Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   414
Bog'liq
Туплам

Адабиѐтлар рўйхати 
1.
Борисов С.Н. Стрекозы (Insecta, Odonata) Средней Азии и их адаптивные стратегии. 
Автореф. дис. ...докт. биол. наук. – Новосибирск, 2007. - 39 с. 


149 
2.
Харитонов А.Ю. Бореальная одонатофауна и экологические факторы географического 
распространения стрекоз. Автореф.дис.. док. биол. наук. – Новосибирск, 1991. 34 с. 
3.
Залиханов К.Х. Фауна и экология стрекоз Центрального Кавказа Автореф.дис. ...канд. 
биол. наук. – Нальчик, 2005. - 25 с. 
 
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADIDA HAL QILINISHI KERAK BO‟LGAN 
EKOLOGIK MUAMMO 
Hasanova L.Y
Navoiy davlat universiteti 
Mamlakatimizda yoshlarning ekologik-huquqiy ta‘lim va tarbiyasi masalasiga alohida e‘tibor 
berib kelinmoqda. 30 dan ziyod ekologik yo‘nalishdagi qonun va 1000 dan ziyod qonunosti normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilinganki, maqsad atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ilm-fanni 
rivojlantirish, ekologiyaga oid bilimlarni keng targ‘ib qilish, tabiiy tizimlarni, ularning biologik rang-
barangligini saqlash va tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali iqtisodiy mexanizmini joriy 
etish, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash, atrof-muhit ifloslanish darajasini kamaytirishning huquqiy 
mexanizmini takomillashtirishdan iborat. 
Inson faoliyati ta`sirida biosferaning o‘zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy 
jarayonlarga ana shunday ta‘sirda yoki munosabatda bo‘lishi natijasida ekologik muammolar avj oldi. 
Ekologik muammo- bu insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta`siri bilan bog‘liqdir. Inson 
sivilizasiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora ko‘proq kirib borish oqibatida ahvol 
tubdan o‘zgardi. 
Insoniyat yuksak maqsadlar sari intilayotgan, taraqqiyot yo‘lidan jadal ildamlayotgan bugungi 
kunda jahon hamjamiyati oldida ekologik muammolarni hal etishdek jiddiy vazifa turibdi. 
Mamlakatimiz boy tabiati va noyob biologik resurslari bilan dunyoning boshqa mintaqalaridan 
ajralib turadi. Ushbu noyob tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, yo‘qolib borayotgan turlarni 
ko‘paytirish, alohida muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish, tabiatga inson omili salbiy 
ta‘sirining oldini olish yurtimizda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlarning muhim yo‘nalishiga 
aylangan. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid yangi tahrirdagi qonunlarda bu 
boradagi ustuvor vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qonunchiligimizda belgilangan ana shunday 
tamoyillar, xususan, o‘simlik dunyosi ob‘ektlaridan umumiy va maxsus foydalanish borasidagi muhim 
vazifalarni hayotga tatbiq etish tadbirkorlar zimmasiga ham katta mas‘uliyat yuklaydi. 
Ekologik muammolar dunyo miqyosida ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy masalalar 
qatori o‘ta dolzarblik kasb etib bormoqda. Har bir muammo muayyan tartibning buzilishidan kelib 
chiqadi. 
Kavrak o‘simligi xalq orasida shifobaxshligi bilan nom qozongan.

Kavrak (Ferula) turkumi 


vakillari ziradoshlar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib yer yuzida 170 dan ziyod, O‘rta Osiyoda 110 dan 
ortiq, mamlakatimizda esa 50 ta turi uchraydi 
[1
]

Kavrakdan xalq tabobatida azaldan bir qancha kasalliklarni davolashda foydalanilgan. Tabiatda 
sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo‘lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. 
Kavrak ildizi va yelimi tibbiyotda, qandolatchilikda, kosmetika sanoatida attorlik vositalari ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. Xorijiy mamlakatlarda sassiq kovrak smolasiga bo‘lgan talab yil sayin ortib 
borayotir. Chunki undan qimmatbaho va noyob mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Sassiq kavrak 
hayotiy shakliga ko‘ra bir marotaba gullaydi, ya‘ni monokarp o‘simlik hisoblanadi. Bugungi kunda 
kovrakzorlar faqatgina tog‘oldi maydonlarda saqlanib qolgan, Undan xo‘jasizlarcha foydalanish 
oqibatida ushbu o‘simlik turining maydonlari yil sayin qisqarib bormoqda, bu barqaror rivojlanishni 
izdan chiqaradigan tashvishli holatdir.
Kavrak o‘simligining yelim-smolasini tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlarga yil sayin kvota miqdori kamaytirilsa-da, 
lekin ulardan tushayotgan talabnomalarda raqamlar yil sayin ortib borayotgani tashvishli holat. 
Birgina 2012 yilning o‘ziga 200 tonna kavrak smolasi uchun kvota ajratilgan. Endi tasavvur qiling: 
o‘rtacha bitta kavrakdan 1 kilogramm smola olinsa, 200 tonna kavrak smolasini yig‘ish uchun 200 
ming tup kavrak kerak bo‘ladi. Kavrakning smolasi olingach qayta tiklanishiga ishonasizmi? Bu holat 


150 
xuddi odamning qonini 90 foiz so‘rib olganga o‘xshaydi. Ildiz atrofi, kovlab olingan joyda to‘plangan 
tuproq uyumi o‘simlik o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, bu yerda tuproq eroziyasi kuzatiladi 
[Oybek Mamarahimov].
Mamlakatimizda ekologik muammolar qamrovini kamaytirish borasida salmoqli ishlar 
boshlanib, maxsus ekologik loyihalar amalga oshirilmoqda. 
Sassiq kavrak o‘sadigan maydonlarni aniqlash va uni kuzatish, xaritaga tushirish, ularni tabiiy 
o‘sadigan maydonlarda urug‘idan ko‘paytirish imkoniyatlarini yaratish, o‘simlikni tabiiy sharoitda 
qayta tiklanishini ta‘minlash, ushbu o‘simlik yuzasidan ilmiy izlanish olib borish, kavrak smolasini 
olishning barqaror rivojlanishni saqlagan holda yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, shu soha bilan 
shug‘ullanadigan tadbirkorlar mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
esa barqaror rivojlanish maqsadida hal qilinishi kerak bo‘lgan ekologik muammoni yechimini 
topishga yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Sarvar Ochilov. Shifobaxsh va noyob o‘simliklar yoxud kavrak haqida ba‘zi mulohazalar
2.
http://www.landart.ru
 
3.
http://medgrasses.ru/ferula.html
 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish