Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


– rasm. Voyaga yetgan urg„ochi (a) va erkak (b) qoraqurt zotlari (original)



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   414
Bog'liq
Туплам

1– rasm. Voyaga yetgan urg„ochi (a) va erkak (b) qoraqurt zotlari (original).
 
Qoraqurt umrini о‗zi tо‗qigan ipak tо‗ri ustida о‗tkazadi. U uyalarini turli xil chuqurlik va 
yoriqlarga tо‗r tortib oddiy usulda uya quradi. Keyinchalik bu tо‗rlar markaziga mayda has chо‗plarni, 
tuproq zarrachalarini va ushlagan hasharotlarni yopishtirib, kosa shaklidagi uya soladi.
Qoraqurtlar faqat tirik hasharotlar bilan oziqlanadi.
 
2– rasm. Erkak va urg„ochi qoraqurt zotlari in-uyadagi pillasi bilan (original). 
Ma‘lumki, har bir jonzot о‗z о‗rni bilan tabiat olamining muhim zanjirini tashkil qiladi. 
Hayvonlarning u yoki bu turining butunlay yо‗qolib ketishi tabiatdagi nomutanosiblikni keltirib 
chiqaradi. Binobarin, tabiatda tarqalgan zaharli hayvonlarni tur sonini saqlash, kо‗paytirish va 
muhofaza qilish zamonoviy zoologiyaning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Buning uchun 
avvalambor ushbu hayvonlarning biogeotsenozlarda tarqalish qonuniyatlarini, о‗ziga xos bio-ekologik 
xususiyatlarini atroflicha о‗rganishni talab etadi. 
Adabiyotlar rо„yxati 
1. Каримова Р.Р., Рахматуллаев А.Ю., Эргашев Н.Э. «Экология и кадастр паукообразных 
Узбекистана». 8-я Пушинская конфренция школа молодых ученных – Биология наука ХХI века. 
20 – 24 мая 2002 г. Пушина. Т. 2, с 74-75. 
2. Эргашев Н.Э. «Экология ядовитых пауков Узбекистана». Ташкент, Фан, 1990,. 189 с. 


111 
QARAG`AY (
PINUS SYLVESTRIS
 L.) O`SIMLIGINI KO`PAYTIRISHNING O`ZIGA 
XOS JIHATLARI VA UNING AHAMIYATI 
 
Ravshanova M.X., Aliyeva K.B.
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Tabiatda o`simliklar xilma- xil bo`lib, ular inson hayotida katta ahamiyatga ega. O`simliklardan 
oziq- ovqat, dori- darmon, kiyim- kechak, qurilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. O`simliklar 
atrof- muhit havosini tozaligini saqlashda, kislorod bilan boyitishda muhim o`ringa ega. Ayniqsa, 
ochiq urug`li o`simliklar go`zal manzara hosil qilishi va o`zidan fitonsid moddalar ajratib havodagi 
zararli mikroorganizmlarni yo`q qilishda oldingi o`rinda turadi. Har yili minglab gektar o`rmonlar 
yog`och olish uchun yo`q qilinadi. Kesilgan daraxtlar o`rnini to`ldirish uchun ham ochiq urug`li 
o`simliklardan 
archa, 
tuya 
va 
qarag`ayga 
o`xshash 
o`simliklar 
shahar 
ko`chalarini 
ko`kalamzorlashtirish maqsadida ko`p ekiladi. Hozirgi vaqtda ko`p joylarda ochiq urug`li o`siimliklar 
ko`kalamzorlashtirish maqsadida ko`plab ekilmoqda. Yilning istalgan faslida ular o`z yashilligi bilan 
atrofdagilarni quvontirib, atmosfera havosining musaffoligini ta`minlashda katta ahamiyatga ega. 
Masalan, qarag`ay o`simligi shahar ko`chalarida ko`p o`stiriladi. 
Qarag`ay (
Pinus sylvestris
L.) qarag`aydoshlar oilasiga mansub doimo yashil ninabargli o`simlik. 
Hayotiy shakliga ko`ra bo`yi 20 - 40 metrga yetadigan daraxt. 500 yilgacha umr ko`radi. Barglari 
ninasimon bo`lib, uzunligi 5 -7 sm tashkil etadi. Nina barglari darxt novdasiga 1 jiftdan birikib 5 
yilgacha o`sib turadi. Qarag`ayning barglari, g`uddachasi, changgi dorivorlik xususiyatiga ega bo`lib, 
ko`p yillardan beri turli xalqlarning tabobat sohasida ishlatiladi.
Qarag`ayning g`uddalari tuxumsimon shaklga ega bo`lib, tangachalari qo`ltig`ida urug`larini 
saqlaydi. G`uddalar tangachalari ikkinchi yili ochilib, urug`lar ekishga tayyor bo`ladi. Har bir tangacha 
qo`ltig`ida ikkitadan urug` bo`ladi. Urug`larining bittadan qanotchasi bo`lib, shamolda uchib 
tarqalishiga yordam beradi. Ayrim qarag`ay turlarining urug`ida qanotchalari bo`lmaydi. Bunday 
qarag`ay urug`i qattiq yog`ochsimon qobiq bilan o`raglan bo`ladi.
Qarag`ay o`simligini ko`paytirishda odatda uchta usuldan foydalaniladi. Bular: urug`lari 
yordamida, payvand qilish yo`li obilan va ko`chatlari yordamida ko`paytirishdir. Qarag`ayni 
ko`paytirishning eng yaxshi usuli bu urug`laridan ko`paytirishdir. Qolgan usullarda ko`paytirish yaxshi 
natija bermaydi. Qarag`ayni urug`laridan ko`paytirish uchun to`liq yetilgan urug`lari saralab olinadi.
G`uddalar oktabr oyining oxirlarida terib olinadi. Bu vaqtda urug`lar to`liq yetilgan bo`ladi. 
O`simlikning urug`lari g`uddalarida bo`ladi. Mutaxassislar qarag`ay urug`larini yig`ib olishda 
daraxtdagi g`uddalardan terishni tavsiya qilishadi. Yerga tushgan g`uddalardagi urug`lari unish 
xususiyatini yo`qotgan deb hisoblanadi.
Terilgan g`uddalar qog`oz yoki mato ustiga terib, yaxshi qurishi uchun issiq joyga qo`yiladi. 
G`uddalar yaxshi qurigach sekin – asta ochilib, ichidan urug`lari osongina chiqadi.
G`uddalardan ajratib olingan urug`lar ham sog`lom va sifatlisiga saralanadi. Chunki sifatli 
urug`dan kelgusida yosh o`simlik o`sib chiqadi.
Qarag`ay urug`larini salqin joyda qopqog`i yaxshi yopiladigan shisha bankalarda saqlash kerak. 
Ularni ekishdan ikki – uch oy oldin olish hamda saralash kerak bo`ladi. Urug`larni undirish uchun 
yumshoq tuproq kerak bo`ladi. Tuproq unumdor bo`lishi shart emas, hattoki oddiy ariq qumi ham 
bo`laveradi. Agar qumda urug`larni undirmoqchi bo`lsak, qumni 200 haroratda 20 daqiqaga gaz 
pechida saqlash muhim sanaladi. Bu jarayon tuproqda mavjud zararli mikrorganizmlardan, bakteriya 
va zamburug`lardan xalos bo`lishga ko`mak beradi. Bunday qumda undirilgan urug`lar 
zararlanmasdan chiqishga sabab bo`ladi.
Urug`larni mart oyining 2-3 o`n kunligida yoki aprel oyining birinchi va ikkinchi o`n kunligida 
(sovuq iqlimli hududlarda) ekiladi. Buning uchun yumshoq va qovak tupriqqa 2 sm qalinlikda taxta 
qirindisi ustiga urug`ning uchki tomoni pastga qilib ekiladi. Ustidan 1-1.5 sm qalinlikda chirindili 
tuproq sapiladi va ustidan suv purkagich yordamida talabiga qarab suv purkaladi. Issiq sharoitda 14 
kunda, sovuq sharoitda 20-22 kunda urug`lar unib chiqadi. Bir yilda urug`lardan unib chiqqan urug`lar 
tabiiy sharoitda 12-14 sm uzunlikkacha o`sadi.


112 
Niholchalarni bahorda oralig`ini 30 - 50 sm masofada qilib boshqa joyga ko`chiriladi. Ko`chirish 
jarayonida ildizlarini qattiq silkitish mumkin emas, ildizdagi mikorizani zararlamasdan olishga harakat 
qilish kerak. Shunda o`simlik yaxshi tutib ketadi.
Qarag`ay yog`ochi mustahkam, qattiqligi, smolali bo`lishi va poya o`zak qismining zichligi bilan 
boshqa yog`och beruvchi daraxtlardan ajaralib turadi. Shuning uchun qarag`ay eng yaxshi yog`och 
beruvchi o`simlik sifatida qadrlanadi. Undan olinadigan yog`och turli xil sohalarda ishlatiladi. 
Kemalar yasashda, temir yo`llari uchun bolor olishda, turli xil idishlar olishda, qalam tayyorlashda, 
gugurt sanoatida va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi. Bundan tashqari qarag`aydan smola, lak 
sanoati uchun kanifol singari moddalar olinadi. Qarag`aydan olinadigan efir yog`lari nafas yo`llari 
kasalliklarini davolashda qo`llaniladi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish