Fodalanilgan adabiyotlar
1. Деревья и кустарники СССР. Т. IV. -М.,Л.: 1958 с.-736
2. Вильданова К.Д. Декоративные кустарники. Шарк. Ташкент. 2006. –С.28-29.
SEBARGA (
TRIFOLIUM
L.) AVLODIGA MANSUB O`SIMLIKLARDA
UCHRAYDIGAN VIRUSLARNI ANIQLASH
Raximova G.R.,Umarova G.A., FayziyevV.B.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Hozirgi kunda O`zbekistonda tarqalgan dorivor o`simliklarni, ularning o`ziga xos xususiyatlari,
qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasiga foydalilik tomonlari, shu bilan birga ularda uchraydigan turli xil
virusli, bakteriyali, zamburug`li kasalliklarni o`rganish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu
jumladan biz o`rganayotgan sebarga o`simligi ham o`ziga xos foydali xususiyatlari bilan boshqa
o`simliklardan ajralib turadi. Sebarga (
Trifolium
L.) burchoqdoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`t
o`simlik bo`lib, yer yuzida 200 dan ortiq turi, O`zbekistonda esa 8
turi tarqalgan. Eng ko`p tarqalgan
turlari qizil sebarga (
Trifolium pretense
L.) va oq sebarga (
Trifolium
repens
L.) hisoblanadi [Пратов,
115
2003]. Sebarganing ko`pgina turlari Italiya, Gretsiya, O`rta dengiz sohillari, Osiyo va Afrika tog`larida
yovvoyi holda uchraydi. AQSH, Fransiya, Rossiyada, Polsha, Chexoslovakiya, Angliyada ko`p ekiladi
[Яковлев, 2001]. O`zbekistonda esa sebarga asosan o`tloqli tuproqlarda, sholichilik xo`jaliklarida
ko`proq ekiladi. Sebarga o`simligining quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog`, 43,9%
karbonsuvlari, 1% mineral moddalar asosan kaliy bo`ladi. Uning kimyoviy tarkibi quyidagilardan
iborat: E,C,K va bir qator B guruhiga kiruvchi vitaminlar; xrom, fosfor, kaliy, kalsiy, selen, temir,
magniy mikroelementlari; taninlar, essential va yog`li moylar, glikozidlar (trifosilin, izotrifolin);
flavonoidlar, alkaloidlar, fitoesterogenlar, rezinali moddalar, biokinon, organik kislotalar (kumarin,
salitsiklik) dir [Холиқов, 1992]. U dorivorlik xususiyatiga ega bo`lganligi tufayli tibbiyotda bir qancha
kasalliklarni davolashda va oldini olishda qo`llaniladi. Sebarga o`simligi oktoprotektant, ko`krak va
tuxumdon
o`simtalarini davolashga yordam beradi. Bundan tashqari sebarga o`simligidan shifobaxsh
vannalar va dorivor choylar tayyorlashda foydalaniladi. Revmatizm, sovuqqonlik, bezgak, kam qonlik
kasalliklariga ham davodir. Sebargadan tayyorlangan preparatlar bronxial astma, bachadon qonashlari,
bronxit, ateroskleroz kasalliklarini davolash uchun qo`llaniladi. Tuxumdonlarning yallig`lanishini
oldini olish uchun esa uning ildizi ishlatiladi [7]. Sebargadan tayyorlangan preparatlarning foydali
tomonlari quyidagilardan iborat:
Immunitetni oshiradi, normal metabolizm holatiga olib keladi, -urug`lik ekstrakti bo`lgan
dorilar qondagi zararli xolesterin miqdorini tushiradi, aterosklerozning boshlanishiga to`sqinlik qiladi,
qon tomirlar elastikligini oshiradi, menstrual tsiklni tartibga soladi, allergik qichishishlarni
kamaytiradi, asablarni tinchlantirish va xotirjamlikni ta`minlashga yordam beradi [Холиқов, 1992].
Endilikda bu o`simlik faqat tibbiyotda emas, balki boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Xususan
matolar uchun maxsus bo`yoqlar ham ishlab chiqariladi. Bundan tashqari sebarganing yashil massasi,
pichani, silosi, senaji chorva mollarning asosiy ozig`i hisoblanadi. Birgina qizil sebarganing 100kg
yashil massasida 20ta oziq birligi 2,7kg oqsil, 800gr kalsiy, 70gr fosfor, 400mg karotin saqlanadi.
Sebarga agrotexnika ahamiyatiga ham ega hisoblanadi. U tuproqni azot bilan boyitadi, gektarda 100-
200kg sof modda hisobida azot qoldiradi va azot, kalsiyga boy bo`lgan ang`iz qoldiqlarini to`playdi.
Sebarga barglarining go`zal shakli tufayli ularning konturi zargarlik buyumlarini loyihalash uchun asos
bo`lib xizmat qiladi [Яковлев, 2001].
Boshqa o`simliklarda bo`lgani kabi sebarga o`simligini ham butun dunyoda bir qancha,
jumladan: sebarga sariq mozaika virusi (
Clover yellow mosaic virus
), oq sebarga mozaika virusi
(
White clover mosaic porexvirus
), qizil sebarga xol-xol mozaika virusi (
Red clover mottle comovirus
),
qizil sebarga tomirlar mozaikasi (
Red clover vein mosaic virus
) kabi viruslar kasallantirishi mualliflar
tomonidan qayd etilgan [Khadhair, 1982; Shahwan, 2017].
Shuning uchun bu farmatseftika va qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan o‘simlikni
kasallantiruvchi viruslarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagilarni e‘tiborga
olib biz o‘z oldimizga sebarga o`simligida uchraydigan viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklarni
o`rganishni maqsad qilib oldik.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun institut tajriba dala maydonida kuzatish va tekshirish
ishlari olib borildi. Natijada sebarga o`simligida uchraydigan virusga xos bo‘lgan quyidagi alomatlar
aniqlandi:
-
barg plastinkasi rangining sarg‘ayishi (rasm, a). Bunda barg plastinkasi rangining xloroz
sarg‘ayib ketishi kuzatiladi.
-
barg plastinkasida sariq va yashil rangning aralashib kelishi va xol-xol mozaika (rasm,
b). Binda barg plastinkasida xol-xol mozika alomatlari paydo bo‘ladi va plastinka shaklining
o‘zgarishi kuzatiladi.
-
barg plastinkasi tomirlar aro sariq mozika (rasm, c). Bunda barg plastinkasi tomirlar
orasidagi barg etining sarg‘ayib ketishi va plastinkaning yupqalashishi kuzatildi.
116
a)
b)
c)
Do'stlaringiz bilan baham: |