INSON UCHUN TOK TA’SIRINING POG’ONALARI
jadval-7.1
№ Tok kuchi, Ma
Tok ta’siri oqibatlari O’zgaruvchan tok O’zgarmas tok 1 0,5 gacha Sezilmaydi Sezilmaydi
0,6-1,5 Qo’lda yengil silkinish Sezilmaydi
2-3 Qo’llarni qattiq silkinishi Sezilmaydi
5-7 Qo’llarni qaltirashi Qo’llarni qizib borishi 5 8-10 Qiyin, ammo qo’llarni ajratib olish mumkin
Qo’llarni qizib borishini kuchayishi
20-25 Qo’llar birdaniga paralich bo’lib, ajaratib bo’lmaydi, nafas olish qiyinlashadi
Qo’llarni qizishini oshishi va mushaklarni qisqa qisqarishi
50-80 Nafas olish paralichlanib, yurak fibriliyatsiyasi sodir bo’ladi.
Qo’llarni qizishi, mushaklarni, to’la qisqarishi, nafas olish qiyinlashishi
90-100 Nafas olish paralichlanib va ta’sir vaqti 3s dan oshsa yurak paralichi yuz beradi.
Nafas a’zolarini paralichlanishi 9 300 va undan yuqori
0,1s dan ko’p bo’lgan ta’sir etish vaqtida nafas va yurakni paralich bo’lishi.Tana to’qimalarini buzilishi.
O’lim holati
Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish
Qishloq xo’jaligida, odatda, o’zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko’pgina qurilma va uskunalar 380V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan va qo’l asbolarda 36V, 42V kuchlanishlar rostlagichlar orqali ta’minlab beriladi. Elektr xavfsizligi shartlariga ko’ra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga
bo’linadi.
Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi (tegib ketishi) sabab bo’ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor (7.1-rasm):
ikkita sim orasida ulanib qolish (holat l);
sim bilan yer orasida ulanib qolish (holat l l);
Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyabzal himoyalanishining holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda
119
kishining holatiga bogliq. Tana, qo’llar orqali tok o’tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o’tadigan yo’lda yurak, o’pka, miya joylashgan.
7.1-rasm . Insonni elektr zanjiriga qo’shilibqolish sxemasi
I – ikki fazali tok; II, III – bir fazali tok; IV – zanjirga qo’shilish bo’lmaydi; 1- neytral elektr manbai; 2- neytralni yerga ulanishi; 3-elektr qurilma; 4-dielektrik boti; 5-rezinali gilamcha;
Ffazali
tok tarmog’i; 0- nolli tok tarmog’i.
7.2-rasm. Qadamiy kuchlanishning hosil bo’lish sxemasi
– kontakt hudud; II- o’ta xavfli hudud; III – xavfsiz hudud;
Elektr o’tkazgichlarni uzilishi natijasida va bu o’tkazgichlarni yerga ulangan elektr qurilmalari korpusiga tushishi yoki yerga to’g’ridan–to’g’ri uzilib yotishi natijasida, inson 120
kuchlanish ostidagi tok oqimi ta’siriga tushib qolish holatini (7.2 -rasm. I va II - hududlar) qadamiy kuchlanish deyiladi. Yerning elektr uzatgich bilan kontakt hududidagi potenttsial • maksimal qiymatga, ya’ni o’tkazgich potentsialiga teng bo’lib 20m dan keyin nolga teng bo’ladi. Qadamiy kuchlanish hududida qadamlar kattalashishi bilan qadamiy kuchlanish miqdori o’sib boradi, shuning uchun qadamiy kuchlanish hududlaridan faqatgina kichik qadamlar yoki ikki oyoqda sakrash ususli bilan chiqib ketish mumkin.
Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quyidagilar sabab bo’ladi:
Elektr qurilmalarini o’rnatish va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi;
Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi;
Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |