Ingichka ichak
Ingichka ichak – me’daning chiqish qismidan boshlanib, o’ng yonbosh sohasidagi yo’g’on ichakning boshlanish qismida yakunlanadi. Ingichka ichakda moddalarning kimyoviy ta’sirida parchalanishi davom etadi.
Yo’g’on ichak
Yo’g’on ichak – ingichka ichakning davomi hisoblanadi va quyidagi qismlardan tashkil topadi:
a) ko’richak qismi.
b) ko’tariluvchi qismi
c) ko’ndalang qismi.
Og‘iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
Embrionning kalla qism ida ektoderm a qavatidan og‘iz bo‘shlig‘i hosil bo‘ladigan sohada chuqurcha bo‘ladi. Bu chuqurcha embrionning entoderma qavatidan taraqqiy etadigan halqum bilan qo‘shiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining atrofi o ‘rta burun, yuqori ja g ‘ va pastki jag’kurtaklari bilan o ‘ralgan bo‘ladi. Yuqori lab, yuqori ja g ‘ hamda tanglayning hosil bo‘lishi uchun o ‘rta burun kurtaklari yuqori ja g ‘ kurtaklari bilan qo‘shilishi kerak. o‘rta burun kurtaklari yuqori jag ‘ kurtaklari bilan qo‘shilmasa, yuqori labda, yuqori ja g ‘da va tanglayda yon tirqishlar holida anomaliyalar uchraydi. Bunday ano[1]maliya holatlari bir tarafda - unilateral, ikkala tarafda - bilateral tirqishlar holida bo‘ladi. 0 ‘rta burun kurtaklarining o ‘zaro qo‘shilmasligidan yuqori lab sohasida, yuqori ja g ‘da va tang[1]layda o ‘rta tirqish holidagi anom aliyalar uchraydi. Pastki lab pastki ja g ‘ suyaklari va pastki ja g ‘ kurtaklarining o ‘zaro qo‘shilishidan hosil boMadi. Pastki ja g ‘ kurtaklarining o ‘zaro qo‘shilmasligi pastki labda, pastki ja g ‘da uchraydigan o ‘rta tirqish anomaliyasini keltirib chiqaradi. Yuqori va pastki ja g ‘ kurtaklari o ‘zaro og‘iz teshigining burchagi sohasida qo‘shiladi. Bu kurtaklar qo ‘shilishining anom aliya holatida katta og‘iz tirqishi - macrostoma yoki kichik og‘iz tirqishi - microstoma hosil boMadi. O g ‘iz bo‘shlig‘i tashqi embrion parda - ektodermadan hosil bo‘lgan ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi. Bu yassi epiteliydan tishlam ing emal qavati rivojlanadi. Epiteliyning ostidagi m ezenxim a to‘qimasidan esa dentin, pulpa, sement va tish ildizini o‘rab turgan periodont moddalari rivojlanadi. Doimiy tishlar ham, sut tishlari singari ektoderma va mezenximadan rivojlanadi. Sut va doimiy tishlar uchun emal kurtagi umumiy boMadi. Kurtak orasiga mezenxima moddasining o ‘sib kirishi natijasida emal kurtagi ikkiga ajraladi va doimiy tishlar kurtagi chuqurlashadi. Natijada yuqori va pastki ja g ‘larda 10 tadan sut va doimiy tish kurtaklari hosil boMadi. Embrion taraqqiyotining 5-oyida oxirgi sut tishlarining orqasida 1-doimiy katta oziq tishlar kurtagi hosil bo‘ladi. Tug‘ilgandan so‘ng, ja g ‘ suyaklarining o ‘sishi natijasida 6-7-oyda 2-doimiy katta oziq tish kurtagi hosil bo‘ladi. 3-doimiy katta oziq tish kurtaklari 4-5 yoshdagi bolalarda hosil b o iish i mumkin. Doimiy tish tanasi bilan sut tishining ildizlari orasida suyakdan hosil bo‘lgan to‘siq boMadi. Doimiy tishlam ing o ‘sishi ko‘p yadroli hujayralar - osteklastlaming suyakni yemirishi bilan bog‘liq boMadi. Sut tishi ildizlari atrofida esa sementoklast hujayralari paydo bo‘lib, ular sut tishi ildizlarini yem ira boshlaydi. Natijada, doimiy tishlar chiqayotganida sut tishlarining toj qismi - koronkasi qoladi, xolos. Hazm a ’zolarining ko‘p qismi ichki embrional parda - entodermadan rivojlanadi. Taraqqiyotning boshlang‘ich davrida entoderma ikki uchi berk holdagi naydan tashkil topgan bo‘ladi. Bu entodermal nayni uch bo‘limga ajratishimiz mumkin: oldingi ichak nayi, o ‘rta ichak nayi, orqa ichak nayi Oldingi ichak nayining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etgan og‘iz bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Orqa ichak nayi esa ektodermada taraqqiy etgan to‘g‘ri ichak bilan qo‘shiladi. Oldingi ichak nayining boshlang‘ich qismidan halqum taraqqiy etadi. Taraqqiyotning boshlang‘ich davrida halqum taraqqiy etadigan sohada kengaymalar hosil bo‘lib, halqum cho‘ntaklari deb ataladi. Halqum ning oldingi devoridan til taraqqiy etadi. Tilning epiteliy hujayralaridan, uning foramen coecum sohasidan qalqonsimon bez taraqqiy etadi.
Halqum atrofidagi ikkinchi cho‘ntak kengaymasidan tanglay murtagi va sinus tonsillaris chuqurchasi, uchinchi va to‘rtinchi cho‘ntak kengaymasidan qalqonoldi va ayrisimon bezlar taraqqiy etadi. Birlamchi ichak nayi boshlang‘ich qismining devori halqum devorini hosil qilishda qatnashadi. Halqum devorining mushakli qismi, uning ostidagi mezenxima to‘qimasidan taraqqiy etadi. Qizilo‘ngach devorining ichki qismi birlamchi ichak nayining oldingi qism idan taraqqiy etadi. Qizilo‘ngach devorining mushak qismi esa mezodermadan hosil bo‘ladi. Shu sababli, qizilo‘ngachning yuqori qismi ko‘ndalang-targ‘il mushaklar bilan, o ‘rta va pastki uchi esa silliq m ushaklar bilan qoplangan. M e’da ham oldingi ichak nayidan taraqqiy etadi. Oldingi nayning pastki uchi em brion taraq[1]qiyotining 4-haftasida kengayadi. Avval m e'da sagital tekislikda joylashib, katta egrilik orqada, kichik egrilik esa oldingi sohada joylashadi. Keyinchalik esa, m e’da o ‘ng tarafga buriladi. Natijada, m e’daning kardial - kirish qismi chap tarafda, katta egrilik pastki sohada, kichik egrilik esa yuqori yuzada hosil bo‘ladi. 0 ‘rta ichak nayi sagital tekislikda joylashib, embrion taraqqiyotining 5-haftasida tez o ‘sishi hi[1]sobiga ikkiga bukiladi. Natijada, o‘rta ichak nayining tushuvchi qismi va ko‘tariluvchi qismlari hosil bo‘ladi. Bu davrda tushuvchi va ko‘tariluvchi qismlar orasidagi bukilish sohasi kindik sohasi bilan nay vositasida birlashadi. Tez orada bu nay atrofiyaga uchrab yo‘qoladi. Lekin ba’zan bu nay anom aliya sifatida saqlanib qoladi va Mekkel divertikuli deyiladi. Mekkel divertikuli yonbosh ichakdan kindik sohasiga yo‘nalgan kengayma sifatida uchraydi. 0 ‘rta ichak qovuzlog‘ining tushuvchi qism idan o ‘n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichakning bir qismi taraqqiy etadi. 0 ‘n ikki barmoq ichak devoridan jigar va m e’da osti bezlari ham rivojlanadi. 0 ‘rta ichak qovuzlog‘ining ko‘tariluvchi qismidan yonbosh ichakning distal qismi, yo‘g ‘on ichakning ko‘richak qismi, ko‘tariluvchi qismi va ko‘ndalang qismlari taraqqiy etadi. Entodermadan ichak nayining ichki shilliq qavati taraqqiy etadi. Ichak devorining mushak va seroz qavatlari mezenxima to‘qimasidan rivojlanadi. 0 ‘rta ichak nayi bilan oldingi ichak nayi orasidagi chegara jigar va m e’da osti bezlarining taraqqiy etish sohalariga to‘g‘ri keladi. 0 ‘rta ichak nayi qovuzloqlari boshlang‘ich taraqqiyot davrida sagital tekislikda joylashadi. Bu nayiting tushuvchi va ko‘tariluvchi qismlari orasidagi bukilish sohasida chuvalchangsimon o ‘simta hosil bo‘ladi. Embrion taraqqiyotining 5-haftasida ichak nayi o ‘z o ‘qi atrofida o ‘ng tarafga buriladi. Qovuzloqning bukilish sohasi o ‘ng tarafga, yuqoriga yo‘nalib, chuvalchangsimon o‘simta hamda ko‘richak sohasi jigar ostida paydo bo‘ladi. Taraqqiyotning keyingi davrlarida, ichakning o ‘sishi hisobiga ko‘richak pastga tusha boshlaydi va o ‘ng yonbosh sohada paydo bo‘ladi. Birlamchi ichak nayining orqa qismidan yo‘g ‘on ichakning tushuvchi qismi, S-simon ichak va to‘g ‘ri ichakning yuqori qismlari taraqqiy etadi. Boshlang‘ich davrda to‘g ‘ri ichak sohasi berk holda tugaydi. Tashqi parda - ektodermadan to‘g ‘ri ichakning oxirgi qismlari taraqqiy etib, entodermadan taraqqiy etgan b o lim bilan qo‘shiladi. Q o‘shilish sohasida mezenxima to‘qimasidan silliq mushak - m. sphincter ani internus va ko‘ndalang-targ‘il mushak - m. sphincter ani externus lar hosil bo‘ladi. Embrion taraqqiyotining 4-5-haftasida ichak nayining o ‘n ikki barmoq ichak rivojlanish sohasidan m e’da osti bezining kurtaklari taraqqiy etadi. Bu kurtaklar ikkita bo‘lib, birinchisi ichak nayining jigar va o ‘t pufagi rivojlanadigan oldingi devoridan taraqqiy etadi va m e’da osti bezining oldingi kurtagi deyiladi. Ikkinchi kurtak o‘n ikki barmoq ichakning orqa devoridan rivojlanadi.
O g‘iz bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan og‘iz tirqishi - rim a oris vositasida aloqa qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i - cavitas oris (grekcha stom a - og‘iz) ikki qismdan tashkil topgan: og ‘iz dahlizi - vestibulum oris hamda og‘izning xususiy bo‘shlig‘i - cavitas oris p ro p ria . Bu ikki bo‘lim orasidagi chegara yuqorigi va pastki tish qatorlaridan tashkil topadi. O g‘iz dahlizining oldingi devorini lablar - labia oris tashkil etib, yuqori va pastki lablaming og‘iz tirqishi burchagidagi birlashuvi natijasida com m issurae labiorum hosil bo‘ladi. Lablar og‘iz halqasimon mushak tolalaridan hosil bo‘lib, tashqi yuzasi teri, ichki yuzasi esa shilliq qavat bilan qoplangan bo‘ladi. O g‘iz dahlizining orqa devori tishlar va milklardan (gingiva) hosil bo‘ladi. Yuqori lablar ichki tarafda milk va yuqori lab yuganchasi - frenulum labii su p erio ris vositasida birlashadi; pastki lab esa ichki tarafda milk bilan pastki lab yuganchasi - frenulum labii inferiores vositasida birlashadi. O g‘iz dahlizining tashqi yon devorlarini lunj - buccae tashkil etadi. Lunj - buccae va lunj mushagi - m. buccinator tashqi tarafdan teri va ichki tarafdan shilliq qavat bilan qoplangan. O g‘iz xususiy bo‘shlig‘i - cavitas oris p ro p ria ning yuqori devorini qattiq va yum shoq tanglay hosil etadi. Bu bo‘shliqning tubi esa og‘iz diafragmasi --d ia p h ra g m a oris deb atalib, til bilan to‘lib turadi. Til ostida til yuganchasi - frenulum linguae bo‘lib, uning ikki tarafida til osti so‘rg‘ichlari - caru n cu la sublingualis joylashgan. Bu so‘rg‘ich yuzasiga ja g 4 osti va til osti so‘lak bezlarining naylari ochiladi. D iophragm a oris - juft m. mylo hyoideus lardan hosil bo ‘ladi va uning ustida til joylashadi. Yumshoq tanglay - palatum molle orqa sohada erkin holda, chodir singari osilib turadi va velum palatinum deb ataladi. Yumshoq tanglay chodirining ikki yon tarafida yoylar bo‘lib, tanglaydan til ildiziga - arcus palatoglossus ham da halqum devoriga - arcus palatopharyngeus yo‘naladi. Bu yoylar orasidagi bo ‘shliqda tanglay murtagi - tonsilla palatina joylashgan. Yumshoq tanglayning asosi serbar biriktiruvchi to‘qima - aponeurosis palatina va mushaklar[1]dan tashkil topgan. Yumshoq tanglayni hosil qilishda ko‘ndalang-targ‘il mushaklar qatnashadi: 1. M. palatopharyngeus - tanglay-halqum mushagi. Bu mushak o‘z nomidagi yoyni hosil qi[1]lishda qatnashib, yum shoq tanglaydan hamda asosiy suyakning qanotsimon o ‘simtasining ilm og‘i - hamulus pterygoideus dan boshlanib, halqum devorida yakunlanadi. Mushak tutamlari - fasciculus anterior oldingi tutam larga va fasciculus posterior - orqa tutamlariga bo‘linadi. Orqa tutamlar - m. sphincter palato-pharyngeus tanglay-halqum torayma mushagini tashkil etadi. Vazifasi: yumshoq tanglayni pastga, halqum ni esa yuqoriga tortadi. 2. M. palatoglossus - tanglay-til mushagi. Bu mushak shu nomidagi tanglay yoyini hosil qilib, yum shoq tanglaydan boshlanadi va tilning yon sohasiga birikadi. Mushak tutamlari tilning xususiy guruh ko‘ndalang m ushagi - m. transversus linguae ga davom etadi. 3. M. levator veli palatini - yumshoq tanglay chodirini ko‘taruvchi mushak. Kalla asosidan, chakka suyagidagi Yevstaxiy nayi sohasidan boshlanib, yumshoq tanglay tutamlarida yakunlanadi. Vazifasi: yum shoq tanglayni ko‘taradi. Innervatsiyasi: n. vagus (X). 4. M. tensor veli palatini - yumshoq tanglay chodirini taranglaydigan mushak. Kalla asosidan, chakka suyagidagi Yevstaxiy nayi sohasidan boshlanib, uning tutamlari asosiy suyak qanotsimon o ‘sim tasining ilmoqli o ‘simtasi - hamulus processus pterygoidei ni aylanib o‘tib, yumshoq tanglay chodiriga davom etadi. Vazifasi: yum shoq tanglayni taranglaydi. Innervatsiyasi: n. trigeminus (V). 5. M. uvulae - tilcha mushagi chodim ing o ‘rtasidan orqa tarafga erkin holda osilib turadi. Bu m ushak tanglay suyagidagi spina nasalis posterior o ‘simtasidan boshlanib, tilchani hosil qiladi. Vazifasi: tilchani qisqartiradi. X ususiy og‘iz b o ‘shlig‘idan chiqish sohasini tomoq (bo‘g ‘iz) - istmus fauces deyiladi. Bu so[1]haning chegaralari: yuqoridan yumshoq tanglay; ikki yon tarafdan yumshoq tanglay yoylari - arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus; pastdan - til ildizi.
Tishlar - dentes vaqtincha yoki sut tishlariga - dentes decidui va doimiy tishlar - dentes per[1]manentes ga bo‘linadi. Tishlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) dens incisivus - kesuv (kurak) tish; 2) dens caninus - qoziq tish; 3) dens premolaris - kichik oziq tish; 4) dens molaris - katta oziq tish. 3-katta oziq tish dens molaris tertius kechroq chiqqanligi uchun «aql» tish - dens serotinus adi. Tishlam ing quyidagi qismlari bo‘ladi: 1) toj qismi - corona dentis; 2) bo‘yin qismi - collum dentis; 3) ildiz qismi - radix dentis. Ulam ing toj qismi alveolar o‘simtalardan chiqib turadi. Bo‘yin qismi milk bilan o‘ralgan boMadi, ildiz qismi esa alveolar o‘simtalar ichidagi chuqurchalarda joylashgan bo ‘ladi. Tishlarning bo ‘yin qismi milklar bilan o‘ralgan bo‘lib, tish toji milklaridan chiqib turgan qismi klinik toj - corona clinica, qolgan qism i esa klinik ildiz - radix clinica deyiladi. Tish ildizining uchi apex radicis dentis deb atalib, shu sohadagi teshikka foramen apicis deyiladi. 0 ‘z navbatida, bu teshik ildizning ichida joylashgan kanal - canalis radicis ga davom etadi. Kanal esa tish tojining ichida hosil bo‘ladigan b o ‘shliq - cavitas dentis bilan tutashadi. Bu bo‘shliq, o‘z navbatida, toj qismi ichidagi bo‘shliq[1]cavitas coronae va tish ildizining kanali - canalis radicis dentis lardan hosil bo‘ladi. Tish ildizi uchidagi teshikdan nerv, qon tomir, limfa tomirlari yo‘naladi. Kanal orqali yo‘nalgan bu hosilalar, tish toji ichida qon tomir - nerv chigali - pulpa dentis ni hosil qiladi. Tish pulpasi, o‘z navbatida, toj qismi ichidagi pulpa coronalis va ildiz ichidagi pulpa radicularis lardan tashkil topadi. Alveolar o ‘simtalaming chuqurcha devorlari va tish ildizi orasidagi birlashtiruvchi moddaga perio-dontium deyiladi. Tishlarning bo‘yin qismi milk bilan qoplanib, milk so‘rg‘ichlari - papilla dentis deyiladi. Tishning qattiq moddasini dentin - dentinum tashkil etadi. Tish toji sohasida bu modda enamelum bilan, tish ildizi sohasida esa sement - cementum bilan qoplangari bo‘ladi. Tishlarning toj qismlari yonma-yon joylashib, tish qatorlarini hosil qiladi. Doimiy tishlar har bir ja g ‘da 16 tadan bo‘lib, yoysimon shaklda terilgan boMadi. Yuqori ja g ‘ tishlarining ravog‘i arcus dentalis maxillaris, pastki ja g 4 tishlarining ravog‘i arcus denta[1]lis mandibularis deyiladi. Tishning og‘iz dahliziga qaragan yuzasini facies vestibularis; dahliz yuzasi kesuv va qoziq tishlar uchun facies labialis - lablarga qaragan yuza, kichik va katta oziq tishlar uchun facies buccalis - lunj yuzasi deyiladi. Tishning xususiy og‘iz bo‘shlig‘i tarafiga, y a’ni til tarafga qaragan yuzani facies lingualis; yuqori ja g ‘ tishlarida tanglay tarafdagi yuzani facies palatenalis; qo‘shni tishlar bilan birlashib turgan yuzasini facies contactus; tishlar yoyi markazi tomon qaragan yuzani facies mesialis deyiladi. Kesuv tishlar uchun facies mesialis - medial yuza bo‘lsa, orqadagi tishlarda bu oldingi yuzaga to‘g ‘ri keladi. Q o‘shni tishlarga qaragan yuzalam ing yoy markazidan uzoqdagi yuzasiga facies distalis deyiladi. Oldingi tishlarda bu yuza lateral, orqa tishlarda esa orqa yuzaga to‘g ‘ri keladi. Q o‘shni tishlarga qaragan yuzalarning yoy m arkazidan uzoqdagi yuza - facies distalis da ham d o ‘ngliklar bo‘lib, cuspis distobuccalis - lunj-distal do‘nglik, cuspis distopalatinalis - tanglay-distal do‘nglik, cuspis distolingulis - til[1]distal do ‘nglik, cuspis distalis - distal do‘nglik deyiladi. Tishlaming chaynov yuzalari yoki pastki va ustki ja g ‘ tishlarining o ‘zaro qo‘shiladigan yuzalari facies occlusialis deyiladi. Tishlar toj qismi (corona dentis) ning chaynov yoki kesuv yuzalarida q irra la r- cuspus dentis bo‘lib, qirralarining uchi apex cuspidis, qo‘shimcha qirralar cuspis accesoria deyiladi. Katta va kichik oziq tishlaming chaynov yuzalarida do‘n g lik la r- tuberculum dentis, ko‘ndalang qirralar - crista transversalis, uchburchak qirralar - crista triangularis, qiyshiq qirralar - crista obliqua bo‘ladi. Chaynov yuzalarda qirra va do ‘ngliklar orasida tirqish - fissura occlusilis, chuqurcha - fossa occlusialis lar hosil boiadi. Tishlam ing qaysi tarafga tegishli ekanligini aniqlash uchun ildiz belgisi, tish tojidagi burchak belgisi, tish toji bo ‘rtiqligining belgilaridan foydalaniladi. Tish ildizi belgisi ildizning vertikal o ‘tkazilgan chiziqda biror tarafga qayrilgani bilan o ‘lchanadi. Q ayrilish burchagi tishning distal tarafiga yo‘nalgan bo‘ladi. Tish tojidagi burchak belgisi - tishning chaynov yuzasidagi qirrasi distal yo‘nalishda kattaroq burchak hosil qiladi. . T ish toji b o ‘rtig4ining belgisi - vestibular b o ‘shliqqa qaragan yuzadagi qavariqlik medial qism ida ko ‘proq, distal tarafda esa yassiroq bo‘ladi. Tishlam ing yuqori yoki pastki ja g ‘da joylashuvi tish tojining shakli va uning ildizlari miqdori bilan farqlanadi. Kesuv tishlar - dentes incisivi har bir ja g ‘ suyagida to ‘rttadan bo‘ladi. Yuqori ja g ‘ suyagidagi kesuv tishlar kattaroq va kengroq bo‘ladi.Ularda bittadan ildiz bo‘ladi. Kesuv tishlaming kesuv qir[1]ralari - margo incisalis deyiladi. Qoziq tishlar-dentes canini harbirjag‘ suyagida ikkitadan boiadi. Tish tojida o ‘tkir burchak hosil qilib birikadigan kesuv qirralari, tish bo‘yni sohasida, xususiy og‘iz bo‘shlig‘iga qaragan yuzada bo‘rtiq ko‘rinadi. Qoziq tishlarda bitta uzun ildiz bo‘ladi. Kichik oziq tishlar - dentes premolares har bir ja g ‘ suyagida to‘rttadan bo‘ladi. Bu tishlaming chaynov yuzasida ikkita bo ‘rtiq - tuberculum dentale bo ‘ladi. Bu bo‘rtiqlaming biri - vestibular tarafda, ikkinchisi esa til tarafda joylashadi. Pastki ja g ‘dagi kichik oziq tishlarda bittadan ildiz bo‘ladi. Lekin ildizning ikkiga ajralgan holati yoki ikki ildizli holati ham uchraydi. Ikki ildizli holatda bit[1]tasi o ‘rtaga yaqin - radix mesialis, ikkinchisi distal - radix distalis holatida joylashadi. Ikki ildizli holat birinchi kichik oziq tishlarda uchraydi. Yuqori ja g ‘dagi ikkinchi kichik oziq tishlardagi ikkita ildiz holati ko‘proq uchraydi. Tishlam ing ildizlaridan bittasi tanglay tarafda bo‘lib radix palatinalis, ikkinchisi lunj tarafda bo‘lib radix buccalis deyiladi. Har bir ja g ‘ suyagidagi oxirgi katta oziq tishlar juda kech chiqqanligidan, bu tishlam i «aql» tishi - dens serotinus deb ataladi. Tishlaming yon yuzalari o ‘zaro tegib turadi. Lekin ulam ing orasida tirqishlar hosil bo‘lishi mumkin va bu tirqish diastema deyiladi. Tishlar chiqish muddatiga va tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo ‘linadi: vaqtincha, tushib ketadigan sut tishlar - dentes decidua (dentes lactei) va doimiy tishlar - dentes permanentes. Vaqtincha tishlar doimiy tishlar bilan almashmaguncha saqlanadi. Sut tishlari tuzilishi jihatidan doimiy tishlar bilan um um iylikka ega. Lekin sut tishlari kichikroq bo‘lib, ularning tarkibida kichik oziq tishlari va uchinchi katta oziq tishlari bo‘lmaydi. Har bir ja g ‘ suyagida to‘rtta kesuv tishlar, ikkita qoziq tishlar va to‘rtta katta oziq tishlari bo‘ladi. Sut tishlarining umumiy miqdori 20 ta, doimiy tishlam ing miqdori 32 ta bo‘ladi. Har bir jag ‘ning yarmidagi tish turlarini raqamlar bilan ifodalanishiga tishlam ing anatomik formu[1]lasi deb ataladi. Sut tishlarining anatomik formulasi: 2. 1.0.2. Doimiy tishlam ing anatomik formulasi: 2. 1.2. 3. Stomatologiya amaliyotida tishlaming klinik form ulasidan foydalaniladi. Klinik form ula jagMardagi o ‘rta chiziqdan boshlangan tish turlarining tartib raqami bilan belgilanadi. Kesuv tishlar 1, 2; qoziq tishi 3; kichik oziq tishlar 4, 5; katta oziq tishlar 6, 7, 8 raqamlari bilan belgilanadi. Sut tishlari va doimiy tishlami farqlash uchun sut tishlarini rim raqamlari bilan: kesuv tishlar I, II; qoziq tishi III; katta oziq tishlar IV, V raqamlari bilan belgilanadi. Sut tishlarining chiqish tartibi va muddati: medial kesuv tishlari 6 -8 oylarda, lateral kesuv tishlari 7-9 oylarda, birinchi katta oziq tishlar 12-15 oylarda, qoziq tishlar 16-20 oylarda, ikkinchi katta oziq tishlar 20-24 oylarda. Doimiy tishlam ing chiqish tartibi va muddati: birinchi katta oziq tishlar 6 -7 yoshlarda, m edial kesuv tishlari 8 yoshda, lateral kesuv tishlari 9 yoshda, birinchi kichik oziq tishlar 10 yoshda, qoziq tishlar 11-13 yoshlarda, ikkinchi kichik oziq tishlar 11-15 yoshlarda, ikkinchi katta oziq tishlar 13-16 yoshlarda, uchinchi katta oziq tishlar 18-30 yoshlarda chiqadi. Doimiy tishlardan birinchi bo‘lib birinchi katta oziq tishlar chiqadi. Bu tishlar sut tishlarining orqasida chiqadi. Sut kesuv va qoziq tishlarining o ‘m iga doimiy kesuv va qoziq tishlari chiqadi. Doimiy kichik oziq tishlari esa sut katta oziq tishlarining o ‘m iga chiqadi. Yuqori va pastki ja g ‘ tishlari o ‘zaro jipslashgan holatda yuqori ja g ‘dagi kesuv tishlar pastki ja g ‘dagi kesuv tishlarining oldingi yuzasiga tegib turadi. Y uqori ja g ‘ suyagidagi tish yoylari kat[1]taroq boMadi. Shu sababdan, yuqori ja g ‘dagi oziq tishlarining til tarafidagi b o ‘rtig ‘i pastki ja g ‘dagi tishlam ing til va lunj tarafidagi bo ‘rtiqlar orasidagi chuqurchada b o ‘ladi. Jag ‘lar jipslashganda o ‘zaro birlashgan tishlar antogonist tishlar deyiladi. Pastki ja g ‘ning m edial kesuv tishlari va yuqori ja g ‘dagi uchinchi katta oziq tishi faqat bitta antogonist tishga ega. Q olgan tishlar ikkitadan antogonistga ega. Prikus yoki oklyuziya deb tish qatorlarining o ‘zaro jipslashib turgan holatiga aytiladi. Tishlaming artikulyatsiyasi deb pastki jag‘ harakati paytidagi tish qatorlarining o ‘zaro munosabatiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |