Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni
Bosim ostidagi ballonlardan foydalanish qoidalari. Katta bosim ostida siqilgan,
suyultirilgan yoki eritilgan gazlar bilan to’ldirilgan ballonlarni ishlatayotganda ehtiyotkor bo’lish va
«Sanoatkontexnazorat» agentligi tasdiqlagan hamma qoidalarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Ballonlarning yorilishi bilan bog’liq falokatlar shunisi bilan juda xavfliki, ko’p hollarda ballonlar yaqinida odamlar bo’ladi. Falokatlarga asosan quyidagilar sabab bo’ladi:
- ballonlar tayyorlanish sifatiningpastligi;
- ballonlarni gaz bilan me’yoridan ortiqto’ldirish;
- ballonlarni tashish va saqlash vaqtida xavfsizlik qoidalarinibuzish.
•
6.50-rasm. Ballonlarni bo’yash va ulardagi yozuvlar uchun ishlatiladigan ranglar turlari
115 Kislorod ballonlarini moy bilan ifloslanishdan va ayniqsa uning ichiga moy tushishidan ehtiyot qilish zarur. Har bir ballonda ventil, aniq ko’rinib turadigan tamg’a bo’lishi lozim.
Tamg’ada ballonning raqami, haqiqiy og’irligi, tayyorlangan kuni (yil va oy) hamda ish bosimini
navbatdagi sinash yili, gidravlik sinov bosimi, ballonning sig’imi ko’rsatiladi. Ishlatilayotgan ballonlar kamida besh yilda bir marta davriy sinovdan o’tkazilishi lozim. Xlor, vodorod xlorid, oltingugurt kabi gazlar bilan to’ldirilgan ballonlar kamida ikki yilda bir marta sinovdan o’tkazib turiladi.
Atsetilin balonidan tashqari boshqa barcha ballonlar har 5 yilda bir marotaba 1,5barobar ishchi bosimdan ortiq bo’lgan bosim ostida sinovdan o’tkaziladi. Atsetilin balloni 3,5 MPa gacha
bo’lgan bosim ostida azot gazi bilan to’ldirilib 1 metr chuqurlikgacha bo’lgan suvostida tekshiriladi.
Agar davriy sinov muddati o’tib ketgan bo’lsa, qoidalarda ko’rsatilgan tamg’alar bo’lmasa, ventillari buzilgan yoki korpusi shikastlangan bo’lsa, ballonlarni gaz bilan to’ldirishi taqiqlanadi.
Ballonlar tik holda saqlanishi, ularning ag’nab ketishi, ifloslanishi va qizishiga yo’l qo’ymaydigan
qilib to’sib qo’yilishi zarur. Bosim bilan ishlaydigan idishlarni o’rnatish va xavfsiz ishlatish qoidalariga ko’ra, siqilgan gaz ballonlarining qoldiq bosimi 50 kPa dan, atsetilen ballonlariniki esa
50 kPa dan past hamda 100 kPa dan ziyod bo’lmasligi lozim. Nazorat uchun savollar.
Texnika xavfsizligi asoslari deganda nimanitushunasiz?
Xavfsizlikni ta’minlash vositalariga nimalarkiradi?
Blokirovka qurilmasi nima uchun va qayerdaishlatiladi?