302
O„ZBEKISTONDAGI SUV BILAN BOG'LIQ MUAMMOLARNI YORITISHGA DOIR
Abidqoriyev A.М., Mahmudova S.Z.
Andijon davlat universiteti
Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo okeani bilan bog'lanmagan berk xavza bo‗lib, yer yuzida suv
yetishmaydigan qurg'oqchil hududlardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tekislik
qismida suvning bug'lanishi yillik yog'in miqdoridan ko‗pligi uchun suv oltinga teng deb baholanadi.
O‗rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan O‗zbekiston yerlari asosan Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon, Qashqadaryo, Surhandaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari suvlari bilan sug'oriladi.
Shuningdek, davlatimiz yirik sun'iy sug'oriladigan dehqonchilik rayonlaridan biridir. Suv resurslari
O‗zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil
hisoblanadi. Chunki davlat byudjetining ko‗p qismini qishloq ho‗jaligi orqali keladigan daromadlar
tashkil qiladi. O‗zbekiston aholisi 1 kunda o‗rtacha hisobda aholi jon boshiga 750 l suv sarflaydi. Bu
ko‗rsatkichni yil hisobida oladigan bo‗lsak, 27,55 km/kubga to‗g'ri keladi. Shundan 90,2%, ya'ni
24,850 1 km/kub suv ekinlarni sug'orishga, iste'mol maqsadida 6,1%, sanoatga 2,2%, baliq xo‗jaligiga
1,5% sarflanadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, bizda mavjud suvlarning ko‗p qismi sug'orishga sarf
bo‗lgani uchun, natijada tuproqda mavjud pestitsid va gerbidsitlar ta'sirida suvlarimiz yaroqsiz holatga
kelib qolmoqda. Respublika bo‗yicha ifloslangan oqava suvlar hajmi yiliga 150 mln.m/kubni tashkil
qiladi. Markaziy Osiyoda havo harorati issiq bo‗lganligi sababli yetishtirilayotgan ekinlarimiz bizdan
juda ko‗p suv sarflarini talab qiladi. Masalan 1 tonna paxta yetishtirish uchun 10 tonna, 1 tonna sholi
yetishtirish uchun 12 tonna, 1 gektar oddiy olmazor uchun 6000-6500 m/kub suv zarur bo‗ladi.
Natijada yiliga ishlatiladigan suvimizning ko‗p qismi sug'orishga sarflanishi, kelajakda iste'mol
suvini tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Ushbu muammolarni oldini olish uchun biz suvdan oqilona foydalanish usullarini o‗ylab
topishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz kerak. Shunday usullardan biri ekinlarni tomchilatib
sug'orish texnologiyasidir. Bu samarali usul hisoblanib, 60 % gacha suvni tejalishiga olib keladi.
Ekinlarni tomchilatib sug'orish texnologiyasi intensiv bog'lar uchun ko‗proq qulay bo‗lib, suvni
pastdan va yuqoridan oz miqdorda tomchilatib beriladi. Ekinlarni tomchilatib sug'orish texnologiyasini
joriy qilish uchun bog' maydonlari atrofiga yerosti quvurlari, ko‗chatlar qatori ustidan esa yumshoq
egiluvchan polimer shlanglar tarmog'i tortiladi. 180*180metr o‗lchamdagi suv havzasi qurilib, suvni
kanaldan tortib olish, tozalash va sug'orish tarmoqlariga uzatib berish qurilmalari ishga tushiriladi.
Natijada soatiga 80-100litr suv bilan butun xo‗jalik bog'larini bir maromda sug'orish, o‗g'itlash va
dorilash imkoniyati yaratildi. Bu usul orqali suvni tejalishidan tashqari, intensiv bog'larda oddiy
bog'larga qaraganda yuqori hosil olish mumkin. Hozirgi kunda intensiv bog'larda ko‗proq olma
yetishtirilmoqda. Intensiv mevali bog'larda ekilayotgan olma ko‗chatlarining asosiy navlari Davlat
reestriga kiritilgan Golden Delishes, Starkrimson, Renet Simirenko va boshqalardir. Oddiy bog'lardan
1 gektar yerdan yiliga 20-30 tonnagacha hosil olish mumkin. Intensiv bog'lardan esa 1 gektar yerdan
yiliga 100-120 tonnagacha hosil olish mumkin. Masalan Golden Delishes olma navi oddiy bog'da
yetishtirilganda 1 gektar maydondan yiliga 20 tonna hosil olinadi. Barcha harajatlar va foydani qo‗shib
hisoblaganda Golden Delishes olma navining sotuvga chiqarish narxi 1kg uchun 14000 so‗mni tashkil
qiladi. 20t*14000 so‗m = 280 mln so‗m daromadni tashkil qiladi.
Intensiv bog'larda yetishtirilgan Golden Delishes olma navining 1 gektar maydondan yiliga 45
tonna hosil olinadi. Barcha harajatlar va foydani qo‗shib hisoblaganda Golden Delishes olma navining
sotuvga chiqarish narxi 1kg uchun 10000 so‗mni tashkil qiladi. 45t*10000 so‗m = 450 mln so‗m
daromadni tashkil qiladi. Undan tashqari nok, olxo‗ri, gilos va shaftoli ko‗chatlarini ham intensiv
bog'da yetishtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 1 gektar maydondan yiliga 50-100 tonna hosil olish
ko‗zda tutilmoqda. Bu mahsulot eksportini kuchaytirib, aholiga yetarli miqdorda va arzon narxlarda
mahsulot yetkazib beradi, undan tashqari juda katta suvni tejab qolishga va suvni ifloslanishini oldi
olishga hizmat qiladi. Huddi shu usullarni boshqa xo‗jalik tarmoqlarida ham keng qo‗llashimiz,
mavjud suv resurslari sarfini kamaytiradi va barqaror rivojlanishni kafolatlaydi.
Muxtasar qilib aytganda, intensiv bog'larning tashkil etilishi nafaqat bog'dorchilikni
rivojlantirish, balki elimiz dasturxonining to‗kinligini ta'minlash, cho‗l va tog'oldi qishloqlarda qayta