmasiga qarashli korxonalar bo’lib, ular Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan "O’zgo’shtsut",
"O’zbeksavdo", "O’zqishloq xo’jalik" mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi,
Mikond korxonasi, Toshkent lak-bo’yoq, to’qimachilik korxonalari, maishiy xo’jalik vazirligi inshootlari (suvni tozalash) va boshqa korxonalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Hammasi bo’lib Respublika hududida 200dan oshiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatdagi
inson, hayvon sog’lig’i uchun zararli, kuchli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar turi ko’p. Bularga misol
tariqasida ayrim moddalarni ko’rsatkichlarini quyida keltirilgan jadvaldan ko’rish mumkin. Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko’ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo’ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarni atrof - muhitga tarqalishiga quyidagi asosiy sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin:
korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar;
foydalanilayotgan uskuna -jihozlarining eskirishi;
moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar;
portlash, yong’in sodir bo’lishi, halokatlar tufayli; 157
moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi tufayli;
chetdan olib kelingan texnologik jarayonni xavfsizlik talablariga to’liq javob bermasligi;
korxonada mehnat intizomini pastligi;
mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emasligi;
mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayon tizimini qo’llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |